Programming Taskbook


Boolean (1-40) (Mantiqiy ifodalar)



Yüklə 131,35 Kb.
səhifə4/8
tarix21.12.2023
ölçüsü131,35 Kb.
#188777
1   2   3   4   5   6   7   8
Dasturlash bo\'yicha 1000 ta vazifa

Boolean (1-40) (Mantiqiy ifodalar)


Ushbu guruhning barcha vazifalarida mantiqiy qiymatni ko'rsatish talab qilinadi. Agar dastlabki ma'lumotlar uchun berilgan bayonot to'g'ri bo'lsa to'g'ri(True) bo'ladi, aks holda xato(False).
Boolean1⁰. A butun son berilgan. Berilgan A sonini musbat ekanini tekshiring.
Boolean2. A butun son berilgan. Berilgan A sonini toq ekanini tekshiring.
Boolean3. A butun son berilgan. Berilgan A sonini juft ekanini tekshiring.
Boolean4. Ikkita butun son A va B berilgan. A>2 va B 3 tengsizlikni tekshiring.
Boolean5. Ikkita butun son A va B berilgan. A va B tengsizlikni tekshiring.
Boolean6. Uchta butun son A , B va C berilgan. ABoolean7⁰. Uchta butun son A , B va C berilgan. B soni A va C sonlar orasida ekanligini tekshiring.
Boolean8. Ikkita butun son A va B berilgan. A va B sonlarning ikkalasi ham toq ekanligini tekshiring.
Boolean9. Ikkita butun son A va B berilgan. A va B sonlardan hech bo’lmaganda bittasi toq ekanligini tekshiring.
Boolean10⁰. Ikkita butun son A va B berilgan. A va B sonlardan faqat bittasi toq ekanligini tekshiring.
Boolean11. Ikkita butun son A va B berilgan. A va B sonlardan ikkalasi ham juft yoki ikkalasi ham toq ekanligini tekshiring.
Boolean12. Uchta butun son A , B va C berilgan. A , B va C sonlardan har biri musbat ekanligini tekshiring.
Boolean13. Uchta butun son A , B va C berilgan. A , B va C sonlardan hech bo’lmaganda bittasi musbat ekanligini tekshiring.
Boolean14. Uchta butun son A , B va C berilgan. A , B va C sonlardan faqat bittasi musbat ekanligini tekshiring.
Boolean15. Uchta butun son A , B va C berilgan. A , B va C sonlardan faqat ikkitasi musbat ekanligini tekshiring.
Boolean16. Musbat butun son berilgan. Berilgan son ikki xonali juft son ekanligini tekshiring.
Boolean17. Musbat butun son berilgan. Berilgan son uch xonali toq son ekanligini tekshiring.
Boolean18. Berilgan uchta sonning ichidan hech bo’lmaganda ikkitasi bir biriga tengligini tekshiring.
Boolean19. Berilgan uchta sonning ichidan hech bo’lmaganda ikkitasi bir biriga qarama-qarshi ekanligini tekshiring.
Boolean20. Uch xonali son berilgan. Shu sonning raqamlari har xil ekanini tekshiring.
Boolean21. Uch xonali son berilgan. Shu sonning raqamlari o’sib borish tartibida ekanini tekshiring.
Boolean22. Uch xonali son berilgan. Shu sonning raqamlari o’sib borish yaki kamayish tartibida ekanini tekshiring.
Boolean23. To’rt xonali son berilgan. Shu son chapdan o’ngga va o’ngdan chapga o’qiganda ham bir xil ekanini tekshiring.
Boolean24. A , B va C sonlar berilgan(A ). Diskriminantni hisoblang. D= -4 . Kvadrat tenglama A +B +C=0 ildizga ekanini tekshiring.
Boolean25. x va y sonlari berilgan. (x,y) kordinataridan iborat nuqta koordinatalar tekisligining ikkinchi choragida yotishini tekshiring.
Boolean26. x va y sonlari berilgan. (x,y) kordinataridan iborat nuqta koordinatalar tekisligining to’rtinchi choragida yotishini tekshiring.
Boolean27. x va y sonlari berilgan. (x,y) kordinataridan iborat nuqta koordinatalar tekisligining ikkinchi yoki to’rtinchi choragida yotishini tekshiring.
Boolean28. x va y sonlari berilgan. (x,y) kordinataridan iborat nuqta koordinatalar tekisligining birinchi yoki uchinchi choragida yotishini tekshiring.
Boolean29. x, y, x , y₁, x₂, y₂ sonlar berilgan. (x,y) koordinatalaridan iborat nuqta, to’rtnurchakning ichida joylashganligini tekshiring. To’rtburchakning chap yuqori uchi (x , y₁) va o’ng past uchi (x₂, y₂) uning tomonlari koordinata o’qlariga parallel joylashgan.
Boolean30. Uchburchakning tomonlari bo’lgan a,b va c sonlari berilgan. Shu sonlardan tashkil topgan uchburchakning teng tomonli ekanligini tekshiring.
Boolean31. Uchburchakning tomonlari bo’lgan a,b va c sonlari berilgan. Shu sonlardan tashkil topgan uchburchakning teng yonli ekanligini tekshiring.
Boolean32. Uchburchakning tomonlari bo’lgan a,b va c sonlari berilgan. Shu sonlardan tashkil topgan uchburchakning to’gri burchakli uchburchak ekanligini tekshiring.
Boolean33. . Uchburchakning tomonlari bo’lgan a,b va c sonlari berilgan. Shu sonlardan tashkil topgan uchburchak mavjudligini tekshiring.
Boolean34. x,y shaxmat doskasining koordinatalari.(1 va 8 orasida). (1,1) koordinata qora ekanligini ma’lum. Berilgan koordinata oq ekanligini tekshiring.
Boolean35. Ikki xil shaxmat doskasining koordinatalari berilgan. x , y₁, x₂, y₂, (1 va 8 orasida). Berilgan koordinatada joylashgan xonalar bir xil rangga ega ekanligini tekshiring.
Boolean36. Ikki xil shaxmat doskasining koordinatalari berilgan. x , y₁, x₂, y₂,
(1 va 8 orasida). To’ra bir harakatda bir kvadratdan ikkinchisiga o’tishi mumkinligini tekshiring.
Boolean37. Ikki xil shaxmat doskasining koordinatalari berilgan. x , y₁, x₂, y₂,
(1 va 8 orasida). Shox bir harakatda bir kvadratdan ikkinchisiga o’tishi mumkinligini tekshiring.
Boolean38. Ikki xil shaxmat doskasining koordinatalari berilgan. x , y₁, x₂, y₂,
(1 va 8 orasida). Fil bir harakatda bir kvadratdan ikkinchisiga o’tishi mumkinligini tekshiring.
Boolean39. Ikki xil shaxmat doskasining koordinatalari berilgan. x , y₁, x₂, y₂, (1 va 8 orasida). Vazir bir harakatda bir kvadratdan ikkinchisiga o’tishi mumkinligini tekshiring.
Boolean40. Ikki xil shaxmat doskasining koordinatalari berilgan. x , y₁, x₂, y₂, (1 va 8 orasida). Ot bir harakatda bir kvadratdan ikkinchisiga o’tishi mumkinligini tekshiring.

Yüklə 131,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin