3-Mavzu: Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etish va rivojlantirishni tashkiliy iqtisodiy asoslari Reja


Fermer xo’jaliklarining yer maydonlarini optimallashtirish



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/10
tarix16.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#114419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Lecture - 3 (1)

Fermer xo’jaliklarining yer maydonlarini optimallashtirish. 
Fermer xo’jaliklari faoliyatini chuqur tahlil qilish amalga oshirilgan chora-tadbirlarga 
qaramay, hali ham fermer xo’jaliklari faoliyatida bir qator kamchiliklar mavjudligini 
ko’rsatmoqda. Xususan, ayrim fermerlar tomonidan yer maydonlaridan samarasiz 
foydalanilayotganligi, moliyaviy-iqtisodiy ahvolining surunkali nobarqarorligi, moddiy-texnika 
resurslari bilan yetarlicha ta’minlanmaganligi, yer ajratishda hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, 
aholi zichligi va bandligi kabi masalalar inobatga olinmaganligi, shuningdek xo’jaliklarning 
tarmoq ixtisosligi (paxta va g’allachilik, bog’ va uzumchilik, sabzavot va polizchilik, 
chorvachilik va boshqalar) bo’yicha yer uchastkalari maqbul bo’linmaganligi kabi masalalar 
aniqlandi. 
Shuning uchun ham, fermer xo’jaliklari ixtiyoridagi yer maydonlarini optimallashtirish 
jarayonini amalga oshirish, barqaror iqtisodiy faoliyat uchun asos yaratish maqsadida keng 
qamrovli chora-tadbirlar ishlab chiqish taqozo etildi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 6 oktyabrdagi F-3077 sonli “Fermer 
xo’jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalarini maqbullashtirish chora-tadbirlari bo’yicha takliflar 


ishlab chiqish maqsadida maxsus komissiyani tashkil qilish to’g’risida”gi Farmoni qabul 
qilinishi ushbu jarayonning boshlanishi bo’ldi. 
Ushbu Farmoyishga ko’ra quyidagi vazifalar amalga oshirildi: 

yer uchastkasini biriktirish yuzasidan fermer xo’jaliklari bilan yer ijara shartnomalarini 
tuzish ishlarini yakunlash. Shartnomalar tuzilgandan keyin yer resurslari bo’yicha tumanlar 
xizmati vakillari bilan fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida ijaraga berilgan yer 
uchastkalarining chegaralari dalolatnomalar asosida (fermer xo’jaligining yer uchastkasi 
chegaralarini ko’rsatish dalolatnomasi) rasmiylashtirildi; 

yer uchastkalari maqbullashtirilgan fermer xo’jaliklari bo’yicha tumanlar hokimlari 
tomonidan qabul qilingan qarorlarni viloyatlar hokimi qarorlari bilan tasdiqlash oxiriga 
yetkazildi; 

fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi va ta’minot tashkilotlari bilan shartnomalar 
tuzishni tashkil qilish hamda uning ijrosi bo’yicha qat’iy va muntazam monitoring yuritish 
yo’lga qo’yildi; 

yer uchastkalari maqbullashtirilgan fermer xo’jaliklarining debitor va kreditor qarzlari 
to’liq uning vorisi zimmasiga o’tkazildi; 

fermer xo’jaliklari hududidagi irrigasiya-meliorasiya tarmoqlarini ishchi holatda 
saqlashni ta’minlash, bunda ularni o’z vaqtida tozalash va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish 
hisobiga yerlarning meliorativ holatini yaxshilab borish yo’lga qo’yildi; 

tutzor va yakka qatordagi tut daraxtlari fermer xo’jaliklari balansiga o’tkazildi; 

mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish, butun mavsum davomida suv taqsimoti 
qonun-qoidalariga to’liq rioya etish, zamonaviy suvni tejash texnologiyalarini joriy etib borish 
yo’lga qo’yildi. 
Qishloq xo’jaligida fermer xo’jaliklarini yiriklashtirishda quyidagi omillar e’tiborga olindi: 

yer maydonlari kichik bo’lgan va ulardan oqilona foydalanilmagan, qishloq xo’jaligiga 
mo’ljallangan yer maydonlarida oxirgi 3 yil davomida belgilangan kadastr bahosidan past hosil 
yetishtirgan, tuproq unumdorligining pasayishiga yo’l qo’ygan; 

qonunda belgilangan muddatlarda yagona yer solig’i, boshqa turdagi soliqlar va 
to’lovlarni muntazam ravishda to’lamagan hamda yirik miqdorda qarzdor bo’lgan; 

davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo’jalik ekinlarini to’liq hajmlarda 
ekmagan va ular bo’yicha tuzilgan shartnomaviy majburiyatlarni surunkasiga bajarmagan; 

mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanmagan, irrigasiya-meliorasiya va boshqa 
agrotexnik tadbirlarni o’z muddatida hamda sifatli bajarmagan fermer xo’jaliklari bilan tuzilgan 
yer ijara shartnomalari bekor qilindi. 
Mazkur farmoyish ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan maqbullashtirish 
jarayonida respublikamizdagi fermer xo’jaliklarining soni 215 ming 776 tadan 105 ming 200 
tagacha yoki 52 foizga kamaydi. Ayni vaqtda fermer xo’jaliklarining o’rtacha yer maydonlari 
27,4 gektardan 56,5 gektargacha ko’paydi. 
Bugungi kunda fermer yer va o’zi ishlab chiqargan mahsulotning egasi bo’lib, o’z 
mehnatining natijasidan bevosita manfaatdordir. Natijada fermerlarning dunyoqarashi tubdan 
o’zgardi, ularda yer- suv resurslaridan oqilona foydalanish uchun mas’uliyat hissi kuchaydi. 
Shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 oktyabrdagi «Fermer 
xo’jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi F-3287-son farmoyishi va 2010 yil 18 oktyabrdagi shu masalaga bag’ishlangan F- 
3512-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida birmuncha ijobiy ishlar amalga oshirildi, 
jumladan, yer maydonlari to’liq inventarizasiyadan o’tkazilib, fermer xo’jaliklarining faoliyatini 


tanqidiy baholash asosida ularning yer maydonlarini maqbullashtirish bo’yicha keng ko’lamli, 
shuningdek, puxta o’ylangan ishlar amalga oshirildi. 147 mingga yaqin fermerlar soni 
qisqartirilib, ularning o’rtacha yer maydoni 26 dan 44 gektargacha kengaydi. 2013 yil boshiga 
kelib fermer xo’jaliklari soni mamlakatimiz bo’yicha 73449 tani, ularga uzoq muddatga (30 
yildan 50 yilgacha ) ijaraga berilgan yer maydoni 4,95 million gektarni tashkil etadi. Bitta fermer 
xo’jaligiga to’g’ri keladigan ekin maydonlari o’rtacha 2005 yildagi 30,0 gektardan 2013 yilda 
84,8 gektargacha oshdi. 
Jami fermer xo’jaliklarining qariyb 50 foizdan ortig’i (37567 tasi) paxta va g’alla 
yetishtirishga ixtisoslashgan. Qolgan qismi esa sabzavot va polizchilikka (3715 tasi), 
chorvachilikka (7506 tasi), bog’dorchilik va uzumchilik (17068 tasi), shuningdek, asalarichilik, 
baliqchilik va boshqa turdagi faoliyat bilan shug’ullanadi. 
Bunday yuqori natijalarga erishilishining asosiy omillari quyidagilardir: 
- birinchi galda tarmoqdagi real ahvolni hisobga olgan hamda xorijiy mamlakatlar 
tajribasini chuqur o’rgangan holda qishloq xo’jaligini iqtisodiy isloh qilish bo’yicha kompleks 
chora- tadbirlarning amalga oshirilishi; 
- qishloqda bozor munosabatlarining joriy etilishi va xususiy mulkchilik shaklining 
rivojlantirilishi; 
- fermerlik harakatini barqaror rivojlantirish uchun huquqiy, tashkiliy, moliyaviy va 
zamonaviy agroinnovasion shart-sharoitlar yaratilgan; 
- dehqonlar, fermerlar va mexanizatorlarning, qishloq xo’jaligi bo’yicha barcha 
mutaxassislarning kasbiy mahorati va o’z ishiga sodiqligi, shuningdek, qishloq xo’jaligidagi 
barcha resurslar va imkoniyatlarning to’liq safarbar qilinishi. 
Biroq, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Shu bilan birga, tan olish kerakki, 
fermerlik xarakatining Fermer xo’jaliklari uyushmasi shaklidagi tashkiliy tuzilmasi qishloq 
xo’jaligini isloh etish va sohada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, fermerlar oldida 
turgan vazifalarni hal etish jarayonlariga kuchli ta’sir ko’rsata olmadi.... Fermer xo’jaliklari 
uyushmasi O’zbekiston Fermerlar kengashiga, viloyat va tumanlarda esa fermerlar kengashlariga 
aylantirildi, eng muhimi, ushbu tuzilmalarning huquq va vakolatlari jiddiy ravishda 
kengaytirildi”.
1
Fermer xo’jaliklarining barqaror rivojlanishi va samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, 
ularga uzoq muddatli ijaraga yer uchastkalarini ajratish, qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirish, 
ularni yig’ish, tashish, qayta ishlash va realizasiya qilish bilan bog’liq barcha masalalarni 
fermerlar kengashining bevosita ishtirokisiz hal etib bo’lmaydi. Shunday ekan, bugungi kunda 
fermer xo’jaliklarining barqaror rivojlanishi ko’p jihatdan barcha darajalardagi fermerlar 
kengashlari faoliyatiga bog’liq. 
Fermerlik harakatini yanada barqaror rivojlantirish, ularning iqtisodiy va moliyaviy 
mustaqilligini mustahkamlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
“O’zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish 
1
Каримов И.А. Бош максадимиз - кенг куламли исло^отлар ва модернизация йулини 
катьият билан давом эттириш. Узбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 
2012 йилда мамлакатимизни ижтимоий- иктисодий ривожлантириш якунлари хдмда 2013 
йилга мулжалланган иктисодий дастурнинг энг мух,им устивор йуналишларига 
багишланган Вазирлар Ма^камасининг мажлисидаги маьрузаси. “Халк сузи” 2013 йил 19 
январь, 13-сон. 
chora-tadbirlari to’g’risida” Farmon
2
imzolandi, unga muvofiq fermerlik harakatini tashkil qilish 
va boshqarish tizimi takomillashtirildi. Xususan, O’zbekiston Fermer xo’jaliklari uyushmasi, 


Fermer va dehqon xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tugatilib, O’zbekiston Fermerlar 
kengashi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarning fermerlar kengashlari 
tashkil etildi. 
O’zbekiston Fermerlar kengashi tashkil etilganidan keyin mamlakatimizda tuzilgan 13 
viloyat, 157 tuman fermerlari kengashlarini eng ilg’or fermer xo’jaliklari rahbarlari 
boshqarmoqda. Fermerlar kengashlari tarkibiga 1905 kishi kiritilgan bo’lib, ulardan 23 nafari 
respublika kengashi, 251 nafari - viloyat kengashlari va 1631 nafari - tuman kengashlari 
a’zolaridir. 
Fermer xo’jaliklarini barqaror rivojlantirish asosan ularning quyidagi yo’nalishlar bo’yicha 
amalga oshiradigan ko’p qirrali faoliyatiga bog’liq: bog’dorchilik, poliz ekinlari yetishtirish
servis xizmatlari ko’rsatish, hosilni qayta ishlash, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik. 2013 
yilda 17 482ta (26,4%) fermer xo’jaliklarini ko’p tarmoqli xo’jaliklarga aylantirish 
rejalashtirilgan. Bu ushbu xo’jaliklarga yetishtirilgan hosilni qayta ishlash, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot turlarini kengaytirish, yangi ish o’rinlarini yaratish, eksport faoliyatini keng yo’lga 
qo’yish hisobiga qo’shimcha daromad olish imkoni beradi. 
2015 yil 15 dekabrda fermer xo’jaliklari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, 
shuningdek, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, fermer xo’jaliklarining 
moliyaviy va iqtisodiy holatini mustahkamlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi “Fermer xo’jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini 
maqbullashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” qaror qabul quldi. Qarorga asosan fermer 
xo’jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini xatlovdan o’tkazish, ulardan 
samarali va oqilona foydalanishini tashkiliy tahlil qilinadi. 
Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasi 
qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, viloyatlar va 
tumanlar hokimliklari tomonidan hududiy fermerlar kengashlari, fermer xo’jaliklari rahbarlari 
ishtirokida hamda jamoatchilikni keng jalb etgan holda fermer xo’jaliklarining moliyaviy va 
iqtisodiy holatini, fermer xo’jaliklari faoliyatini samarali amalga oshirish, yer uchastkasining 
ijara shartnomasi shartlarini, fermer xo’jaliklari va tayyorlov tashkilotlari o’rtasida, eng avvalo, 
davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotish bo’yicha tuzilgan kontraktasiya 
shartnomalarini bajarish uchun moddiy texnika bazasining, mehnat resurslari va aylanma 
mablag’larning mavjudligi o’rganildi. 
Fermer xo’jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini hududlarning 
mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini, aholi zichligini, fermer xo’jaliklarining 
iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlarini nazarda tutib, ular ishlarining samaradorligini, tegishli 
kasbiy jihatdan tayyorlangan kadrlar salohiyati mavjudligini hisobga olgan holda yanada 
maqbullashtirish ishlari amalga oshirildi. 
O’zbekiston Respublikasida yer maydonlarini maqbullashtirish natijasida jami fermer 
xo’jaliklarining soni 2015 yil 1 oktyabr holatiga 83514 ta, shundan paxta-g’allachilik fermer 
xo’jaliklar soni 48264 ta, sabzavotchilik va polizchilik fermer xo’jaliklari soni 2982 ta, 
bog’dorchilik- uzumchilik fermer xo’jaliklari soni 19575 ta, chorvachilik fermer xo’jaliklari soni 
6770 tani tashkil etishgan. 
O’zbekiston Respublikasida yer maydonlarini maqbullashtirish natijasida jami fermer 
xo’jaliklarining soni 2015 yil 1 dekabr holatiga esa 101070 ta, shundan paxta-g’allachilik fermer 
xo’jaliklar soni 60695 ta, sabzavotchilik va polizchilik fermer xo’jaliklari soni 3655 ta, 
bog’dorchilik- uzumchilik fermer xo’jaliklari soni 24730 ta, chorvachilik fermer xo’jaliklari soni 
6572 tani tashkil etdi. 


Maqbulashtirish natijasida o’rtacha fermer xo’jaliklari yer maydoni 36,1 ga, paxta-
g’allachilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklari o’rtacha yer maydoni 52,7 ga, bog’dorchilik-
uzumchilik 6,8 ga, chorvachilik fermer xo’jaliklari 31,2 ga yerni tashkil etmoqda. 
Maqbulashtirish natijasida jami fermer xo’jaliklari soni 17556 taga oshgan 
Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar hozirgi kunda o’z samarasini bermoqda. 
Fermer xo’jaligi mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish jarayonida turli korxona 
va tashkilotlar xizmatidan foydalanadi. Ularning aksariyati texnika, o’g’it, yonilg’i va shu kabi 
resurslar yetkazib bersa, boshqalari mahsulotni qayta ishlash uchun sotib oladi va ijtimoiy xizmat 
ko’rsatadi. Ana shu toifadagi korxonalarni yagona bozorga birlashtiruvchi, ularning o’zaro bozor 
munosabatlarini 
amalga 
oshiruvchi, 
ularga 
ko’maklashuvchi 
tashkilotlar 
faoliyatini 
takomillashtirish hozirgi zamon talabidir. 
Chunki meva, sabzavot, poliz, uzum yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo’jaliklarining 
ko’pchiligi hali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotish, saqlash, qayta ishlash, eksportga 
chiqarish bilan bog’liq masalalarni mukammal o’zlashtirmaganliklari agrofirmalarni tashkil etish 
ehtiyojini keltirib chiqardi. 
Agrosanoat firmasining Nizomi O’zbekiston Respublikasining “Fermer xo’jaliklari 
to’g’risida”gi, qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9 yanvardagi “Meva- 
sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi 3709-sonli Farmoni,hamda 11 yanvardagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik 
sohasini isloh qilish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi 255-sonli qarori asosida 
ishlab chiqilgan. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin