3-Mavzu: O‘rnatilgan tizim qurilmalarini boshqarish ob’ekti bilan ulash vositalari Reja



Yüklə 50,05 Kb.
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü50,05 Kb.
#164588
1   2   3
Intellektual boshqaruv tizimlari – obyektda bo‘ladigan holatlarini e’htimoliy hisobga olgan holda mantiqiy hisob – kitoblarni amalga oshirgan holda, intellektual hisoblash tizimlaridan foydalangan holda boshqarishni amalga oshiradi.

Boshqaruv tizimlari tashkillashtirish usullari bo‘yicha quyidagi ikki turga bo‘linadi:
1. Teskari aloqali boshqaruv tizimlari;
2. Teskari aloqasiz boshqaruv tizimlari.
Boshqaruv tizimlarini tashkillashtirishda markazlashgan, iyerarxik, markazlashtirilmagan ko‘rinishda tashkillashtiriladi.
Markazlashgan boshqaruv tizimlarida boshqarish yagona boshqaruv markazidan amalga oshiriladi. Barcha boshqariluvchi obyektlar yagona boshqaruv markaziga ulangan bo‘ladi va yagona tizim yordamida nazorat qilinadi.
Ierarxik boshqaruv tizimlari maʼlum bir pog‘onali tuzilishga ega bo‘lgan holda bosqichma – bosqich obyektlarni boshqarishni taʼminlaydi. Ierarxiyaning yuqori qismida yagona boshqaruv markazi bo‘ladi, pastki qismida esa lokal boshqaruv markazlari tashkillashtiriladi.
Markazlashmagan boshqaruv tizimlari bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan boshqaruv tizimlari hisoblanadi. Bularda boshqaruv boshqariluvchi obyektlar xususiyatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Har bir boshqaruv tizimi o‘ziga biriktirilgan vazifalarni bajarishga javob beradi.
Boshqaruv tizimlarida va ularni loyihalashtirishda aloqa tizimlaridan foydalanish bugungi kunda yer yuzidagi barcha obyektlarni telekommunikatsiya tarmoqlari orqali monitoring qilish imkonini beradi.
Uzoq masofadan monitoring qilish uchun GPS, GSM va boshqa global aloqa tizimlari, yaqin masofadan aloqa qilish uchun WI-Fi, ZeegBee, Bluetooth kabi aloqa texnologiyalari keng qo‘llaniladi.
3.2-rasm. Kommunikatsion boshqaruv tizimi
Masofadan boshqarish tizimlari uchun har bir obyektga kommunikatsion tizim o‘rnatiladi. Ushbu kommunikatsion tizim bugungi kunda boshqaruv jarayonini yanada optimallashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, zamonaviy boshqaruv tizimlarining asosini mikrokontroller tizimlari, mikroprotsessor tizimlari va zamonaviy kommunikatsiya tizimlari tashkil etadi.
O‘rnatilgan tizimlarining boshqaruv tizimlarida qo‘llashning asosiy afzalliklari:
Ko‘p funksiyalilik – MP boshqaruv komandalari soniga bog‘liq ravishda, dasturlanuvchi xotiraning hajmiga bog‘liq ravishda va aloqa interfeyslarining turlariga bog‘liq ravishda bir vaqtda ko‘plab boshqaruv funksiyalarini bajarish mumkin;
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin