3-mavzu: O‘qituvchi shaxsiga qo‘yilgan professional talablar


Insonning ijtimoiy mohiyatini



Yüklə 33,33 Kb.
səhifə2/2
tarix25.09.2023
ölçüsü33,33 Kb.
#148323
1   2
PK Ma\'ruza 3

Insonning ijtimoiy mohiyatini jamiyat talabiga mos ravishda shakllantiruvchi soha xalq ta'limi tizimi deb atalib, uni amalga oshiruvchi shaxs o'qituvchi yoki muallim deyiladi. Muallimlik kasbining sharafliligi, nafaqat, uning o'qituvchi, turli bilimlarni o'rgatuvchi va mohir tarbiyachi bo'lganligi uchungina emas, balki uning o'zi tanlagan kasb-hunar yunalishidagi barcha mutaxassisliklar bo'yicha maxsus fanlarni va ularning poydevori bo'lgan fundamental fanlarni hamda o'qitish va tarbiya berishni, psixologiya va pedagogika asoslarini a'lo darajada egallagan bo'lishi shart.
Pedagog bu – yuksak madaniyatli mutaxassis, o'z fanini chuqur biluvchi, umumiy va bolalar psixologiyasiniyaxshibiluvchi, ta'lim-tarbiya metodikasini mukammal biluvchidir.
Ta'lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi va vazifasi barkamol, yetuk shaxs, malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Shunday ekan biz ta'lim-tarbiya samaradorligini o'quvchilarning qay darajada bilim, ko'nikma va malakaga ega ekanliklari, mustaqil bilim olishga, jamiyatda o'z o'rinlarini toppish uchun qanday tayyorgarligi bilan o'lchashimiz, baho berishimiz lozimligini bilishimiz shart.
Ta'lim insoniyat taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Yangi asrda jamiyatning har tomonlama ravnaq, topishi, taraqqiy etishi bevosita ta'limning rivojlanishi, mazmunan takomillashib borishiga bog'liq. Ayni paytda ta'limning globallashuvi, innovatsion texnologiyalarning joriy etilayotganligi, keng ko'lamli axborotlar oqimi ta'lim mazmunini muntazam yangilab, takomillashtirib borishni taqozo etadi. "Innovatsiya - sohaga yangilik, o'zgarishlar olib kirish jarayoni va faoliyati" bo'lib, "innovatsion texnologiya - pedagogik taraqqiyotni ta'minlashga qaratilgan tashkiliy faollik jarayonidir". Jadal zamonaviy rivojlanish sharoitlarida jamiyat, madaniyat va ta'limning innovatsion pedagogik faoliyatning, aniqrog'i innovatsion texnologiyalarning zarurligi qator omillar bilan belgilanadi:
- ta'lim tizimidagi tub o'zgarishlarni taqazo etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar, ta'lim tizimida yangilanishlar, turli o'quv muassasalarida o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda metodika va texnologiyalardan foydalanishning zarurligi. Pedagoglar faoliyatining innovatsion yo'naltirilganligi ta'lim siyosatining yangilanish vositasi sifatida namoyon bo'ladi;
- ta'lim mazmunida o'quv fanlari miqdori va tarkibidagi o'zgarishlar orqali insonparvarlik g'oyalarining kuchayishi; ta'lim va tarbiya tizimida muntazam tashkiliy yangiliklarni taqozo qiluvchi yangi o'quv predmetlarini kiritish orqali. Bunday vaziyatda o'qituvchilar orasida pedagogik bilim va mavqeyi oshadi, pedagoglarning kasbiy mahorati sezilarli ravishda ortadi.
- pedagoglar tomonidan yangiliklarni qo'llashga va o'zlashtirishga nisbatan yondashuvning o'zgarishi. Ta'lim -tarbiya jarayonlari qat'iy vaqt me'yorlariga rioya etish talab qilinadigan sharoitlarda pedagoglar nafaqat dastur va darsliklarni ixtiyoriy tanlash, balki o'zlarining pedagogik faoliyatlarida usul va vositalarni tanlashda ham ma'lum chegaralar mavjud edi.
Pedagogning kasbnomasida pedagogik mahorat, pedagogik tajriba, pedagogik texnologiya kabi tushunchalar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, o'quvchi-yoshlarda nutq madaniyatini shakllantirish, tafakkur kengligini rivojlantirish ham pedagogning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi
O'qituvchi-muallimlarning shaxsiy ijtimoiy sifatlariga azal-azaldan e'tibor qaratib kelingan va har bir zamon talabidan kelib chiqib, pedagogga qo'yiladigan talablar takomillashib, murakkablashib boravergan. Olib borilgan tadqiqotlar har qanday pedagog quyidagi ijtimoiy sifatlarga ega bo'lishi shart ekanini ko'rsatdi.
Birinchidan, pedagog pedagogik kasbning jamiyat hayotidagi o'rnini, uning paydo bo'lish tarixini yaxshi bilishi kerak. Chunki pedagogika tarixini o'rganish jarayonida kishi pedagogik faoliyatning insoniyat hayotidagi o'rnini, pedagogikadagi asosiy qonun-qoida va tamoyillarning shakllanish tarixini bilib oladi.
Ikkinchidan, bo'lajak pedagog intellektual faoliyatining umumiy tomonlari (tafakkur, xotira, qabul qila olishi, ko'z oldiga keltirishi, e'tibor) ni xulq-atvor madaniyati va shu jumladan pedagogikaviy aloqasini egallagan bo'lishi shart.
Uchinchidan, o'qituvchi falsafani yaxshi bilishi kerak.Chunki falsafa odamga abstrak fikr yuritishni o'rgatadi.O'qituvchi auditoriyaga kirganda, unda abstrakt tafakkur sust rivojlangan bo'lsa, o'zini yo'qotib qo'yadi.Auditoriyadagilar diqqatini o'ziga jalb qilishi uchun, kishida abstrakt tafakkur yaxshi rivojlangan bo'lishi lozim.
To'rtichidan, muayyan fan bilimlarni o'rgatuvchi pedagog yosh avlodni axloq va odobga ham o'rgatishi kerak. Zero, bunday vazifa pedagog va o'qituvchilarning burchi, hamda mas'uliyati hisoblanadi.
Beshinchidan, ta'lim-tarbiya bilan shug'ullanuvchi kishi, albatta, estetik tarbiyalangan bo'lishi shart.Estetik tarbiyaning jamiyat tarqqiyotida naqadar muhim rol o'ynashi hammaga ma'lum. Estetik tarbiya ma'naviy tarbiyaning muhim va tarkibiy qismi ekanini unutmaslik kerak[2]
Yuqoridagi ijtimoiy sifatlardan tashqari o'qituvchining kasbiy madaniyati va o'qituvchining kasbiy shakllanishi ham muhim ahamiyatga ega. O'qituvchining kasbiy madaniyati uning kasbiy faoliyat doirasidagi, uning shaxsiy sifat tavsifining mohiyati-tizimli ta'limdan iborat bo'lib, o'qituvchining kasbiy shakllanishi oliygoh dargohida kasbiy ta'lim olish jarayonida amalga oshadi.Shu bilan birga, o'qituvchining kasbiy shakllanishi o'z-o'zini tarbiyalab borishga, o'z ustida tinmay ishlashga, zamonaviy bilimlardan xabardor bo'lishga, shuningdek, o'z vaqtida malakasini oshirib borishga uzviy bog'liq.Bularning hammasi kasbiy fazilatlarning ajralmas qismi hisoblanadi.
O'qituvchining umumiy madaniyati uning ijtimoiy-ahamiyatli tavsiflarining kasbiy faoliyatda amalga oshgandagi etukligini ifodalaydi. Madaniyat shaxsning rivojlanishi, uning ruhiy kuchlari va qobiliyatlarining amaliy faoliyatida amalga oshish darajasi va xokazo. Insonning madaniy rivojlanishi-bu uning bilimlari, ishonchlari, qobiliyatlari, xulqining muxit tomonidan rivojlanish jarayonidir.
O'qituvchining kasbiy madaniyati uning kasbiy faoliyat doirasidagi, uning shaxsiy sifat tavsifining mohiyati-tizimli ta'limdan iborat. O'qituvchining pedagogik madaniyati tashkil topgan ko'rsatgichlar darajasi va asosiy tizimli komponentlariga quyidagilar kiradi:
A) intellektual rivojlanish darajasi (eng avvalo, pedagogik tafakkurning rivojlanishi);
B) pedagogik faoliyatning har tomonlama tashkil topishi va darajasi;
V) asosiy kasbiy pedagogik etika, ma'naviy harakter, va odob madaniyati;
G) o'zaro munosabat madaniyati;
D) so'zlashuv madaniyati;
E) tashqi ko'rinish madaniyati va boshqalar.
Pedagogik fikrlash madaniyatiga pedagogik taxlil va sintez qobiliyatining rivojlanishi, fikrlashdagi tanqidiy kurash, mustaqillik, kenglik, epchillik, faollik, tezlik, kuzatuvchanlikning rivojlanishi, pedagogik xotira va boshqalar kiradi.
Pedagogik fikrlash madaniyati bo'lgan o'qituvchi tafakkuri-dunyo qarashining uch bosqichini o'z ichiga oladi: birinchisi metodologik dunyo qarashdagi pedagogik ishonchlar. Metodologik tafakkur o'qituvchiga o'zining kasbiy faoliyatiga to'g'ri qaray olishiga, gumanistik strategiyani ishlab chiqishiga imkon yaratadi.
Pedagogik tafakkurning ikkinchi bosqichi-taktikaviy dunyoqarash bo'lib, u o'qituvchiga pedagogik fikrlash, pedagogik jarayonning moddiylashuviga imkon yaratadi.
Uchinchi bosqichi umumiy pedagogik qonuniyatlarni, real pedagogik faoliyatning unikal xodisasi bo'lib hisoblangan bo'lim-bo'limlarga tadbik qilishda namoyon bo'ladi.Bu tezkor fikrlashdir.
Pedagogik madaniyat tuzilmasida uning odob-axloq bo'limi muhim o'rin egallaydi. Bu pedagogik ishonch jarayonining shakllanishi, natijasi va o'qituvchining o'z qiziqishlarini ko'prok aniqlash jarayonidir. O'qituvchi, kasbiy muxitdan reloksin jarayonga, o'zining tutgan o'rnini yangilashga faol kirib borishi zarur. Pedagogik madaniyatning kasbiy faoliyatiga bog'liq tashkil etuvchisi pedagog tomonidan o'zining pedagogik qobiliyatlarining barcha spektrini bilib olganligini harakterlaydi, u esa pedagogik faoliyat muvaffaqiyatining nishonasi, pedagogik xatolarning oldini olish va nixoyat, pedagogik qobiliyat usullarini egallanganligidan iborat. Ma'naviy madaniyat etuk bilimlarning nazariy darajasi holatida shakllanuvchi axloqiy bilimni o'z ichiga oladi.Bu kasbiy pedagogik etikadan iborat.
Pedagogik aloqa qilish madaniyati suxbatdoshni eshitish va eshita olishda, savollar bera olishda, aloqani amalga oshirib boshqani tushuna olishda, muloqotning qiyin holatlarini kura olish va odamlardagi ta'sir holatini to'g'ri taxlil qila bilishda, muloqotga tayyorlanish va muloqotga bo'lgan xoxishlarda ko'rinadi[3].
Pedagog uchun eng zaruri nutq madaniyatini egallashdir.O'qituvchining nutqi kundan-kunga o'quvchilar uchun ibratli bo'lib borib ularning nutq madaniyatini shakllantirishga yordam berishi kerak.Nutqning grammatik to'g'riligi, uning leksik boyligi, yaxshi ifodalanganligi, obrazliligi, nutq texnikasini egallanganligi o'qituvchining turli xil kasbiy masalalarni sifatli echishiga imkon beradi.
Pedagogning tashqi ko'rinish madaniyati, uning tashqi kurinishga moslik darajasi va pedagogik faoliyati bilan baholanadi. Keng fikrlilik, tartibli, odobli, bosiklik va o'zini-o'zi yaxshi boshqara olish kabilar pedagogik faoliyatning muvaffaqiyatli bo'lishiga olib keladi.
Kommunikativ qobiliyat - bu pedagogik o'zaro harakat sohasida maxsus ko'rinishga ega bo'lgan muloqotga qobiliyatlilikdir.
Psixologik adabiyotlarda kommunikativ qobiliyatlarning bir qancha turlari ajratib ko'rsatiladi:
1) insonning insonni tushuna olishi (insonni shaxs sifatida, uning alohida jihatlarini, motiv va ehtiyojlarini baholash, tashqi xulq-atvorini ichki olami bilan bog'liqlikda ko'rib chiqish, yuz, qo'l, gavda harakatlarini "o'qish"ko'nikmasi)
2) insonni o'z-o'zini anglay olishi (o'z bilimi, qobiliyati, o'z xarakteri va boshqa qirralarini baholash, inson boshqalar tomonidan qay tarzda qabul qilinishi va atrofdagilar ko'zi bilan baholash);
3) muloqot vaziyatini to'g'ri baholay olish ko'nikmasi (mavjud holatni kuzatish, uning namoyon bo'lish belgilari haqida ko'proq axborotlarni ajarata olish, ularga e'tiborini qaratish, yuzaga kelayotgan vaziyatning ijtimoiy va psixologik mohiyatini to'g'ri idrok etish va baholash).
Tahlil etish gnoseologiya, psixologiyada bilish va amaliy faoliyatga doir barcha harakatlarni o'z ichiga oladi, pedagogikada esa, tadqiq qilinayotgan narsa-hodisalarning alohida tarkibiy qismlarga ajratish qonuniyat va usullarini o'zida aks ettiruvchi bilish jarayoni sifatida ifoda etiladi. O.Q.Kamenkoning fikricha, o'z-o'zini tahlil etish falsafa va psixologiyada o'z-o'zini anglash, o'z-o'zini bilish, o'z-o'zini boshqarish, o'z-o'zini baholashning tarkibiy qismi sifatida aks ettirilsa ham mustaqil kategoriya sifatida ishlatilmaydi.
Biroq o'z-o'zini anglashining shakllanishi va rivojlanishi o'z-o'zini tahlil etish asosida amalga oshishini esda tutish zarur. Chunki aynan pedagogik voqelikda o'z-o'zim tahlil etish ko'nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati ularning o'zi haqidagi tasavvurlari, qiziqishlari, motiv, ehtiyojlari tizimi sifatida tushuniladigan "Menkontseptsiyasi"ning rivojlanishiga undovchi ichki omillaming eng asosiylaridan biridir.
O'z-o'zini tahlil etish usullari quyidagilarga e'tibor qaratishni talab etadi:
1) ijtimoiylikka yo'naltirilgan o'zaro harakat vaziyatlaridan shaxsiy xulq-atvor, tarbiyalanuvchi shaxsi, uning o'ziga xosliklari, qadriyatlari tizimi kabilarni obyekt sifatida ko'rib chiqish;
2) o'z xulq-atvori, shaxsiy fazilatlarini tahlil etish mezonlari tizimini aniqlash;
3) noma'lumdan ma'lumni ajratib olish;
4) qarama-qarshiliklami aniqlash.
O'z-o'zini tahlil etish o'z-o'zini anglashdan avval kelib, aynan uning asosida shaxsning o'zi haqidagi tasavvurlari umumlashgan ko'rinishga o'tadi. O'z-o'zini anglash natijasida shaxsda o'zining kimligini anglash, o'zining jamiyatdagi o'rnini tushunib etish,boshqalaming ko'z o'ngida kim sifatida gavdalanishini his etish kabilar shakllanadi. O'z-o'zini anglash o'z-o'ziga munosabat sifatida shakllanuvchi hissiy va mantiqiy jihatlarni o'zida aks ettiradi.
Ma'lumki, o'z-o'zini anglash usullari ham mantiqiy, ham emotsional darajada o'z-o'zini tahlil etish natijasida olingan axborotlami aniqlashtirish va umlashtirishni talab etadi. Xulosa qilib aytganda, o'z-o'zini tahlil etish va o'z-o'zini anglash pedagogda o'zi va boshqalarning u haqidagi tasavvuri sifatidagi kasbiy "Men qiyofasi"ning shakllanishiga olib keladi.
Ta'lim va tarbiya jarayonida o'qituvchi tomonidan pedagogik ta'sir ko'rsatishning asosiy metodlariga quyidagilar kiradi: talab, istiqbol, rag'batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri. Talab - ta'lim va tarbiya jarayonida o'qituvchining tarbiyalanuvchiga nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo'ladi.
O'quvchining u yoki bu xatti-harakati o'qituvchi nazoratida bo'lib,ijobiy jihatlari rag'batlantirib boriladi yoki aksincha nojo'ya xatti-harakati to'xtatib qo'yiladi. Istiqbol-ta'sirchan pedagogik usul bo'lib, o'quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, ma'lum bir maqsadga, orzuga erkin intilish hissini takomillashtiradi. Bu maqsadlar ularning shaxsiy intilishlarida, qiziqish va muddaolarida namoyon bo'ladi. Ushbu usul maktab o'quvchilarini shaxs sifatida eng muhim insoniy fazilatlaridan biri bo'lgan maqsadga intiluvchanlikni rivojlantiradi.Rag'batlantirish va jazolash - tarbiyaviy ta'siming eng an'anaviy usuli bo'lib, o'quvchilar xulq-atvoriga ijobiy ta'sir etishdan iborat. Yaxshi xulq, foydali mehnat va xatti-harakat, axloqiy hislat, topshiriqlarning so'zsiz bajarilishi uchun o'quvchi rag'batlantiriladi. Nomaqbul xatti-harakat, tartibbuzarlik, o'z burchini bajarmaslik jazolash orqali bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy ta'sir ko'rsatishni ta'minlaydi, uni qo'llash jarayonida o'qituvchidan nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik va hushyorlik talab etiladi.Jamoatchilik fikri - tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishning eng muhim usuli bo'lib, o'quvchilaming ijtimoiy foydaii faoliyatini bajarilish natijalariga qarab muntazam rag'batlantirib borishda namoyon bo'ladi. Jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ma'lum bir yo'nalishda amalga oshirilishini ta'minlaydi, o'quvchilarning bir-birlariga do'stona munosabatini shakllantiradi.Muloqotning ijtimoiy-psixologik nazariyasi va pedagogik tajribalarini o'rganish pedagogik ta'sir etishda ikki metod: ishontirish va uqtirishdan keng foydalanish lozimligini ko'rsatadi.Ishontirish - o'quvchilarga xatti-harakatlaming to'g'riligi va zarurligini, shuningdek, ayrim xulq-atvorlaming noto'g'riligini tushuntirish va isbotlashdir. Ishontirish jarayonida o'quvchilarda yangi bilim, ko'nikma, malaka hamda axloqiy sifatlar shakllantiriladi. Bular esa o'quvchilar va ularning atrofidagilar uchun me'yor (mezon) bo'lib xizmat qiladi.
O'qituvchining har qanday tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishi, oqibat natijada o'quvchi ruhiyatiga har tomonlama ta'sir ko'rsatishga, ya'ni o'quvchilarda ijobiy hissiyotlarni: xulq-atvor, munosabatlar, xatti -harakatlarni shakllantirish va mustahkamlashga yo'nalgan bo'ladi. Lekin ishontirish va uqtirishning texnologik mexanizmlari turlichadir.O'sib borayotgan yoshlar ijtimoiy muhit va tabiat bilan ham o'zaro ta'sirlanadilar. Bu o'zaro ta'sir natijasida ularda ishonch, yangi bilimlar va munosabatlar, axloqiy me'yorlar majmui vujudga keladi.
Ishontirish haqiqiy va soxta bo'lishi mumkin. Haqiqiy ishonch real voqelikka mos keladi va shaxsning jamiyat oldidagi qadr-qimmatini oshiradi. O'zining haqiqiy ishonchiga sodiq bo'lishi uchun kishi hatto o'limiga ham rozi bo'ladi.Masalan,Vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalangan askarlarimizning jang maydonida ko'rsatgan matonatlari.Soxta ishonch esa, avvalo sinf jamoasi, qolaversa, jamiyat uchun zararli bo'lgan odatlaming shakllanishiga olib keladi. Soxta ishonch o'quvchilaming o'zi va atrofidagilar ta'sinning umumlashuvi natijasida vujudga keladi. Ayrim o'quvchilarda soxta ishonch hosil bo'lishining sabablari quyidagilar boiishi mumkin:
1) faqat a'lo bahoga o'qish - bu bilim olishda ko'r-ko'ronalik, quruq yodlashga olib boradi;
2) o'zini o'ta itoatkorona tutish - bu o'quvchi faoliyatini nihoyatda past bo'lishiga olib keladi. Me'yordagi o'quvchi o'qituvchidan ba'zan tanbeh olib turishi kerak;
3) o'qituvchini aldash-bu o'quvchini o'ta aqlli va topqirligidan dalolat beradi;
4) maktab ichki tartib-qoidasini buzish faqat kuchli xarakterga ega bo'lgan o'quvchigagina xos bo'lib, u o'qituvchi tomonidan tanqid qilib turiladi;
5) haddan tashqari ko'p mehnat qilish - bu kerak bo'lmagan tirishqoqlikdir.
Yuqorida keltirilgan ishonchning bunday turi o'quvchida shakllanib, asta-sekin boqimandalik, o'qish va mehnat faoliyatida sustkashlik kayfiyatini sodir qiladi.
Soxta ishonchni bartaraf qilish uchun O'qituvchi quyidagi uch yo'nalishda ish olib borishi kerak:
1. Sinf jamoasida sog'lom ijtimoiy fikrni shakllantirish.
2. Muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy hayotiy tajriba yaratish.
3. Soxta ishonchni asosiy tarzda inkor qilish.
Soxta ishonchni o'zgartirishning quyidagi usullari mavjud:
1) o'quvchini o'zini boshqalar bilan taqqoslashga undash.
Uning fikriga qarama-qarshi fikrda bo'lgan kishi bilan yaqindan tanishish (masalan, bola o'qishni xohlamaydi, lekin uning tanish o'rtog'i ko'p o'qiydi va biladi, ammo o'zining"quruq yodlovchi" yoki "o'ta bilimdon" qilib ko'rsatmaydi);
2) noto'g'ri qarashlar va ishonch oqibatda nimalarga olib kelishini ko'rsatish (masalan, ana shunday xislatlarga ega bo'lib, o'z hayotini barbod qilgan, o'z erki, g'ururi va vijdonini yo'qotgan kishilar haqida so'zlab berish. Buning uchun hayotiy misollar, badiiy asarlar, kinofilmlar va boshqalardan foydalanish mumkin);
3) soxta ishonchni yoqlab, himoya qiluvchi o'quvchi fikrini mantiqiy rivojlantirib, uni hayratga soluvchi holatga yetkazish.
Masalan, barcha o'quvchilar o'qituvchilami aldash, ichki tartib-qoidalarga rioya qilmaslik nimalarga olib borishi mumkin).Ishontirishning biron tashkil etuvchisiga amal qilmaslik ham tarbiyaviy ish samaradorligini pasaytirib yuboradi.Bunday holatda o'quvchida faqat bilish shakllangan xolos.Inson o'zini qanday tutishi lozimligini bilishi, aynan shunday tutishi lozimligini tushunishi, lekin o'zini bunga majbur qilolmasligi mumkin.
Demak, bu uning irodaviy sifatlari rivojlanmaganligini, xulq-atvor qoidalariga amal qilish malakasi tarkib topmaganligini anglatadi.
Ishontirish bilimlar, qarashlar va xulq-atvor me'yorlari tizimi bo'lib qolmay. balki ularni shakllantirish usullari hamdir. Ishontirish yordamida yangi qarashlar munosabatlar shakllanadi yoki noto'g'ri fikrlar o'zgaradi.O'quvchilarga pedogogik ta'sir ko'rsatishda o'qituvchi amal qiladigan qoidalar: -tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi -tarbiyaning hayotiy faoliyat bilan bog'liq hodisa ekanligi -shaxsni jamoada tarbiyalanishida o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olish;
-tarbiyalanuvchi shaxsga nisbatan talabchan bo'lish va uning shaxsini hurmat qilish;
-tarbiyalanuvchining yosh va o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi;
-tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishini ta'minlash. O'qituvchi tarbiyalanuvchilarning o'zaro tarbiyaviy ta'sirga ega ekanliklarini, ularning o'zaro kommunikativ munosabatlari hamda faoliyatlari o'rtasidagi bog'lanishning mavjudligi, uning samaradorligini belgilashini unutmasligi shart. O'qituvchi sinf jamoasiga va alohida tarbiyalanuvchiga pedagogik ta'sir ko'rsatishida muvaffaqiyatlarga erishishi uchun, o'quvchilar orasida o'zaro pedagogik munosabatlar tizimini oqilona rejalashtirishi va psixologik muhitni ijobiy tomonga o'zgartirishi lozim. To'g'ri tashkil etilgan va har jihatdan mukammal bo'lgan, yosh avlodning qalbi va ongini asrashga, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik munosabatlar tizimini tashkil etish uchun o'qituvchi har bir o'quvchi ruhiyatini chuqur bilib olishi, ularning ichki imkoniyatlaridan xabardor bo'lishi, axborot berishi, fikr almashishi, ular qayg'usini, tuyg'ularini tushunishi va hamdard bo'lishi zarur. Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o'qituvchi:
- o'quvchilar bilan bo'lajak munosabatni modellashtira olishi; -munosabatda bo'ladigan sinfjamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi; -bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o'rnatish;
- munosabatda ustunlikka ega bo'lib, uni demokratik talablar asosida oqilona boshqarish;
Nazorat uchun savollar:
1. O’qituvchining umumiy va kasbiy madaniyati.
2. O’qituvchi shaxsining kasbiy va pedagogik yo’nalishi.
3. O’qituvchining kommunikativ faoliyati.
Yüklə 33,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin