3-mavzu. Prokariotlarning morfologiyasi va hujayra tuzilishi Reja



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix28.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#90739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
portal.guldu.uz-Mikrobiologiya va virusologiya

uglerod granulalari 
(SHlegel,1972) 
YAdro apparati sodda (diffuz holda) bo‘lgan mikroorganizmlar prokariotlar 
deyiladi. Prokariot hujayralarda yadro bilan sitoplazma orasida aniq chegara yo‘q, 
yadro membranasi bo‘lmaydi. Ularda DNK maxsus strukturaga ega emas. SHuning 
uchun prokariotlarda mitoz va meyoz jarayonlari amalga oshmaydi. Ribosomalari 
esa 70 S ni tashkil qiladi. Mitoxondriya va xloroplastlarga ega emas. Mitoxondriy 
vazifasini mezosomalar (sitoplazmatik membranadan hosil bo‘lgan struktura) 
bajaradi. 
2-jadval 
Prokariot va eukariot organizmlar belgilarini o‘zaro taqqoslash 
 
Belgilar 
Prokariotlar 
Eukariotlar 
YAdro
Mitoz 
yo‘li 
bilan 
bo‘linadi, 
yadro 
membranasi yo‘q 
Mitoz 
yo‘li 
bilan 
bo‘linadi 
yadrosi 
membrana bilan o‘ralgan 
DNK ning holati 
Gistonlar 
bilan 
bog‘lanmagan 
alohida 
Gistonlar 
bilan 
bog‘langan 
holda 


molekulalar 
xromosomalarda 
joylashagan 
Nafas olish sistemasi 
Membranalar 
yoki 
mezosomalar nafas olish 
sistemalari. 
Mitoxondriyalar 
uchramaydi. 
Mitoxondriyalar mavjud, 
nafas olish sistemalari 
membranalar 
bilan 
o‘ralgan organellalar 
Ribosomalarning kattaligi 70S 
80S 
Hujayra po‘sti 
Ximiyaviy 
tarkibida 
peptidoglikanlar 
kompleksi bor 
Hujayra po‘sti organik va 
anorganik 
moddalardan 
tuzilgan. 
Xivchinlar
Bir 
yoki 
bir 
necha 
fibrillalardan 
tashkil 
topgan juda noziq va 
mayda 
20 ta fibrilladan tashqil 
topgan: 
ular 
2x9x2 
holatidagi 
guruhlarda 
to‘plangan 
Vakuolasi
Kamdan-kam uchraydi 
Doim uchraydi 
Hujayralarning 
quruq 
moddasi 
10
-15
-10
-11

10
-11
-10
-7
g
Antibiotiklarning ta’siri 
Pensillinga sezgir yoki 
ta’sirchan 
Pensillinga sezgir emas, 
ta’sirchan emas 
YUqori 
temperaturaga 
chidamliligi 
(vegetativ 
hujayrasi) 
75-90
0

40-60
0

Gamma 
nurlariga 
chidamliligi 
CHidamliligi yuqori 
CHidamliligi past 
Anaerobioz
Fakultativ va obligat 
Fakultativ 
Fotosintez jarayoni 
Bakterioxlorofill 
pigmenti, qaytaruvchiliar: 
H
2

va 

boshqa 
birikmalari, 
organik 
moddalar 
Xlorofill a, v, s, d yoki e, 
kislorod 
ajraladi, 
qaytaruvchi – H
2

Jinsiy jarayoni 
Meyoz uchramaydi, ba’zi 
fragmentlari uchraydi va 
irsiy 
informatsiyaning 
ma’lum bir qismi o‘tadi
Jinsiy protsess sistematik 
holda uchraydi, meyoz 
mavjud va xromosomalar 
hamma 
irsiy 
xususiyatlarni o‘tkazadi 
Xromosomalar soni 
Bitta xromosoma 
Birdan 
ortiq 
xromosomalar 
Xromosomalar tarkibi 
DNK 
DNK va oqsil 
Xromosomalar soni 
Gaploid
Gaploid yoki diploid 
Sitoplazmatik DNK 
Plazmidalar va episomalar 
(membrana 
bilan 
o‘ralmagan) 
Mitoxondriyalar, 
xloroplastlar, sentriolalar, 
Golji 
apparati, 
kinetosomalar 
(bazal 


tanachalari) 
Gametalar
Organizmning o‘zi 
Organizmning o‘zi yoki 
meyozning 
maxsus 
mahsulotlari 
DNK 
konsentratsiyasi 
grammlarda 
gaploid 
yadroga nisbatan 
4,3 
.
10
-15 
1,5 

