Programming Taskbook



Yüklə 131,35 Kb.
səhifə1/8
tarix21.12.2023
ölçüsü131,35 Kb.
#188777
  1   2   3   4   5   6   7   8
Dasturlash bo\'yicha 1000 ta vazifa










Dasturlashdan 1000 ta vazifa
Biz haqqimizda:
https://robotsandme.uz




Programming Taskbook


C++ DASTURLASH TILI
Robots And Me








Telegram :
@robotsandme

Instagram :
@robots_and_me

YouTube :
robots & me

Begin (1-40) (Ma'lumotlarni kiritish va chiqarish, tayinlash operatori)


Ushbu guruhning vazifalaridagi barcha kirish va chiqish ma'lumotlari haqiqiy sonlardir.

Begin1. Kvadratning tomoni a berilgan. Uning perimetri aniqlansin. P=4*a


Begin2. Kvadratning tomoni a berilgan. Uning yuzasi aniqlansin. S = a2.
Begin3. To'g'ri to'rtburchakning tomonlari a va b berilgan. Uning yuzasi S = a·b va perimetri aniqiansin P = 2·(a + b).
Begin4. Aylananing diametri d berilgan. Uning uzunligi L = p · d aniqlansin.
p o’rnida 3.14 qiymati ishlatilsin.
Begin5. Kubning yon tomoni a berilgan. Uning hajmini V = a3 va to`la sirti aniqlansin S = 6 · a2.
Begin6. Paralelepepidning tomonlari a, b, с berilgan. Uning hajmini V = a · b · c va to’la sirti aniqlansin S = 2 · (a · b + b · c + a · c).
Begin7. Doiraning radiusi R berilgan. Uning uzunligi L va yuzasi S aniqlansin:
L = 2 · p · R, S = p · R2.
p o’rnida 3.14 qiymati ishlatilsin.
Begin8. Ikkita son a va b berilgan. Ularning o’rta arifmetigi aniqlansin. (a + b)/2.
Begin9. Ikkita manfiy bo'Imagan son a va b berilgan. Ularning o'rta geometrigi aniqiansin: .
Begin10. Nolga teng bo'Imagan ikkita son berilgan. Ular kvadratining yig'indisini, ayirmasi , ko’paytmasini va bo'linmasini toping .
Begin11. Nolga teng bo'Imagan ikkita son berilgan. Ular modullarining yig'indisini, ayirmasi , ko’paytmasini va bo'linmasini toping .
Begin12. To'gri uchburchakning katetlari a va b berilgan. Uning gipotenuzasi с va perimetri P aniqiansin:
c = , P = a + b + c.
Begin13. Umumiy markazga ega bo'lgan ikkita aylana radiusi R1 va R2 berilgan (R1 > R2). Ularnig yuzalari S1 и S2, va ularning ayirmasi S3 aniqlansin, tashqi radiusi R1, ichki radiusi R2 ga teng:
S1 = p · (R1)2, S2 = p · (R2)2, S3 = S1S2.
p o’rnida 3.14 qiymati ishlatilsin.
Begin14. Aylananing uzunligi L berilgan. L = 2 · p · R, S = p · R2 ni inobatga olib uning radiusi R va yuzasi S aniqlansin,.
p o’rnida 3.14 qiymati ishlatilsin.
Begin15. Aylananing yuzasi S berilgan. L = p · D, S = p · D2/4. ni inobatga olib uning diametri D va uzunligi L aniqlansin,.
p o’rnida 3.14 qiymati ishlatilsin.
Begin16. Sonlar o'qida x1 va x2 koordinatali ikkita nuqta orasidagi masofa aniqlansin: |x2x1|.
Begin17. Sonlar o'qida А, В, С nuqtalar berilgan. AC va BC ni va ular yig’indisini toping.
Begin18. Sonlar o'qida А, В, С nuqtalar berilgan. С nuqta A va В nuqtalar orasida joylashgan. AC va BC ni va ular ko’paytmasini toping.
Begin19. To'g'ri to'rtburchakning qarama-qarshi uchlari koordinatlari berilgan : (x1y1), (x2y2). Uning tomonlari koordinata o'qiga parallel. To'g'ri to'rtburchakning perimetri va yuzasi aniqlansin.
Begin20. Tekislikdagi berilgan ikki nuqta (x1y1) и (x2y2) orasidagi masofa topilsin. Orasidagi masofa quyidagi formula orqali hisoblanadi :

Begin21. Uchburchakning uchlari koordinatalari berilgan: (x1, y1), (x2, y2), (x3, y3). Ikki nuqta orasidagi masofa formulasidan foydalanib uning perimetri va maydonini toping (Begin20 topshirig'iga qarang). Tomonlari a, b, c bo'lgan uchburchakning maydonini topish uchun Geron formulasidan foydalaning:

Bu yerda p = (a + b + c)/2 — yarim perimetr.
Begin22. A va B o'zgaruvchilaridagi qiymat joylarni almashtiring va A va B uchun yangi qiymatlarni chiqaring.
Begin23. A, B, C o'zgaruvchilari berilgan.Ularning tarkibini A tarkibini B ga, B - C ga, C - A ga ko'chirish orqali o'zgartiring va A, B, C o'zgaruvchilarining yangi qiymatlarini ko'rsating.
Begin24. A, B, C o'zgaruvchilari berilgan.Ularning tarkibini A tarkibidagi tarkibni C ga, C - B ga, B - A ga ko'chirish orqali o'zgartiring va A, B, C o'zgaruvchilarining yangi qiymatlarini ko'rsating.
Begin25. Berilgan x qiymati uchun y = 3·x6 – 6·x2 – 7 funksiyaning qiymatini toping..
Begin26. Berilgan x ning qiymati uchun y = 4·(x–3)6 – 7·(x–3)3 + 2 funktsiyasining qiymatini toping.
Begin27. A soni berilgan, yordamchi o'zgaruvchi va uchta ko'paytmani ishlatib A8, ni hisoblang. Buning uchun ketma-ket A2, A4, A8 ni toping. A ning topilgan barcha darajalarini chiqaring.
Begin28. A soni berilgan. Ikkita yordamchi o'zgaruvchi va beshta ko'paytmani ishlatib A15 ni hisoblang. Buning uchun ketma-ket A2, A3, A5, A10, A15 ni toping. A ning topilgan barcha darajalarini chiqaring.
Begin29 Burchak a graduslarda berilgan (0 < a < 360). 180° = p ni hisobga olgan holda burchakning radianlarda qiymatini aniqlang. p o’rnida 3.14 qiymati ishlatilsin.
Begin30. Burchak a radianlarda berilgan (0 < a < 2· p). 180° = p ni hisobga olgan holda burchakning radiuslarda qiymatini aniqlang. p o’rnida 3.14 qiymati ishlatilsin.
Begin31. Temperatura T gradus Farengeytda berilgan. Berilgan temperatura qiymatini gradus Selsiyda aniqlang. Selsiy harorati TC va Farengeyt harorati TF quyidagi bog'liqlik bilan bog'liq :

Yüklə 131,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin