3. Oilaviy marosimlar. Oilaviy marosimlar tizimi ham o‘z navbatida ikki katta guruhga ajralardi. 1) To‘y marosimlari folklori. 2) Motam marosimlari folklori.
To‘y marosimi folklori. To‘y dunyoning barcha xalqlariga xos marosimdir. «To‘y» atamasi «to‘ymoq», «el-yurtga ziyofat bermoq» ma'nolari orqali muayyan kishi hayotidagi muhim burilish nuqtasini anglatadi. Binobarin, to‘y ham moddiy, ham ma'paviy oziqlanish marosimidir.
o‘zbek to‘y marosimlari nikoh to‘ylari bilangina chegaralanib qolmay. balki xatna (sunnat), beshik to‘yi kabilardan ham tashkil topgandir. Bu marosimlar turli munosabatlar bilan o‘tkazilganligi tufayli ularda ijro etiladigan folklor janrlari ham xilma-xillik kasb etadig
Beshik to‘ylari folklori. Odatda, beshik to‘yi oiladagi birinchi (to‘ng‘ich) farzand uchun o‘tkaziladi va u tantanali kechadi. Ba'zan oilaning moddiy turmush darajasi bilan bog‘liq xolda bu tartib o‘zgarishi xam mumkin.
Nikoh to‘ylari folklori. Uzbek to‘y marosimlari sirasida nikox to‘ylari rasm-rusmlarga, irim-sirim-larga boyligi, folklor materialining rang-barang-ligi bilan aloxchida ajralib turadi. Bunday rang-ba-ranglik hamda ko‘tarinki ruh marosimning maqsad va vazifasi bilan — insonping o‘z hayotining yangi davri-ga qadam qo‘yishini alohida quvonch orqali nishonla-shi bilan bog‘liqdir. Haqikatan xam, nikoh to‘yi yigit va qizlar hayotida ro‘y beradigan eng baxtli, eng unu-tilmas marosim sanaladi. Chunki mana shu marosimdan so‘ng ular xayotga boshqacha ko‘z bilan, ya'ni ham jismonan, ham ma'nan kamolotga erishgan kishilar ko‘zi bilan qaraydilar.
Nikoh to‘yi marosimi barcha uzvlari bilan yaxlit olib qaralsa, anchagina katta muddatni o‘z ichiga ola-di. Chunki marosim qiz tanlash voqyealaridan boshla-nib, nikoh kechasidan birmuncha muddat keyin o‘tadigan kuyov chaqiriq marosimi bilan yakunlanadi.
Uzbek nikoh to‘ylarining birinchi bosqichiga o‘lan va lapar kabi folklor janrlari mansubdir.
Ulan janri. Ulan asosan o‘tmishda ko‘chmanchilik va yarim ko‘chmanchilik tarzida hayot kechirgan o‘zbek urug‘-lari o‘rtasida keng tarqalgan bo‘lib, u qiz uzatar oq-shomidan bir yoki bir necha kun ilgari qizning uyida o‘tkaziladigan «qiz oqshomi», «qizlar majlisi» kabi turli nomlar bilan nishonlanadigan tantanada ijro etilgan. Ulan shahar hamda qadimdan o‘troq tarzda hayot kechiruvchi aholi o‘rtasida uchramaydi. M. Alaviya to‘rri ko‘rsatib o‘tganidek, to‘yda lirik qo‘shiqlar ijro etiladigan, umuman, lirik qo‘shiqlar rivojlangan joylarda o‘lan kam aytiladi. Ayrim hollarda qiz uzatar kechasi kuyovning uyida o‘tkaziladigan bazmlar-da ham o‘lan ijro etilishi mumkin. Bunda o‘lan to‘yni qizitish, mehmonlarning kayfiyatini ko‘tarish maqsa-dida aytilgan. Ammo «qiz oshi» da ijro etiladigan o‘lanlar umumo‘zbek to‘ylari uchun barqaror an'anadir.
Janrning paydo bo‘lishi masalasida ham o‘zbek fol'kloristikasida aniq bir fikr yo‘q. M. Alaviya bu masala xususida to‘xtalib, o‘lan janri qadimda yor-yor, lapar janrlari bilan bir bo‘lib, keyinchalik ular turli joylardagi traditsiya, turmush tarzi bilan bog‘-liq holda differensiatsiyalashib, mustaqil janr ho-liga kelib qolgan, deb yozadi44. Lapar va o‘lan janr* larining genetik jihatdan aloqadorligi u qadar shub-xa uyg‘otmasa ham, lekin yor-yor va o‘lan janrlarini tarixan bir hodisa sifatida olib qarash ishonarli emas. Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida o‘lan misralari oxiriga «yor-yor» so‘zini radif qilib ish-latish hollari bu ikki janrning o‘tmishda bir bo‘lgan-ligini bildirmaydi.
Chunki yor-yor va o‘lan janrlari ijro usuli jihatidan keskin farqlanadilar. Umuman, o‘lan, lapar, yor-yor janrlarining paydo bo‘lishi, ular o‘rtasidagi aloqadorlik va o‘zgachaliklar masalasi alohida tad-kiqot talab qiladi.
Ulan ijrosida erlar va ayollarning gozma-yuz turi-shi, ularning so‘z vositasida mubohasa yuritishlari ushbu janrning tarixan islom ta'siri u qadar kuchli bo‘lmagan ko‘chmanchi turkiy xalqlar, jumladan, ko‘ch-manchi o‘zbek urug‘lari orasida vujudga kelganligidan dalolat beradi.
Ulan janrining ijrosi ommaviy xarakter kasb etib, u professional o‘lanchilar tomonidan boshlanib, ular tomonidan boshqarib borilsa ham, ko‘p hollarda, unga boshqa kishilar ham qo‘shilishlari mumkin.
O‘lanning tematik doirasi keng bo‘lib, unda ishqda vafodorlik, yor visoliga mushtoqlik motivlari yetak-chilik qiladi. Ulan aytishni, odatda, yigitlar bosh-lab berishadi.
Yigit:
Qarg‘a deyman, ko‘zingdan, qarga deyman,
Qarg‘a uya soladi jarga, deyman.
Ko‘rmaganga ko‘p vaqt, oylar o‘tdi,
Ulan bilan so‘rashay — «horma» deyman.
Qiz:
Ulanlarim, ko‘zingdan, o‘lanlarim,
Sen bo‘lding shu dunyoda gumondorim.
Sen bo‘lsang shu dunyoda gumondorim,
Kuya-kuya kul bo‘ldi suyaklarim.
Ulan poetik jihatdan ham qator o‘zgachaliklarga ega bo‘lib, ulardan biri tekstning izchil to‘rtlik shaklidagi band tuzilishiga ega ekanligidir. Har bir band esa aaba tarzida qofiyalanadi. Ulanlarning ak-sariyati ritmik jihatdan o‘n bir hijoli vaznga ega.
Xulosa qilib aytganda, o‘lan to‘y marosimining mus-taqil janri sifatida Toshkent, Namangan, Leninobod oblastining Asht rayonidagi «j» lovchi o‘zbeklar yashay-digan qishloqlarda jonli yashashda davom etyapti.
Lapar. Lapar to‘y marosimining birinchi bosqichiga mansub bo‘lib, ijrochilar sostavi, ijro usuli jiha-tidan o‘lanlarga yaqin turuvchi janrdir. Ammo u o‘zi-ning.iisbatan voqyebandligi hamda hazilga boyligi jihatidan o‘lanlardan farqlanadi. Mazkur janr Toshkent atroflaridagi qishloqlarda, shuningdek, Ja-nubiy Qozog‘istonda yashovchi o‘zbeklar o‘rtasida keng tarqalgan.
Lapar asosan kelinning xonadonida o‘tkaziladigan «qizlar bazmi»da ijro etiladi. Buni ayrim joylar-da «lapar kechasi» deb ham yuritishgan. Ushbu bazmda kizlardan tashqari ayollar va kuyov tomonidan yigitlar ham ishtirok etishgan. Bazmni boshqarish keksaroq, tajribali va so‘zga chechan ayollardan biriga topshi-rilgan. U kechada odobsizlik qilgan yoki qo‘pol mazmun-dagi laparlarni aytgan yigitlarni majlisdan hay-dab chiqargan. Shu sababli lapar aytishuv kechalari juda tartibli va yoqimli kechgan.
To‘ylardagi yor-yorlar, o‘lan aytishlar, kelin salomlar xalq poetik ijodining mumtoz namunalari bo‘lib qolgan. Hayot tajribasi oilaviy turmush totuvlikdan boshlansa, mehr yetakchi bo‘lsa, keyingi hayot ham inoqlikda o‘tishini tasdiqlagan. Shuning uchun kuyov-kelin ko‘nglini bir-biriga yaqin qilish orzusi qayta-qayta tilga olinadi:
Dostları ilə paylaş: |