Bo'ri va qo’zichoq Mo’g’il xalq ertagi



Yüklə 9,34 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.01.2024
ölçüsü9,34 Kb.
#210764
2-topshiriq



Bo'ri va qo’zichoq
 
 
Mo’g’il xalq ertagi 
Barra o'tlarni chimdib yurgan qo'zichoq kunlarning birida otardan adashib 
qolganini sezmabdi. U tog' irmog'iga kelib qolibdi. Irmoqdagi suv toza va tiniq edi. 
Qo'zichoq endi suv ichmoqchi bo'lgan ekan, ro'parasida bo'ri paydo boiibdi. 
Bo‘ri shu qadar och ekanki, qo'zichoqni ko'rgan zahoti janjal chiqarishga va uni 
yeyishga qaror qilibdi. Uning ko'zlari yonib ketibdi va g'azab bilan bo'kiribdi: 
-Ey, sen! Nega men ichmoqchi bo'lgan suvni loyqalatasan?!- debdi. 
-Men uni hech ham loyqalatganim yo'q, - e'tiroz bildiribdi qo'zichoq.
- U axir yuqoridan pastga qarab oqayotir. Sen yuqorida, men esa pastdaman. 
Mening gunohim nimada? 
Qo'zichoq bo'ridan qo'rqmabdi. Buni ko'rgan bo'ri qo'zichoqni boshqa 
numadadir ayblamoqqa qaror qilibdi va debdi: 
-Yaxshi, balkim sen aybdor emasdirsan. Men eshitdim, o'tgan yili sen men 
haqimda yomon so'zlar aytgan ekansan. Men seni ko'p izladim. Mana endi qolga 
tushding! 
-Tingla, bo'ri, men seni o'tgan yili qanday qilib haqorat qila olishim mumkin edi? 
Men axir, yaqindagina tug'ildim-ku! 
Bo'ri shu qadar och ekanki, qo'zichoqni yeyishni istaganidan og'zidan so'lagi 
oqib ketibdi. U g'azab bilan hayqiribdi: 
-Sen o'shanda tug'ilganmisan yoki yo'qmi, bu bilan ishim yo'q! Balki sening 
otang meni haqorat qilgandir, lekin baribir sen gunohkor- san! Men esa seni yeyman! 
Bo'ri qo'zichoqqa tashlanibdi va uni yerga yiqitibdi. Bo'rining changalidan 
qutulishga kuchi yetmagan qo'zichoq yalinibdi: 
-Otam senga nima yomonlik qilganini bilmayman. Menga rahm qil! 
-Men ham bilmayman, sening otang va sen nima yomonlik qilding. Lekin shuni 
bilamanki, sening go'shting juda mazali va yumshoq. Sening aybing 
shunda! Shuning uchun seni yeyishim kerak! - deb bo'kiribdi bo'ri. 
Odamlar o'rtasida ham shunday bo'ladi: yaxshi kishi hech qachon 
yomon kishidan muruvvat kutolmaydi. 
Hurmatli talaba, ushbu diktantni husnixat qoidalariga rioya qilgan holda
12 varoqli daftarga yozib topshirishingiz kerak
!
Eslatma: Hurmatli talabalar, sizlarga berilgan amaliy topshiriqqa oid ushbu 
topshiriqni hisnixat qoidalariga asoslangan holda PDF (formatda) topshiring!

Yüklə 9,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin