3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash. Elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/58
tarix20.10.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#65646
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
7-mavzu



3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash. 
Elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi 
 
3.1. Elektron jadvallar 
 
Zamonaviy komp’yuterlar dasturiy ta’minotining tarkibiy qismiga kiruvchi 
Microsoft Office paketidagi asosiy vositalardan biri jadval protsessori deb 
ataluvchi MS Excel dasturidir. MS Excel – elektron jadvallarni tayyorlash, 
formulalar va funksiyalar yordamida hisob-kitoblarni amalga oshirish
ma’lumotlarni grafik tasvirlash kabi masalalarni hal etishga mo’ljallangan dastur. 
Inson o‘z ish faoliyati davomida ko‘pincha biror kerakli ma’lumot olish 
uchun bir xil, zerikarli, ba’zida esa, murakkab bo‘lgan hisoblash ishlarini 
bajarishga majbur bo‘ladi. MS Excel dasturi mana shunday ishlarni osonlashtirish 
va qiziqarliroq qilish maqsadida ishlab chiqilgan. 
MS Excel dagi barcha ma’lumotlar jadval ko‘rinishida namoyon bo‘lib, bunda 
jadval kataklarining ma’lum qismiga boshlang‘ich va birlamchi ma’lumotlar 
kiritiladi. Boshqa qismlari esa har xil arifmetik amallar va boshlang‘ich
ma’lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo‘lgan 
ma’lumotlardir. 
Elektron jadval kataklariga uch xil ma’lumotlarni kiritish mumkin: 
– matnni; sonlarni; sanani; formulalarni. 
Matn – harflar, raqamlar, belgilar ketma-ketligidan iborat. 
Son – raqamlar ketma-ketligi (zarur hollarda ishora va o’nli vergul ham 
ishlatilishi mumkin). 
Sana – joriy sana. 
Formulalar – kiritilgan sonli qiymatlar bo’yicha yangi qiymatlarni 
hisoblaydigan matematik ifodalardir. 
Formulalar har doim «=» (teng) belgisini qo‘yish bilan boshlanadi. Formula 
katakka kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu 
katakda hosil bo‘ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki 
belgilardan biri o‘zgartirilsa, MS Excel avtomatik ravishda yangi ma’lumotlar 
bo‘yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi. 
MS Excelning asosiy ishlov berish ob’yekti hujjatlar hisoblanadi. MS Excel 
hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va xls kengaytmasiga ega bo‘lgan fayllardir. MS 
Excelda bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Har bir Ishchi kitob ixtiyoriy 
sondagi elektron jadvallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi 
varaq» deb ataladi. Har bir ishchi varaq o‘z nomiga ega bo‘ladi. Ishchi kitobni 
hosil qilish uchun MS Excel dasturini ishga tushurish zarur. Ishchi kitobning 
tarkibiy elementlaridan biri ishchi varaq, ya’ni elektron jadval hisoblanadi. Har bir 


electron jadval 2
8
= 256 ta ustun va 2
16
= 65536 ta satrdan iborat. Ustunlar lotin 
alfavitining bosh harflari bilan, satrlar esa raqamlar bilan nomlanadi. 
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa katak va diapazonlardir. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin