bajarmasdan tezlikda qilinishi kerak. Aks holda, ya’ni boshqa ma’lumotlar kiritilsa
yoki boshqa buyruqlar bajarilsa, orqaga qaytish amalga oshmaydi.
Nusxa ko‘chirish
Ayrim hollarda bir katakdagi ma’lumotlarning nusxasini boshqa katakka yoki
diapazonga o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Bu ishlarni elektron jadvalda nusxalash
buyrug‘i orqali amalga oshirish mumkin.
Nusxa ko‘chirish bir necha usulda amalga oshiriladi.
Katakdagi ma’lumotlarni boshqa katakka ko‘chirish.
Katakdan ma’lumotlarni diapazonga ko‘chirish. Bunda
belgilangan diapazonning har bir katagida ko‘chirilayotgan katak
ma’lumotlari hosil bo‘ladi.
Diapazondan
diapazonga
ko‘chirish.
Diapazon
o‘lchamlari bir xilda bo‘lishi kerak.
Katakdan nusxa ko‘chirishda uning ichidagi ma’lumotlar va o‘zgaruvchilar
bilan birga barcha bichimlash atributlari ham ko‘chiriladi.
Nusxalash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1. Nusxa ko’chirish uchun katak yoki diapazonni ajratish va uni buferga
ko‘chirish.
2. Jadval kursorini nusxa joylashtirilishi kerak bo‘lgan diapazonga o‘tkazish
va buferga ko‘chirilgan ma’lumotlarni o‘ngga qo‘yish.
Olingan nusxa tegishli katak yoki diapazonga qo‘yilgandan keyin
Dostları ilə paylaş: