3-mavzu: Shaxsni shakllantirish va rivojlantirish metodlari. (2 soat) Reja



Yüklə 57,5 Kb.
tarix31.03.2023
ölçüsü57,5 Kb.
#91791
3-kurs 3-mavzu (2)


3-mavzu: Shaxsni shakllantirish va rivojlantirish metodlari. (2 soat)
Reja:
1.“Individ” va “shaxs” tushunchasi.
2. Shaxs rivohlanishiga ta’sir qiluvchi omillar.
3. Shaxsning ijtimoiylashuvi.
4. Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari

Dunyoga kelgan go‘dak ma’lum yoshga hadar individ hisoblanadi. «Individ» lotincha «individium» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida», «yagona» ma’nolarini anglatadi.


Individ biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir. Shaxsning shakllanishida harakat o‘ziga xos omil sanaladi.
Go‘dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni qiladi. Biroq, bu harakatlar keyinchalik shartli reflekslar bo‘lib, ongli ravishda emas, balki sharsiz va shartli qo‘zg‘atuvchilarga javob tarzida yuz beradi.
Go‘dakda nuthning hosil bo‘lishi, shuningdek, uning tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo‘la boshlashi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro‘y berishi shaxs shakllanioganing dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Shaxs deganda muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam-inson individi shaxsga aylanmog‘i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan boshqalardan farq qilishi lozim.
Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. U o‘zining xususiyati, qiziqipsh, qobiliyati, aqliy jihatdan rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, mehnat faoliyatiga munosabati bilan boshqalardan farqlanadi. Bular shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, mazkur xususiyatlari rivojlanib, ma’lum bir bosqichga yetsagina u kamol topgan shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.
Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida qaror topadi. Shaxsning rivojlanipsh, avvalo unda shaxsiy xislatlarning shakllanishi bilan boshlanadi.
Rivojlanish - o‘zida shaxsning jismoniy, aqliy va boshqa xislatlarning takomilini namoyon etadigan jarayon bo‘lib, bunday xislatlar tug‘ma, ba’zilari keyinchalik erishilgan bo‘ladi.
Shaxs nomini olish uchun nimalar kerak?- degan savolning tug‘ilishi tabiiydir. Odam ijtimoiy mavjudot sifatidan shaxsga aylanishi uchun unga ijtimoiy - iqtisodiy hayot sharoitlari muhit va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular hamda shaxsning nasliy xususiyatlarining takomillashib borishi odamning rivojlanishi, shaxs sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi.
Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishini, uning har tomonlama kamolga yetishi uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etadigan omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador bosqichlarni aniqlashi kerak. Shuningdek, bola shaxsining rivojlanishida faoliyatining o‘rni va ahamiyatini ham o‘rganishi lozim.
Biz yuqorida «rivojlanish» tushunchasini juda ko‘p ishlatdik. Endi ushbu tushunchaga atroflicha yondoshib, ta’rif berishga harakat qilaylik. Odam biologik mavjudot sanaladi, tabiiy, biologik va ijtimoiy qonuniyatlarga bevosita bo‘ysunadi.
Boshqacha qilib aytganda, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo‘ysunadi. Bulardan tashqari odamning komil inson bo‘lib yetishuvida aniq maqsad asosida tashkil etilgan xatti-harakat, iroda sifatlarining kamol topipga asosida ayrim nuqsonlarning bartaraf etilishi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan ishonchi ham muhim ahamiyatga egadir.
Ma’lumki, hayoti davomida inson jismoniy va psixik jihatdan o‘zgarib boradi. Lekin bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo‘ladi.
Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o‘sishi, o‘zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar sistemasida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi.
Anatomik va fiziologik xarakterdagi o‘zgarishlar jismoniy rivojlanishga taalluqlidir. Odam bo‘yining o‘sishi, gavda og‘irligining ortib borishi, gavda tuzilishining o‘zgarishi, qon bosimi, o‘pka sig‘imi, tayanch-harakat apparatining holati va boshqalar jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlaridir.
Ruhiy jarayonlar va bola ruhiyatidagi o‘zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari, so‘z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqalar ruhiy rivojlanishga taalluqlidir.
Shaxs rivojlanishida u yoki bu faoliyat turlari (o‘yin, o‘qish, mehnat va boshhalar)ning turli yoshdagi faolyugglar maemuni (maqsadga yo‘naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo‘pshsh, ularning samaradorligi va h.k), shuningdek, aloqa, muomala hamda kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ijtimoiy-axloqiy me’yorlarga bo‘ysunish, ijgimoiy burchni anglash, unga nisbatan masullik kabi xususiyatlar ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shaxsning shakllanishida) shaxsiy xislat va sifatlarning rivojlanib, taraqqiy etnb borishi muhim o‘rin tutadi. Shaxs sifatlarini to‘g‘ri aniqlash uchun turln munosabatlar jarayonida uni o‘rganish maqsadga muvofiqtsir. Ruhiy jarayonlar va bola ruhiyatidagi o‘zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari, so‘z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqalar ruhiy rivojlanishga taalluqlidir.
Pedagogikada rivojlanish va tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi muxim muammolardan bo‘lib, u ko‘p munozaralarga sabab bo‘ladi. Shaxsning rivojlanishi qiyin, murakkab jarayon, u ko‘plab ichki va tashqi ta’sirlar va omillar orqali ro‘yobga chiqadi.
Inson xayot ekan, butun umri davomida o‘sib, rivojlanib, o‘zgarib boradi. Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik yillarida kamol topishi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Rivojlanish deganda biz shaxsning xam jismoniy, xam aqliy va ma’naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Pedagogika va psixologiya fanlari rivojlanishni biologik va sotsial xususiyatlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan bir butun narsa deb xisoblaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi xar tomonlama kamol topishining samarali bo‘lishiga yerishish maqsadida pedagogika fani rivojlanishning qonuniyatlarini, unga ta’sir yetuvchi omillarni shuningdek, shaxs kamolotida ta’lim va tarbiya xamda faoliyatning ta’siri, axamiyatini aniqlaydi va taxlil qiladi. Ma’lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uning shakllanishi avvalo xayot sharoitlariga bog‘liqdir. Shaxs xayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma’lum ijtimoiy tuzumning maxsuli deb tushunishimiz lozim.
Xar bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muammolariga to‘g‘ri yondoshish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta’sir yetadigan sabab va vositalarni bilish zarur.
Shaxsning rivojlanish jarayoni bir qancha omillar ta’sirida sodir bo‘ladi. Bular irsiyat, ya’ni biologik omil xamda muxit, ta’lim va tarbiya, shaxs faoliyati (ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi. Ma’lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning xayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo‘ysunadi.
Shaxsning, ayniqsa, bolaning jismoniy rivojlanishi, sog‘lig‘pi biologik omilga bog‘liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo‘lgan irsiyatning, ya’ni bolaning nasl-nasabining roliga olimlarimiz aloxida e’tibor bermoqdalar. Xar bir bola insonlarga xos tug‘ma xususiyatlar bilan dunyoga keladi. Shunday ekan, odam bolasi tug‘ilgandan so‘ng unda shaxs bo‘lib shakllanish, yetuk inson bo‘lib voyaga yetishi imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola o‘zining avlod-ajdodlaridan ko‘pincha biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, xatto ayrim kasalliklar xam nasldan-naslga o‘tadi. Biologik omillar shaxsning jismoniy rivojlanishiga xam ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, sog‘lom ota-onadan sog‘lom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim.
Oilaning sog‘lomligini, ota-onaning totuvligi, bir-birini tushunishi, qo‘llab-quvvatlashi o‘zaro izzat-xurmati belgilaydi.
Shaxs ijtimoiy xayotning maxsuli ekan, u albatta bolani o‘rab olgan muxit ta’sirida rivojlanadi. Shaxsning xayoti davomida muxit unga yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko‘rsatishi, rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin.
Muxit-bu shaxsga ta’sir yetuvchi tashqi voqea va xodisalar yig‘indisidir. Bular: tabIIy muxit (geografik, ekologik) ijtimoiy muxit (shaxs yashayotgan jamiyat) va boshqalar kiradi. Bular orasida ijtimoiy muxitning, ya’ni shaxs yashayotgan jamiyatning inson kamoloti uchun belgilangan imkoniyatlari muximdir. Shaxs rivojlanishiga yerishish xar bir jamiyatda amalga oshirilayotgan tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta’sir yetiladi. Buning natijasida muxitdagi voqealarning to‘g‘ri ijobiy ta’sirini amalga oshirish imkoni tug‘iladi. Muxit bera olmagan narsalar tarbiya orqali xosil qilinadi, xatto tarbiya tufayli shaxsda tug‘ma kamchiliklarni xam o‘zgartirib shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Bundan tashqari tarbiya muxitning salbiy ta’siri tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni xam qayta tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida bo‘lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Pedagogik jixatdan to‘g‘ri uyushtirilgan xar qanday faoliyat xox o‘yin, mexnat, o‘qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shaxs ulg‘aya borgan sari uning faoliyati xam mazmunan, xam shaklan o‘zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat turlari xam o‘zgarib boradi. Shu sababli bola xayotida o‘yin, o‘quvchi xayotida o‘qish, kattalar xayotida mexnat faoliyatlari katta axamiyatga egadir.
Yüklə 57,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin