3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja



Yüklə 185,82 Kb.
səhifə4/35
tarix19.10.2023
ölçüsü185,82 Kb.
#157345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja-hozir

Ziddiyatlar
narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini istisno 
etish va bir-biriga o‘tish munosabatlaridir
. Ziddiyatlar borliqning barcha
hodisalari va jarayonlariga xos bo‘lib, o‘zgarish va rivojlanishning manbai,
harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. Ayni shu sababli ziddiyat dialektik
ziddiyatlilik qonunining mohiyatini yoritib beruvchi bosh kategoriya hisoblanadi.
Ziddiyat – bu qarama-qarshiliklar munosabatigina emas, balki ularning tarqalish
jarayoni hamdir. Shu tufayli ham, Gegel g‘oyalariga asoslanib, ziddiyat
tarqalishining quyidagi bosqichlari (fazalari) farqlanadi: ayniyat, tafovut, qarama-
qarshilik, ziddiyat va asos (ya’ni ziddiyatning echilishi).
Dialektik ziddiyat
bir-birini istisno etuvchi qarama-qarshiliklarning bilvosita 
birligidir
.
Qarama-qarshiliklar – ziddiyatlarning negizi, bog‘lovchi bo‘g‘inlar esa 
ularni echish mexanizmidir
. Quyidagi faktlar bog‘lovchi bo‘g‘inlar roli va
qarama-qarshiliklar
tushunchasiga
misol
bo‘lishi mumkin: Irsiyat va
o‘zgaruvchanlik qutblarida nafaqat organizmning avvalgi holati, balki
o‘zlashtirilgan yangi belgilari ham saqlanishini ta’minlovchi genetik kod
bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda jamiyatning o‘ta boy va o‘ta
qashshoq qatlamlari qarama-qarshiliklari o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini
o‘rta sinf bajaradi. O‘rta sinf mamlakat aholisining aksariyat qismini tashkil etishi
lozimligi, aks holda jamiyat holati doimo beqaror bo‘lishini Aristotel qadim
zamonlardayoq qayd etgan edi. Zero, mayda mulkdorlar olgan daromadining bir
qismini o‘z ishini rivojlantirishga yo‘naltiradi, bozor kon’yunkturasini o‘rganadi va
unga juda tez moslashadi, bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan boyitadi. Yana
bir misol – shaxs va jamiyat munosabatlari. Ma’lumki, shaxs va jamiyat qarama-
qarshiliklar hisoblanadi, shaxs a’zo bo‘lgan ijtimoiy guruhlar ularning o‘rtasida
bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida amal qiladi. Bu va boshqa dalillar bilishda ichki
qarama-qarshiliklar mavjudlgini ham, bog‘lovchi bo‘g‘inlarni ham hisobga olish
muhim ekanligini ko‘rsatadi. XX asr 30-yillarining boshida ingliz fizigi Pol Dirak
pozitronlar, ya’ni elektronlarga o‘xshash, lekin musbat zaryadga ega bo‘lgan
zarralar mavjudligini bashorat qildi. Garchi olim o‘z nazariyasida biron-bir xato
topmagan bo‘lsa-da, aksilzarralar mavjudligiga uning ishonchi yuq edi.
Shunday qilib, qarama-qarshiliklar aloqasi va ziddiyatlarni echishning bir-biri bilan
bilvosita bog‘liqligi umumiy xususiyat kasb etadi, aloqa usuli esa bog‘lanish
xususiyati bilan belgilanadi.
Bog‘lovchi bo‘g‘inlarning o‘zi ziddiyat qarama-
qarshi a’zolari xossalarining uyg‘unligidan tashkil topadi.






Yüklə 185,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin