Xalqaro miqyosda metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot ham mavjuddir. Uni qisqartirilgan holda MOZM (Mejdunarodnaya organizatsiya zakonodatelnoy metrologii) yoki OIML (Organization
Internationale de Metrologe Legale) deb ataladi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi – davlat metrologik xizmatlarni va boshqa milliy muassasalarning faoliyatlarini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirishdir.
MOZM faoliyatining asosiy yo’nalishlari
MOZMga a‟zo bo„lgan mamlakatlar uchun o„lchash vositalarining uslubiy me‟yoriy metrologik tavsiflarining birliligini belgilash;
xalqaro ko„lamda birxillashtirilgan o„lchash birliklarini
mamlakatlarda qo„llanishini ta‟minlash;
metrologik xizmatlarning eng qulay shakllarini ishlab chiqish va ularni joriy etish boyicha davlat ko„rsatmalarining birliligini ta‟minlash;
rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta‟min etish va ularni zarur texnik vositalari bilan ta‟minlashda ilmiy – texnikaviy yordamlashish;
metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona qonun – qoidalarini belgilash.
MOZM ning Oliy rahbar idorasi metrologiyadan qonun chiqaruvchi
Xalqaro konferensiyasi hisoblanib, u har to„rt yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiya tashkilotning maqsad va vazifalarini belgilaydi, ishchi idoralarining ma‟ruzalarini tasdiqlaydi, byudjet masalalarini muhokama qiladi. MOZM ning rasmiy tili – fransuz tilidir.