3-mavzu Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va tamoyillari-fayllar.org
John Locke (1632-1704) John Locke faylasuf, Oksford akademigi, shifokor, davlar arbobi, iqtisodchi, siyosatchi va revolutsiyachi sifatida tanilgan. U bir muncha notinch, ko’zga ko’ringan institutlar, jumladan ingliz monarxiyasi tugallangan va keyinchalik yana qayta tiklangan va 1688-yilgi “Shonli revolutsiya” (Uilliam III angliya qiroli va Mary II angliya qirolichasi bo’lgan) natijasida konstitutsiyaviy hokimiyat o’rnatilgan davrda yashagan. Soliqqa keladigan bo’lsak, u haqida Locke juda kam yozgan lekin ulkan ahamiyatga ega ma’lumotlarni qoldirgan.
Locke insonlar o’z kuchi va sayi harakati tufayli erishgan shaxsiy mol- mulkiga ega bo’lish huquqi borligiga ishongan. Biroq ko’proq narsaga erishishga intilish tufayli iqtisodiyotda mutanosiblik buzilgan va pul munosabatlari rivojlanishi oqibatida turli kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Odamlar bir jamiyatga birlashib yaxlit xalq hokimiyatini tashkil qilishgan. Bundan asosiy maqsad kishilar o’z mol-mulklariga xavfsiz egalik qilishni ta’minlash bo’lgan. Biroq bu birlashish odamlarga boshqaruvdagi katta kuch berilganini anglatgan va bu narsani Locke davlatning noqonuniy shakli sifatida baholagan. Bu “Ijtimoiy shartnoma nazariyasi” sifatida tanilgan.Unga ko’ra: shaxs jamiyatning barcha qarorlariga bo’ysunishga rozi bo’ladi, evaziga jamiyatga a’zo bo’lganlar uchun mol-mulk, erkinlik, sog’lik va hayot himoyasiga ega bo’lishgan. Bu soliq majburiyatlarining paydo bo’lishiga olib keladi. “Davlatning 2-hazinasi” asarida Locke ,,Oliy hokimiyat insonlarning shaxsan roziligisiz ularning mol-mulkining hech birini olib qo’ya olmaydi” deb fikr bildiradi. Lekin insonlarning davlatga to’lovlar to’lab turishi kerakligini Locke ,, Davlatning ulkan xarajatlarini tasavvur qilib bo’lmaydi va kimki davlat himoyasidan foydalansa o’z mulkidan ma’lum qismini o’z roziligi bilan shu xizmatlar evaziga berishi kerak” degan fikri bilan ifodalagan.
Ko’pchilikning roziligi ularning har birini fikrini bilish yo’li bilan yoki ular orasidan saralab olingan nomzod orqali aniqlangan. Agar kimki o’z amalidan foydalanib odamlarning roziligisiz soliqlarni o’rnatishga va yig’ishga harakat qilsa, u bu orqali mol-mulkning fundamental qonunini buzadi va davlat tanazzuliga olib keladi. Chunki insonlar ongidagi ,,Nima uchun mening mulkimni kimdir o’z xohishi bilan olishi kerak?” degan fikr ularning qarshiligini uyg’otishi mumkin.
Lockening “Ijtimoiy shartnoma nazariya” soliqlarni davlat himoyasi evaziga inson huquqlaridan foydalangan holda joriy qilinishini yoqlab chiqqan. Bu huquqlardan davlatning foydalanishi Locke tomonidan davlatning soliqqa tortish huquqi deb nomlanadi, aks holda u qonuniy o`g`rilikka o`xshab qolar edi. Bu fikr keyinchalik faylasuflar, ayniqsa o`rta asrlar teologi Thomas Aquinasning “Summa Theologica” asarida muhokama qilingan. Davlat himoyasi va boshqa yordamlar evaziga soliqlarni to`lashdagi Locke tomonidan aniqlangan, tabiiy ziddiyat hozirgacha mavjud va u soliqlardan qochishning asisiy sabablaridanbiri bo`lib qolmoqda.
Locke ton ma`noda o`zining bir qancha soliq nazariyalari uchun “Levianthan” asarida soliq yig`imlarini davlat himoyasi va qonun ustuvorligi uchun to`lov sifatida keltirib o`tgan Toms Gobbsga qarzdordir. Haqidatdan ham Gobbs o`z asarlarida “ijtimoiy shartnoma” g`oyasini ham birmuncha shakllantirgan. Holbuki, davlat organlari kerakligicha samarali ishlamasligi va soliqlar onsongina insonlar mol mulkini ularning roziligisiz tortib olishga majbur qiluvchi kuchga aylanishi mumkin. Bunday ma`lum muammolardan qochish uchun, soliqlarning doirasi cheklanishi kerak. Soliq bu shaxs bilan davlat o`rtasidagi bitimdir. U davlatni o`z funksiyalarini amalga oshirishida resurslar bilan ta`minlashi kerak, lekin majburiy holda emas. Fuqarolarning katta qismi uning joriy qilinishiga rozi bo`lishlari shart.
Locke ning garchi “kimki davlat himoyasidan foydalansao`z mol-mulkidan ma`lum qismini ushbu himoya uchun to`lab berishi kerak” degan fikri, progressiv yoki proporsional soliqlarning bir turi yoki hozirda “benefit prinsiple” sifatida keltiriladigan, soliq davlatdan olinadigan manfaatga bog`liq holda to`lanishini anglatuvchi g`oya sifatida tushunilishi mumkin bo`lsa ham u soliqlarning boshqa turlari, ularning tabiati, miqdori, yig`ilishi to`g`risida hech nima aytmagan. Amaliyotda hattoki soliq to`lovchilar va ularning holati haqida juda ko`p ma`lumot mavjud bo`lgan hozirgi zamonda soliqlarni bu g`oyaga asosan undirish deyarli imkonsiz. Shuningdek, “mol-mulk” so`zi tushunishga onson bo`lsa ham, bu insonlar ega bo`lgan barcha narsalarmi yoki yermi degan savollarni ko`taradi. Shuning uchun hamma soliq to`lashi kerakmi yoki yer egalarimi degan muammo yuzaga keladi. Bu savollar javobsizligicha qolmoqda.