3-Mavzu: Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etish va rivojlantirishni tashkiliy iqtisodiy asoslari Reja


Fermer xo’jaligida mehnat. Fermer xo’jaligining faoliyati fermerning va mehnat



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix14.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#155508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Lecture - 3 (2)

Fermer xo’jaligida mehnat. Fermer xo’jaligining faoliyati fermerning va mehnat 
shartnomasi bo’yicha unda ishlovchi shaxslarning shaxsiy mehnatiga asoslanadi, mehnat 
faoliyati hisobini yuritish fermer xo’jaligi rahbari tomonidan tashkil etiladi va haq to’lash 
qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam bO’lmagan miqdorda, 
tomonlarning kelishuviga binoan ham pul tarzida, ham natura tariqasida to’lanadi.
Fermer xo’jaligida ishlangan vaqt mehnat stajiga qo’shiladi. Ijtimoiy sug’urta bo’yicha 
nafaqalar va pensiyalar tayinlash hamda tO’lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va 
shartlarda amalga oshiriladi. 
Fermer xo’jaligining mablag’lari va hisob-kitoblari.
Fermer xo’jaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablag’larini saqlab turish va bu 
mablag’larni erkin tasarruf etish uchun bank muassasida hisob raqamlari ochish huquqiga ega. 
Fermer xo’jaligining hisob raqamidan mablag’larni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 


hisobdan chiqarish mumkin. 
Qishloq xo’jaligi ekinlari, shu jumladan paxta va g’alla hosili uchun sarflangan barcha 
xarajatlar fermer xo’jaligining mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlari hisobiga qoplanadi. 
Fermer xo’jaliklari elektr energiyasi, yonilg’i-moylash materiallari, mineral o’g’itlar yetkazib 
beruvchilar va fermer xo’jaliklariga xizmatlar ko’rsatuvchilar bilan o’z vaqtida hisob-kitob 
qilishlari lozim. 
Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi. Fermer xo’jaligining ishlab 
chiqarish va boshqa faoliyati natijasida olingan daromad (foyda) soliqlar, yig’imlar hamda 
boshqa
majburiy to’lovlar to’langandan, elektr energiyasi, yonilg’i-moylash materiallari, mineral 
o’g’itlar, o’simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari yetkazib beruvchilar va xizmat 
ko’rsatuvchilar bilan o’z vaqtida va to’liq hisob-kitob qilingandan keyin butunlay fermer 
xo’jaligining ixtiyoriga o’tadi. 
Shartnoma shartlari bajarilmaganligi natijasida fermer xo’jaligiga yetkazilgan zarar uning 
mol- mulki va boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin