3-mavzu: O’qituvchining tarbiyachi sifatidagi mahorati


Bilimlarni tekshirish (nazorat) darsida



Yüklə 88,68 Kb.
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü88,68 Kb.
#168579
1   2   3   4   5   6   7
3-M

Bilimlarni tekshirish (nazorat) darsida o‘qituvchi o‘quvchilarning fanlar yuzasidan o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirish, ko‘nikma va mala-kalarning shakllanganlik darajasini, o‘quv materiallarining o‘zlashti-rishdagi kamchiliklarini aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarni bajarish yo‘llarini belgilab olishiga yordam beradi.
Yuqorida ifodalangan dars turlarning samaradorligiga erishish o‘qi-tuvchining pedagogik mahoratiga, pedagogik-psixologik metodlarni ta’-lim jarayonida qo‘llay olish tajribasiga bog‘liq. Darslarning majburiy ele-menti tashkiliy va yakuniy bosqich hisoblanadi. Tashkiliy bosqich maq-sadlarni qo‘yish va ularni o‘quvchilar tomonidan qabul qilish sharoit-larini ta’minlash, bilimlarni idrok etish, anglash, eslab qolish yuzasidan beriladigan ko‘rsatmalarni shakllantirish ko‘zda tutiladi. Darsga yakun yasash bosqichida maqsadlarga erishish qayd etiladi. Shu bilan birga, o‘qituvchi yangi, zamonaviy, odatdan tashqari ta’lim berishning dars–ma’ruza, dars–seminar, dars–munozara, dars–konferensiya, dars–sayohat, dars–musobaqa, mustaqil ish darslari kabi noan’anaviy ta’lim metod-laridan ham foydalanishi mumkin.
O‘qituvchi o‘z tajribalaridan va kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olib ta’lim jarayo-nining quyidagi kombinatsiyalariga alohida e’tibor berishi lozim:
- integral fanlarning ilg‘or yutuqlari, kompyuter, pedagogik texno-logiyalar va axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, darsni hozirgi zamon o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;
- darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;
- o‘quvchilarning qiziqishlari, iqtidori va talablarini e’tiborga olgan holda, ular tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
- o‘quvchilarda fanlarning o‘zaro aloqadorligi asosida bilishga qiziqi-shni rivojlantirish;
- o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarga, shuningdek, ular ongi va tafakkurini rivojlantirish darajasiga tayanish;
- o‘quvchining o‘zi qiziqqan, orzu qilgan kasbi bo‘yicha mahoratini har tomonlama shakllantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;
- o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning barcha bosqichlarida mantiqiylik va emotsionallikni ta’minlash;
- pedagogik texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan o‘z o‘rnida samarali foydalanishni bilish;
- zarur bilim, ko‘nikma va malakalar, fikrlash va faoliyatning ratsional usullarini shakllantirish;
- mavjud bilimlarni dunyoviy bilimlar bilan doimo boyitib borish va o‘z ehtiyoji darajasida foydalanish;
- har bir darsni yuksak mahorat bilan puxta loyihalashtirish, reja-lashtirish, tashxislash va taxmin qilish.
O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rar ekan, asosiy maqsadga erishish uchun ta’lim jarayonining quyidagi talablaridan foydalanib, o‘z imko-niyatlariga erishishi lozim:
- ta’limiy;
- tarbiyaviy;
- rivojlantiruvchi.

Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin