Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar: Go‘daklik davri, uning tug‘ma xususiyatlari va rivojlanishining
o‘ziga xos xususiyatlari.
Ilk bolalik davridagi muloqotning psixik jihatlari.
Ilk bolalik davridagi asosiy faoliyat turi.
3Yoshdagi krizis: uning sabablari va namoyon bo‘lishi.
Ilk bolalik davrida shaxs shakllanishining psixologik asoslari.
Mavzu yuzasidan test savollari: 1. Go‘daklik va ilk bolalik davri necha Yoshlarni o‘z ichiga oladi? A) 0 – 1Yosh;
B) 1 – 3Yosh;
V) Barcha javoblar to‘g‘ri.
2. Ilk bolalik davrida etakchi faoliyat nima? A) O‘yin faoliyati;
B) Predmetli faoliyat;
V) Muloqot faoliyati.
3. Bolaning psixik rivojlanishini ta’minlovchi omillar va shart-sharoitlarni aniqlang. A) Tabiiy ijtimoiy muhit, maktabgacha tarbiya muassasalaridagi tarbiya va maktabdagi ta’lim.;
B) Irsiyat, muhit, bolaning shaxsiy faolligi,tarbiya va ta’lim.;
V) Oliy nerv faoliyatining tipi bilan bog‘lik bo‘lgan asab sistemasiga xos kuch va harakatchanlik.
4. 3 Yosh krizisi (inqirozi) qanday xatti-harakatlarda ifodalanadi? A) O‘zini o‘zgalardan farqlay (ajrata)olish, o‘z imkoniyatlarini tushunish, mustaqillikka intilish;
B) Bola o‘zining xatti-harakatlarini nima yaxshi-yu, nima yomon degan tasavvurga moslay boshlashi;
V) Bola o‘zini kattalar bilan taqqoslay boshlashi, kattalar xatti-harakatlarini bajarishga intilishi, mustaqil harakat qila olishi, qat’iyligi va qaysarligida ifodalanadi.
5. Bola to‘g‘ri yurishni, muloqotga kirishishni, predmetli faoliyatni egallash xususiyatlarini qaysi davrda egallaydi? A) Ilk bolalik davrida;
B) CHaqaloqlik davrida;
V) Kichik maktab Yoshi davrida.
6. 3 Yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixik rivojlanishidagi asosiy o‘zgarishlar nimalar? A) faol nutqning shakllanishi;
B) Obrazli tafakkurning dastlabki nishonalari, atrof- muhitdan o‘zini ajratishi;
V) Barcha javoblar to‘g‘ri.