10
-12 
 
Bakteriyalarning shakllari. Tashqi ko‘rinishiga qarab ular uch guruhga 
bo‘linadi: sharsimonlar - kokklar, tayoqchasimonlar - bakteriyalar va batsillalar
spiralsimonlar - vibrionlar, spirillalar va spiroxetalar.
SHarsimon bakteriyalar kokklar (kokkus - lotincha don) deyiladi. Ular sferasimon, 
ellipssimon, no‘xotsimon va boshqa ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bakteriya 
hujayralarining bir - biriga nisbatan joylanishiga qarab, har xil nomlanadi. 
SHarsimon bakteriyalar hujayrasi bo‘linib, ayrim joylashsa ular monokokklar, 
hujayra bo‘linishi natijasida har xil uzum boshi kabi to‘plamlar hosil qilsa - 
stafilokokklar deyiladi. Bakteriyalar bo‘lingandan so‘ng ikkitadan bo‘lib 
joylashganlari - diplokokklar, bo‘linishi natijasida uzun zanjir hosil qilsa - 
streptokokklar, to‘rttadan bo‘lib joylashsa - tetrakokklar, kub yoki paket shaklida 
joylashsa - sarsinalar deb ataladi. 
Bakteriyalar tayoqchasimon (silindrsimon) yoki egilgan vergulsimon 
shakllarda ham bo‘ladi. Tayoqchasimon bakteriyalar uzunligi, katta - kichikligi
ko‘ndalang kesimi, hujayra uchining ko‘rinishi, hujayralarining o‘zaro 
joylanishlari bilan farqlanadi. Hujayra uchlari to‘g‘ri kesilgan, oval yoki 
o‘tkirlashgan bo‘lishi mumkin. Bakteriyalar ayrim yoki yakka-yakka tayoqchalar, 
ikkitadan 
joylashgan 
diplobakteriyalar, 
spora xosil qiluvchilari bo‘lsa 
diplobatsillar, zanjir hosil qiluvchilarini esa streptobakteriyalar (streptobatsilla ) 
deyiladi (4- rasm ). 
Ba’zan buralgan yoki spiralsimon yoki parmasimon buralgan (spiroxeta) 
ko‘rinishga egalari ham uchraydi, ular spirillalar (spira - lotincha buralgan). 
Spirillalarni burilishga ega bo‘ladigan kalta egilganlari vibrionlar (vibrio - lotincha 
qayrilaman) deb ataladi (4 va 5 rasmlar). 
Bakteriyalarning ipsimon shakllari, ko‘p hujayralilari ham bo‘lib, 
hujayraning tashqi tomoni har xil o‘simtalar hosil qiladi. Ularning uchburchak, 
yulduzsimon, ochiq yoki yopiq xalqa, chuvalchangsimon va boshqa shakllari ham 
uchraydi (4 va 5 rasmlar). 
Agar bakteriya hujayrasi (sof kulturasi bir turdagi bakteriya indvidlarining 
(osoblarining) yig‘indisi) qattiq oziqa muhitiga ekilsa bir necha soatdan so‘ng ular 
ko‘payib oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan koloniya (bakteriya hujayralari 
to‘plami) hosil qiladi. Koloniyalar ko‘rinishi, ranggi va boshqa hususiyatlari bilan 
bakteriya turiga bog‘liq bo‘lib, har bir bakteriya turi uchun o‘ziga xos - 
spetsifiklikka ega bo‘ladi. 
Bakteriya hujayrasidagi organellalar alohida membranalar bilan o‘ralmagan. 
Bakteriyalarning sitoplazmatik membranasi hujayrani ichiga tomon botib kirgan 
(mezosoma) bo‘lib ularda fermentlar joylashgan. Fotosintezni amalga oshiruvchi 


sianobakteriyalarda 
pigmentlari 
ichki 
membranalarda, 
ba’zilarida 
esa 
xromotoforlar shaklida, ya’ni alohida tanachalar holida bo‘ladi. Ko‘pchilik 
bakteriyalarning hujayra po‘stida peptidoglikan (murein) uchraydi. 
Bakteriyalarda polimorfizm hodisasi, ya’ni ko‘p shaklli holat mavjud, tashqi 
muhitning o‘zgarishi natijasida vibrionlar ipsimon yoki sharsimon shaklga, 
tayoqchasimonlar shar shakliga o‘tishi mumkin. 
Mikoplazmalar odamda va boshqa umurtqalilar orasida keng tarqalgan. 
Mikoplazmalarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin