3-Mavzu: O‘rnatilgan tizim qurilmalarini boshqarish ob’ekti bilan ulash vositalari Reja O‘rnatilgan tizim qurilmalarini boshqarish ob’ekti bilan ulash vositalari,
Boshqaruv tizimlari tashkillashtirish usullari
Zamonaviy boshqaruv tizimlari murakkab tuzilishga ega va ko‘plab tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Ularning tarkibiy qismlarini hisobga olgan holda turli guruhlarga ajratilib o‘rganiladi. Boshqaruv tizimining har bir elementi alohida biri tizimni tashkil qiladi va barcha elementlari murakkab boshqaruv tizimini namoyon etadi. Shu sababli, dastlab tizimga to‘xtalamiz.
Tizim – bu ko‘plab elementlar va qurilmalardan tashkil topgan, maʼlum bir vazifani bajarishga mo‘ljallangan yaxlit kompleks hisoblanadi.
Boshqaruv tizimi – bu biror bir obyektni boshqarish va uning ichki holatlarini nazorat qilish uchun xizmat qiluvchi qurilma yoki qurilmalar to‘plami hisoblanadi. Zamonaviy boshqaruv tizimlari kommunikatsion texnologiyalar bazasida ishlab chiqiladi va masofaviy boshqaruv tizimlari deyiladi. Zamonaviy boshqaruv tizimlarining asosini o‘rnatilgan tizimlar, mikrokontroller tizimlari, mikroprotsessor tizimlari va zamonaviy avtomatlashtirilgan kommunikatsion tizimlar tashkil qiladi.
Boshqaruv tizimlarining umumlashgan tuzilishi sxemasi quyidagicha tasvirlanadi (3.1-rasm).
3.1-rasm. Boshqaruv tizimining umumlashgan tuzilish sxemasi Boshqariluvchi obyektning tuzilish xususiyatlariga va ishchi holatlariga bog‘liq ravishda boshqaruv tizimi loyihalashtiriladi va boshqarish tizimi ishlab chiqiladi.
Ko‘plab adabiyotlarda boshqaruv tizimlari quyidagicha sinflanadi:
Ko‘p kanalli boshqaruv tizimlari. Vazifasi obyektlarni boshqarish, nazorat qilish uchun bir vaqtda ikki tomonlama aloqa kanallarini tashkil qilish orqali amalga oshiriladi.
Adaptiv/moslashuvchan boshqaruv tizimlari – ushbu boshqaruv tizimlarida obyektni ishlatish vaqtida unga tashqi taʼsirlar taʼsir qilganda obyekt holatining o‘zgarishi yuz bersa, ushbu o‘zgarishlarga moslashuvchan boshqaruv usullari qo‘llaniladi.