3.2. Metallarning ikkilamchi qayta kristallanishi
Suyuk xolatdagi barcha moddalar sovutilganda oquvchanlik qobiliyatini o„yqotib,
qattiqholatga o„tadi. Xarxil moddalar uchun bu o„tish xarxil bo„ladi. Qotishning ikki turi mavjud.
1. Moddalarning kristallanishi. Suyuq holdagi modda ma‟lum haroratgacha sovutilganda
mayda kristallanish markazlari - mayda kristallchalar paydo bo„ladi: tartibli joylashgan va
o„zoro qattiq bog„langan atomlar, molekulalar va ionlar. Sovib borish natijasida bular yonida
yangilari paydo bo„ladi va moddaning butun hajmini egallaydi.
2. Harorat pasayishi bilan suyuqlikning qovushqoqligini tez ortishi. Bu 2 xil bo„ladi:
1) Kristallanish umuman bo„lmaydi: surguch, mum, smola. Bularni amorf moddalar deyiladi.
2) Kristallanish boshlanmasdan modda qotadi, chunki qovushqoqlik ortishi tezligi kristallanish
tezligidan ancha katta bo„ladi, shuning uchun kristallanib ulgurmaydi. Bularni oynasimon
moddalar deyiladi.
Molekulalar panjarada tebranib turadi: lekin o„zoro bog„lanish kuchi ushlab turadi. Kristall
yuzasidan chikib ketib, suyuk xolatga o„tish uchun ma‟lum issikliq energiyasini olish kerak.
Suyuq fazada modda hajm birli-gining energiyasi erish haroratida kristallik fazadagidan katta
bo„ladi.
Bu ichki energiyalar farqi nisbiy erishharoratiga teng.
Teskarisi, ya‟ni kristallanish faqat "suyuq faza-kristall" sistemasidan yukoridagi
energiya chikib ketgandan so„ng boshlanadi.
Noto„g„ri fikrlar xam bor: modda qotganda molekulalar yaqinlashib bog„lanish kuchi
ortadi va "qattiqlikni" ta‟minlaydi degan. Suv, vismut, surmalar qotganda kengayadi-ku: demak
molekulalar uzoqlashadi, Qattiqholatda, albatta, molekulalar o„zaro kuchliroq bog„langan.
SHuning uchun qotish jarayonida xal qiluvchi faktor-bu zarrachalarning issiqlik
xarakatlari erkinligining chegaralanganligidir. Bu chegaralanish zarrachalarning o„zoro
bog„lanish kuchining ortishi bilan ifodalanadi, bu esa ular kristallda tartibli joylashgandan so„ng
paydo bo„ladi.
Metallarning suyuq holatdan qattiq holatga o„tishi birlamchi kristallanish deb ataladi.
Qattiqholatdagi metallar kristall panjaralarining o„zgarishi ikkilamchi kristallanish yoki
qayta kristallanish deyiladi.
Termodinamikaning ikkinchi qonuniga binoan, xar qanday faza o„zgarish vaqtida,
sistemaning erkin energiyasi kamayadi, ya‟ni sistema erkin energiyasi katta bo„lgan beqaror
holatga o„tishga intiladi.
Dostları ilə paylaş: |