emirilmay, o„z shaklini dastlabki holatiga qaytmaydigan tarzda o„zgartira olish xususiyati uning
plastikligi deb, metallar shaklining plastik tarzda o„zgarishi
plastik deformatsiya deb ataladi.
SHunday qilib, bosim bilan ishlashi metallarning plastik deformatsiyalanishiga asoslangandir.
Buning uchun deformatsiyaning o„zi qanday vujudga kelishini aniq tushunish kerak.
Ma‟lumki, detalga biror tashqi kuch ta‟sir ettirilganda uning geometrik shakli o„zgarishi
deformatsiya deyiladi. har qanday normal haroratda metall
asosan elastik va plastik
deformatsiyalardan iborat bo„ladi. Metallga ta‟sir ettirilgan tashqi kuch olingandan keyin
metall
dastlabki shakliga qaytsa, bunday deformatsiya
elastik deformatsiya deb ataladi. Masalan, po„lat
prujinaga (yoki rezina bo„lagiga) ta‟sir ettirilgan kuch olingandan keyin yana u avvalgi holatiga
qaytadi.
Plastik deformatsiyada esa metall kristall panjaralarining shaklio„zgaribgina
olmasdan,
balki kristallning bir qismi boshqa qismiga nisbatan siljiydi ham, ta‟sir ettirilgan kuch olinganda
kristallning siljigan qismi avvalgi joyiga qaytmaydi, ya‟ni deformatsiya saqlanib oladi. Bundan
tashqari, plastik deformatsiyada metall tarkibidagi donachalar maydalanadi va muayyan tartibda
joylashib qoladi, natijada metall tola–tola tuzilishga ega bo„ladi.
Donalarning muayyan tartibda joylashib qolish hodisasi
teksturalanish deyiladi.
Teksturalanish darajasi deformatsiyalanish darajasiga to„g„ri mutanosibdir.
Metall odatdagi sharoitda plastik deformatsiyalanganda uning puxtaligi va qattiqligi
ortib, plastikligi pasayadi. Bu hodisa naklyop (parchinlanish) yoki nagartovka deyiladi. Plastik
deformatsiyalanish natijasida metallda hosil bo„lgan naklyopni yo„qotish zarur bo„lsa, metall
ma‟lum haroratgacha qizdiriladi. Masalan, naklyoplangan po„lat buyum 200–300 °C gacha
qizdirilsa, uning qattiqligi va puxtaligi 20–30 % pasayadi, plastikligi esa ortadi. Bu hodisa
qaytish
yoki
hordiq deyiladi. Demak, aytishida metallning kristall panjaralari tiklanadi, ichki tuzilishi
esa uncha o„zgarmaydi va shuning uchun metallning mexanik xossalari faqat ma‟lum
darajadagina tiklanadi. Metallning dastlabki xossalarini batamom tiklash kerak bo„lib qolsa,
albatta uni yuqoriroq darajagacha qizdirish zarur.
Naklyoplangan metall yuqoriroq darajagacha qizdirilganda,
shu metall xossalarining
tiklanishi
rekristallanish deb ataladi. Rekristallanish vaqtida metallning deformatsiyalanishidan
oldingi donalari tiklanmay, balki yangi donalar hosil bo„ladi, ya‟ni metall yangidan kristallanadi.
Rekristallanish darajasi (eng kichik darajasi) har xil metallar uchun turlicha bo„ladi. Masalan,
misning rekristallanish arorati 270°Cga, alyuminiy va magniyniki 100°C ga, jezniki 250°C ga,
temirniki 450°C ga, nikelniki 600°C ga, molibdenniki 900°C ga, volframniki1200°C ga teng,
qalay, qo„rg„oshin va oson suyuqlanuvchi boshqa metallarning rekristallanish darajasi esa normal
darajadan past bo„ladi. Metalialning rekristallanish darajasi bilan suyuqlanish darajasi orasida A. A.
Bochvar formulasiga asosan quyidagicha yaqinlashtirilganbog„lanish mavjud:
T
rekr
= T
er
K
bunda: T
rekr
– mutlaq rekristallanish darajasi, gradus, K– metallning tozaligiga bog„liq
koeffitsient, T
er
–mutlaq suyuqlanish darajasi, gradusda.
Texnik toza metallar uchunK=0,2–0,3, qotishmalar (qiyin suyulanadigan metallar) uchun
esa K=0,6–0,7. SHuni qayd qilish lozimki, deformatsiyalanganlik darajasi rekristallanish haroratiga
teskari mutanosib bog„lanishda bo„ladi.
Metall rekristallanish darajasidan yuqori darajada deformatsiya–langanda naklyop hosil
bo„lsada, ammo shu darajada o„tadigan rekristallanishi naklyopni yo„qotadi.
Metallarni
rekristallanish darajasidan yuqori darajada deformatsiyalash q
izdirib, bosim bilan ishlash deb,
rekristallanish darajasidan past darajada deformatsiyalash esa
sovuqlayin bosim bilan ishlash deb
ataladi. Demak, metallarni qizdirib, bosim bilan ishlashda ularda naklyop hosil bo„lmaydi,
sovuqlayin bosim bilan ishlashda esa naklyop hosil bo„ladi va aksincha, deformatsiyalashda
metall naklyoplansa, sovuqlayin bosim bilan
ishlaganda esa naklyoplanmasa, uni izdirib, bosim
bilan ishlagan ma‟qul bo„ladi. Masalan, qalay normal haroratda deformatsiyalansa, u
naklyoplanmaydi, temir esa 300°C gacha qizdirib deformatsiyalanganda naklyoplanadi.
Binobarin, qalayning deformatsiyalanishi qizdirib bosim bilan ishlanadi, chunki sovuqlayin bosim
bilan ishlash orqali hosil qilingan buyumlarning sirti toza, o„lchamlari esa aniq chiqadi.
Sovuqlayin deformatsiyalash natijasida hosil bo„lgan naklyop, zarur hollarda, rekristallanish
yumshatish yo„li bilan yo„qotiladi.
SHuni aytish lozimki, plastik bo„lmagan (mo„rt) metallarni bosim bilan ishlab bo„lmaydi.
Masalan, cho„yan sovuq holatda ham, qizdirilgan holatda ham mo„rt bo„ladi, demak, cho„yanni
bosim bilan ishlab bo„lmaydi.
Metallarning plastikligi ularning kimyoviy tarkibiga ham bog„liq ya‟ni
toza metallarning
plastikligi otishmalarnikidan ancha yuqori bo„ladi. Har xil elementlar metallarning plastikligiga
turlicha ta‟sir etadi.
SHuning uchun qizdirib bosim bilan ishlashda metall (qotishma)ni qanday haroratgacha
qizdirish va bosim bilan ishlashni qanday haroratda to„xtatish zarurligini bilish nihoyatda
muhimdir. SHunday qilib, metallar qizdirib,
bosim bilan ishlanganda, ularning kimyoviy tarkibi
tekislanadi, donalari maydalashadi, qovaklari berkilib ketadi, boshqa ba‟zi nuqsonlari yo„qoladi,
binobarin mexanik xossalari yaxshilanadi.
Metallga biror kuch ta‟sir ettirirlganda shu metall geometrik shaklining o„zgarishi
deformatsiya deyiladi. Deformatsiya natijasida kristallik panjara o„zgaradi, ya‟ni panjara
tugunlaridagi atomlar o„z o„rnidan siljiydi.
Normal temperaturada metalning deformatsiyasi uchbosqichdan iborat: 1
- elastik
deformatsiya, 2 - plastik deformatsiya, 3 - emirilish - buzilish (razrushenie).
Dostları ilə paylaş: