+3-мавзу-mo' da Матлаб(57-110). doc


 MATLABdagi oddiy xisoblashlar, tizim o’zgaruvchilari va konstantalari



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/29
tarix08.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#73229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
3-мавзу-mo\' da Матлаб(57-110). doc

1.4. MATLABdagi oddiy xisoblashlar, tizim o’zgaruvchilari va konstantalari
MATLAB tizimi shunday ishlab chiqilganki, hisoblashlarni, foydalanuvchi
dasturini tayyorlamasdan to’g’ridan-to’g’ri bajarish mumkin. Bunda MATLAB
superkalkulyator vazifasini bajarib, qatorli buyruq rejimida ishlaydi.
Misol.
>>2+3,
ans=5;
>>2*3, ans=6 va xokazo.
Tizimda ishlash muloqotli (dialogli) tavsifga ega bo’lib, “savol berildi - javob
olindi” qoidasi bo’yicha ishlanadi. Ya’ni foydalanuvchi klaviatura yordamida


63
hisoblanishi lozim bo’lgan ifodani kiritadi, tahrir qiladi (agar lozim bo’lsa) va
kiritishni ENTER klaviaturasini bosish bilan yakunlaydi.
Umuman olganda, ma’lumotlarni kiritish va hisoblashlarni amalga oshirish
quyidagicha amalga oshiriladi:
• boshlang’ich
ma’lumotlarni
kiritishni
ko’rsatish
uchun
>>
belgidan
foydalaniladi;
• ma’lumotlar oddiy yozuvli tahrir yordamida kiritiladi;
• biror bir ifoda hisoblash natijasini blokirovka qilish uchun mazkur ifodadan
keyin - ; (nuqta vergul) qo’yiladi;
• hisoblashlar natijasini ko’rsatuvchi o’zgaruvchi aniqlanmagan bo’lsa, u holda
MATLAB tizimi bunday o’zgaruvchi deb ans oladi;
• o’zlashtirish amali sifatida juda ko’plab dasturlash tillari kabi : = belgi emas,
balki matematikadagi oddiy = ni o’zi olinadi;
• sozlangan funksiyalar (masalan, sin) yozma harflar bilan yoziladi hamda
ularning argumentlari oddiy qavslar ichida yoziladi;
• hisoblashlar natijasi yangi qatorda >> belgisiz chiqadi;
• muloqot “Savol berildi - javob olindi” ko’rinishida amalga oshadi.
Ma’lumki, juda ko’plab matematik tizimlarda, agar u son bo’lmasa, u holda
sin(v) va yexr(v) ifodalarni hisoblab bo’lmaydi, ya’ni tizim bunday ifodalarni xato
deb beradi. MATLABda esa agar berilgan o’zgaruvchi vektor bo’lsa, natija ham
mazkur o’lchamdagi vektor bo’ladi, agar matrisa bo’lsa, natija ham matrisa
bo’ladi.
Komandali rejimda bir qatordagi belgilarning maksimal soni - 4096, m -
fayllarda esa chegaralanmagan.
Barcha matematik tizimlarning markaziy tushunchasi bu matematik ifodalardir.
Ma’lumki, ular ustida amallar bajarilayotganda, asosan ularning sonli qiymatlaridan
foydalaniladi (kam holatlarda belgi ko’rinishlaridan ham foydalaniladi).
MATLAB ham matematik tizim bo’lgani uchun bu yerda ham asosiy
tushuncha matematik ifodalardir. MATLABda matematik ifodalarni ifodalashni
qarab chiqaylik. MATLABda ifodalar bir qator ko’rinishida ifodalanib, sonlarni
butun qismlarini ajratish uchun verguldan emas balki nuqtalardan foydalaniladi.
Quyida ba’zi bir ifodalarni MATLAB va oddiy matematikadagi ifodalanishini ko’rib
chiqamiz:
MATLABda
Matematikada
2+3;
2+3;
2^3*sqrt(y)/2; 23√y/2;
2.301*sin(x); 2,301sin(x);
4+exp(3)/5;
4+e3/5,
Matematik
ifodalar
sonlar,
konstantalar,
o’zgaruvchilar,
operatorlar,
funksiyalar va turli xil maxsus belgilar ustiga quriladi. Ilgari aytib o’tganimizdek,
nuqta vergul, ya’ni ; belgi natijani chiqishini blokirovka qiladi, ammo ans maxsus
o’zgaruvchi yordamida natijani olishimiz mumkin.


64
Son - MATLAB tilining eng oddiy obyektlaridan biri bo’lib, u miqdoriy
ma’lumotlarni ifodalab beradi. Sonlarni konstanta deb hisoblash mumkin. Sonlar
butun, kasr, fiksirlangan va suzuvchi nuqtali bo’lishi mumkin. Ularni yaxshi ma’lum
bo’lgan ilmiy shaklda, ya’ni mantissa va son tartibini ko’rsatgan holda ifodalash
mumkin:
0; -3;
2.301; 123.456ye-24;
-234.456ye10.
Yuqoridan ko’rinib turibdiki, mantisadan sonning butun qismi kasr qismidan,
juda ko’plab dasturlash tillarida qabul qilinganidek, vergul orqali emas, balki nuqta
orqali ajratiladi. Son tartibini mantisadan ajratish uchun ular orasiga ye belgisi
qo’yiladi. “+” ishora sonlar oldiga qo’yilmaydi, “-” ishora esa qo’yiladi va uni unar
minus deb nomlanadi. Sonlarda belgilar orasiga probel (bo’sh joy) qo’yish ruxsat
etilmaydi.
Bundan tashqari sonlar kompleks bo’lishi mumkin: z=Re(z) + Im(z)*i. Bunday
sonlar Re(z) haqiqiy va Im(z) mavhum qismga ega bo’linadilar. mavhum qism
kvadrat darajasi -1 ga teng bo’lgan, i va j ko’paytuvchilarga ega bo’ladi:
3i; 2j; 2+3i; -3.141i; -123.456+2.7e-3i.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin