Asosiy tushunchalar 1. Mizoj (arabcha: moslik, mos kelish) — inson ruhiy faoliyati o‘zgaruvchanligini ifodalaydigan alohida xususiyatlarning yig‘indisi.
2. Fe’l-atvor — kishilar ruhiy holati barqaror xususiyatlarining yig‘indisi bo‘lib, hayot sharoitlari ta’sirida shakllanadi.
3. Tafakkur (arabcha: «fikr» so‘zidan yasalgan) — inson miyasi tomonidan voqelikni g‘oyalar, qarashlar, maqsadlar shakllarida o‘zlashtirish faoliyati.
4. Mehnat taqsimoti — insoniyat rivojlanishi jarayonida faoliyat turlarining farqlanishi.
5. Antrobiologiyaviy instinkt — biologik jihatdan insonga o‘tmishdoshlaridan o‘tgan irsiy mayl.
6. Faoliyat — insonning tevarak-atrofga va o‘ziga bo‘lgan spetsifik munosabati jarayonidirki, o‘z ichiga maqsad, vosita va natijani oladi.
Savollar va topshiriqlar
1. Sotsiogenez antropogenezsiz kechadimi?
2. Insonning kelib chiqishida sotsiogenez belgilovchi bo’la oladimi?
3. Inson kelib chiqishini tushuntiradigan yana qaysi ta’limotlarda qurollardan foydalanish, ularni yasash jarayonlari markaziy o‘ringa qo‘yiladi?
4. Hozirgi inson ajdodlari miyasining tegishli qismlarida qurol yasash ko‘nikmalari bo‘lganligini qaysi fan tarmog‘i tushuntiradi?
5. Mehnat qurollarining murakkablashib borishi qanday natijalarga olib keldi?
6. Sotsiogenez omili sifatida ruhiyat qanday tavsiflanadi?
7. Tafakkur va til bog‘liqligi nimada ko‘rinadi?
8. Tanlovning sotsiogenetik ahamiyati qanday?
9. Ruhiyatni tafakkur bilan bog‘liqlik jarayonini ko‘rsating.
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar 1.Qur'oni Karim. Toshkеnt, 2001.
2. Injil. Shvеtsiya-Stokgolm. 1993.
3. Mifo` narodov mira. M., 1991.
4. Bеxtеrеva N.T. Mеxanizm upravlеniya pamyatyu chеlovеka. L. , 1989.
5. Alеksееv V.P. Stanovlеniya chеlovеchеstva. M., 1984.
6. Kliks F. Probujdayuhееsya mo`shlеniе. U istokov chеlovеchеskogo intеllеkta. M. 1983.
7. Okladnikov A.P., Okladnikova Е.A. Zasеlеniе Zеmli chеlovеkom. M. 1984.
8. Sh.Azizov. Shaxs va jamiyat darsligi.Sharq n-ti.2010