3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja


Zaruriyat va tasodif dialektik aloqadorligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi



Yüklə 185,82 Kb.
səhifə31/35
tarix19.10.2023
ölçüsü185,82 Kb.
#157345
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja-hozir

Zaruriyat va tasodif dialektik aloqadorligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi
.
Ichki va tashqi narsalar tushunchalari nisbatdosh ekanligini e’tiborga olish
muhimdir. Bir jihatdan ichki bo‘lgan narsa boshqa bir jihatdan tashqi xususiyat
kasb etadi. Masalan, sayyoralarning Quyosh sistemasi orbitalari bo‘ylab harakati
bu sayyoralarni o‘zaro bog‘lovchi va ular aylanayotgan orbitalar shaklini
belgilovchi ichki munosabatlar bilan belgilanadi. Quyosh sistemasiga nisbatan
boshqa kosmik ob’ektlar tashqi muhitni tashkil etadi. Ammo Quyosh sistemasi
galaktika elementi bo‘lib, yulduzlararo makonda muayyan o‘rin egallaydi. Shu
sababli ayni shu ob’ektlar Quyosh sistemasi sayyoralari evolyusiyasining ham,
ularga yaqin kosmik jismlar evolyusiyasining ham ichki manbai hisoblanadi. Shu
boisdan zaruriyat va tasodif tushunchalari ham nisbatdoshdir: bir jihatdan tasodifiy
bo‘lgan narsa boshqa bir jihatdan zaruriy hisoblanadi.
Zaruriyat va tasodif qarama-qarshiliklar bo‘lsa-da, lekin ular birdir. Har qanday
hodisa ichki zaruriyat tufayli yuz beradi, ammo uning yuz berishi ko‘p sonli tashqi
omillar bilan bog‘liq bo‘lgani bois, zaruriyatni tasodif muqarrar tarzda to‘ldiradi.
Bu zaruriyat ham, tasodif ham sof holda mavjud bo‘lmasligini anglatadi. Tasodif –
zaruriyatning namoyon bo‘lish shaklidir. Zaruriyat, sabab, qonunni kashf etish –
ahamiyatsiz, tasodifiy narsalarni mavhumlashtirish demakdir.



Bir qarashda zaruriyat sababiyatga zid bo‘lib tuyuladi. Bu ziddiyat yo tasodifiy


hodisa sababga ega emasligi bilan, yo tasodifiy hodisalar umuman bo‘lmasligi
bilan izohlanishi mumkin. Amalda har qanday, shu jumladan tasodifiy hodisa ham
muayyan sababga ega bo‘ladi. XVII-XVIII asrlarda zaruriyat va tasodif talqinida
tabiatda tasodif mavjud emas, degan tasavvur hukm surgan. Ingliz faylasufi
T.Gobbs: «Ertaga yog‘adigan yomg‘ir zarur, ya’ni zaruriy sabablar bilan
belgilangan; lekin biz unga tasodifiy deb qaraymiz va uni shunday ataymiz, zero
amalda mavjud sabablarni hali bilmaymiz. Umuman olganda, zaruriy sababini biz
ko‘ra olmaydigan narsa tasodifiy deb ataladi»
13
, deb qayd etgan. Shunga o‘xshash
fikrni Golbax ham ilgari suradi: «Tabiatda biron-bir hodisa tasodifan yuz berishi
mumkin emas; hamma narsa muayyan qonunlarga bo‘ysunadi; bu qonunlar faqat
muayyan oqibatlarning sabablar bilan zaruriy aloqasi hisoblanadi... Atomlarning
tasodifiy birikishi haqida gapirish yoki ayrim oqibatlarni tasodif bilan bog‘lash
jismlarning harakatlanishi, uchrashishi, birikishi yoki ajralishi qonunlarini
bilmaslikni tan olish demakdir»
14
. Ko‘rib turganimizdek, tasodif sababi noma’lum
bo‘lgan zaruriyat sifatida talqin qilingan.
Sababi aniqlangani zahoti tasodif 
zaruriyat sifatida namoyon bo‘ladi. Bu – mexanistik materializm talqini. 
Tasodif
ilmiy nazariyalardan quvg‘in qilingan, u ikkinchi darajali, yordamchi, ahamiyatsiz
omil deb hisoblangan. Tasodifning inkor etilishidan dunyoda hamma narsa zarur,
degan xulosa kelib chiqadi. Mazkur yondashuvning tadrijiy oqibati o‘laroq
fatalizm yuzaga keladi: nimaiki yuz bermasin, hatto ahamiyatsiz voqealar ham
zarur, muqarrar bo‘lib, sabab-oqibat aloqalarining cheksiz zanjiridagi ajralmas
bo‘g‘in hisoblanadi. Fatalistik tasavvur har qanday voqeani muqarrar deb biladi.
XIX asr boshidagina zaruriyat va tasodifning aloqasi Gegel dialektikasida ko‘rsatib
berildi.

Yüklə 185,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin