3-mavzu. Prokariotlarning morfologiyasi va hujayra tuzilishi
Reja.
1. Bakteriyalar o’lchamlari va morfologiyasi.
2. Prokariot hujayralar tuzilishi. Bakteriya hujayrasining struktura asoslari.
Hujayra devori, tuzilishi, tavsifi va kimyoviy tarkibi. Gram musbat va gram
manfiy bakteriyalar hujayra devori, tarkibi va farqlari. L-shaklli
bakteriyalarning hosil bo’lishi, mikoplazmalar.
3. Arxibakteriyalarning hujayra devori, sitoplazmatik membrana, uning ba’zi
xususiyatlari va kimyoviy tarkibi. Sitoplazmatik membrana funktsiyasining
xilma- xilligi.
4. Mezosomalar. Sitoplazma. Bakteriyalarning nukleoid, tarkibi,
tuzilishining
o’ziga
xosligi, funktsiyasi. Plazmidalar.
Bakteriya
hujayrasining qo’shilmalari, kimyoviy tarkibi va ahamiyati.
5. Bakteriya endosporalari, spora hosil bo’lish jarayoni va sporaning vegetativ
hujayradan asosiy farqlari. Odam, hayvon va hasharotlarda kasallik
qo’zg’atuvchi ba’zi bir patogen batsillalar va ular paydo qiladigan
kasalliklarning tavsifi, profilaktikasi va davolash.
6. Kapsula va shilliq qavat. Kimyoviy tarkibi va funktsiyalari.
7. Bakteriyalarning harakati, xivchinlari. Joylanishi, tashkil topishi, kimyoviy
tarkibi. Fimbriy va pililar va ularning funksiyalari.
Bir hujayrali va ko‘p hujayrali organizmlar orasida o‘xshashlik mavjud,
chunki bir hujayrali organizmlarda organlar vazifasini hujayra organoidlari
bajaradi. Masalan, bakteriyalarning harakatlanish
organlari
hivchinlaridir,
yuksak o‘simliklarning mitoxondriylari vazifalarini bakteriyalarning sitoplazmatik
membranalari (mezosomalar) bajaradi va h..
Bakteriyalar er yuzida yashaydigan organizmlar ichida eng maydasi bo‘lsa,
mikoplazmalar, rikketsiyalar, viruslar va bakteriofaglar bulardan ham maydadir.
Ko‘pchilik mayda sharsimon bakteriyalar hujayrasining diametri 0,1mkm,
tayoqchasimon bakteriyalarniki 0,5 mkm, uzunligi esa 2 - 3 mkm (ba’zan 30
mkm), gigantlariningeni 5 -10 mkm, bo‘yi 30 – 100 mkm bo‘ladi (1-jadval).
Dostları ilə paylaş: |