3-Mavzu: Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etish va rivojlantirishni tashkiliy iqtisodiy asoslari Reja


 O’zbekistonda fermerlikni rivojlantirishni ustuvorligi. Fermer xo’jaliklarining yer



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix16.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#114419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Lecture - 3 (1)

3.2 O’zbekistonda fermerlikni rivojlantirishni ustuvorligi. Fermer xo’jaliklarining yer 
maydonlarini optimallashtirish 
Qishloq xo’jaligida davom etayotgan tarkibiy o’zgarishlar jarayoni fermerlikni, dehqon 
xo’jaliklari bilan bir qatorda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishning asosiy 
shakllaridan biriga aylantirdi. Qayta tuzish jarayoni qishloq xo’jaligi korxonalarining (shirkat 


xo’jaliklarining) tarmoq yalpi mahsulotidagi ulushini 2005 yildagi 14,0 foizdan 2013 yilda 2,0 
foizgacha yoki 12,0 foizli qisqarishiga olib keldi. Fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni 
rag’batlantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ularning barqaror va samarali 
rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. 
1-chizma 
Xo’jalik yuritish toifalari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish tarkibi 
(2005-2013yy.) (%da) 
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari 
Qishloq xo’jaligida faoliyat yuritayotgan shirkat xo’jaliklari muayyan kamchiliklarni bartaraf 
etishning yagona va maqbul yo’li ularni fermer xo’jaliklariga aylantirish ekanligida namoyon 
bo’ldi. Shu nuqtai nazardan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 607-sonli qarori 
qabul qilinib, unga ko’ra, 2005-2007 yillar mobaynida zarar ko’rib ishlaydigan, past rentabelli va 
istiqbolsiz 1110 shirkat xo’jaliklarini fermer xo’jaliklariga aylantirish hamda shu davr 
mabaynida qishloqlarda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirishning yangi 
dasturi ishlab chiqildi. Jumladan, 2005 yilda 406 ta, 2006 yilda 370 ta, 2007 yilda 334 ta 
istiqbolsiz shirkat xo’jaliklari tugatilib, ularning negizida tanlov asosida146914 fermer 
xo’jaliklari tashkil etildi. 
Prezidentimizning 2006 yil 9 yanvardagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida 
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-3709-sonli Farmoni 
ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Meva-sabzavotchilik va 
uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-
255-sonli qarori qabul qilinishi respublikamizda meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirishga 
yuksak darajada davlat e’tibori qaratila boshlanganligidan dalolat beradi. 
Ushbu me’yoriy hujjatlar asosida meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan 
shirkat xo’jaliklari o’rnida fermer xo’jaliklari ochiq va adolatli tanlovlar o’tkazish yo’li bilan 
tashkil etilib, mavjud bog’ va uzumzorlar kimoshdi savdosida sotilishi va bog’lar joylashgan yer 
maydonlari uzoq muddatli ijara asosida fermerlarga biriktirilishi, bog’dorchilik sohasida ham 
fermer xo’jaliklarining keng rivoj topishini ta’min etdi. 
Ammo, bog’dorchilik yo’nalishida tashkil etilgan fermer xo’jaliklari o’lchamlari juda 
kichikligi (o’rtacha 1,5-2,5 ga) bilan birgalikda, yirik qishloq xo’jaligi korxonalarini qayta 
tashkil etish natijasida bitta shirkat xo’jaligi o’rnida 300-400 fermer xo’jaliklari paydo bo’lishi 
yetishtirilgan mahsulotni tayyorlash, tashish, saqlash va sotish, shuningdek, moddiy-texnika 


ta’minoti borasidagi fermerlar faoliyatini muvofiqlashtirishda bir qator muammolar yuzaga 
keladi. Shu bois bunday muammolar paydo bo’lishining oldini olish, mavjud muammolarning 
samarali yechimlarini topish maqsadida fermer xo’jaliklari va hududdagi boshqa qishloq 
xo’jaligi korxonalari, qayta ishlovchilar, savdo va transport tarmog’i korxonalari tomonidan 
ixtiyoriylik asosida agrosanoat firmalari tashkil etildi. 
Yangidan tashkil etilgan bog’dorchilik yo’nalishidagi fermer xo’jaliklari yagona yer solig’i 
to’lashdan 5 yil muddatga; fermer xo’jaliklari, qayta ishlash va xizmat ko’rsatish sohasi 
korxonalari ishtirokida ixtiyoriylik asosida yangidan tashkil etilgan agrosanoat firmalari esa 
daromad (foyda) solig’i to’lashdan, yer solig’i, mulk solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i (importga 
qo’shilgan qiymat solig’idan tashqari), yagona soliq to’lovi to’lashdan - 3 yil muddatga ozod 
qilindi. 
Ayni paytda soliq solishdan bo’shaydigan mablag’lar maqsadli ravishda meva-sabzavotni 
qayta ishlash sohasini rivojlantirish, yangi bog’ va uzumzorlar yaratish, kengaytirishga 
yo’naltirilishi 
qat’iy belgilab qo’yildi. Ushbu tadbirlar yangi bog’ va uzumzorlar barpo etilishini hamda 
mavjudlarining hosildorligini oshirishni, agrosanoat firmalari tashkil qilishni rag’batlantiruvchi 
muhim iqtisodiy dastak vazifasini o’tadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklarini jadal 
rivojlantirishga qaratilgan takliflar tayyorlash bo’yicha maxsus komissiya tuzish to’g’risida" 
2004 yil 4 noyabrdagi F-2069-son Farmoyishini bajarish yuzasidan hamda qishloq xo’jaligi 
ishlab chiqarishini tashkil etish va yuritishning asosiy shakli sifatida fermer xo’jaliklarini jadal 
rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2004 yil 24 dekabrdagi 607-sonli “2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklarini jadal 
rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilinib, mazkur qarorga binoan 
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 
maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan zarar ko’rib ishlaydigan, past rentabelli va 
istiqbolsiz shirkat xo’jaliklarini 2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklariga aylantirish dasturi; 2005 
yilda fermer xo’jaliklariga aylantiriladigan istiqbolsiz shirkat xo’jaliklari ro’yxati; 2005-2007 
yillar davrida qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish dasturi 
tasdiqlandi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin