5 – AMALIY ISH
MAVZU; EXCELDA FORMULALAR VA FUNKSIYALAR BILAN ISHLASH.
Excel kataklariga uch xil ma'lumotlar kiritish mumkin:
1. Matnli ma'lumotlar - sarlavha, belgi, izohlarni o'z ichiga oladi;
2. Sonli ifodalar - bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir;
3. Formulalar - kiritilgan sonli qiymatlar bo'yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.
Ulardan birinchi ikkitasi bevosita jadval katagiga kiritilishi mumkin. Formulalar esa maxsus formulalar satriga kiritiladi. Formulalar har doim "=" belgisini qo'yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan so'ng, shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo'ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o'zgartirilsa, dastur avtomatik tarzda yangi ma'lumotlar bo'yicha hisoblash ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil bo'ladi. Excel dasturida hisob-kitoblarni olib borishda iloji bo'lsa, ma'lumot joylashgan katakni ko'rsatishga harakat qilish kerak. Excel yordamida jadvalga kiritilgan sonli ma’lumotlarning diagrammalari va grafiklari hosil qilinadi. Diagrammalar va grafiklarni chizish uchun Excel da juda katta imkoniyatli yordamchi «Master diagramm» mavjud. Shu yordamchi vositasida turli - tuman diagrammalar quriladi. Diagrammani berilganlar joylashgan varaqda, boshqa varaqda xatto boshqa kitobda hosil qilish mumkin. Funksiya — bu formulalarda qo’llaniladigan kiritib qo’yilgan tayyor uskunalar qolipidir. Ular murakkab bo’lgan matеmatik va mantiqiy amallarni bajaradi. Funksiyalar quyidagi ishlarni bajarish imkonini bеradi:
1. Formulalarni qisqartirish.
2. Formulalar bo’yicha boshqa qilib bo’lmaydigan hisob ishlarini bajarish.
3. Ayrim muxarrirlik masalalarini hal qilishni tеzlashtirish.
Amaliy qism. Ushbu amaliy ish bo’yicha topshiriq sifatida MS Excel dasturida har bir talaba ma’ruza va laboratoriya darslarida olgan bilimlariga asosida o’ziga biriktirilgan variant bo’yicha matematik hisoblash ishlari va funksiyalarning grafiklarini diagramma ko’rinishida hosil qilish vazifalarini bajarishadi hamda hisobot tayyorlab uni himoya qilishlari kerak bo’ladi.
1.Bu yerda x=0.48; b=-0.31; c=1.72; a=2.01; k=3