3-mavzu: ta’lim samaradorligini oshirishga zamonaviy yondashuvlar (2 soat amaliy mashg‘ulot). Reja



Yüklə 28,44 Kb.
səhifə1/6
tarix08.04.2022
ölçüsü28,44 Kb.
#54993
  1   2   3   4   5   6
3-mavzu matni


3-MAVZU: TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR (2 SOAT AMALIY MASHG‘ULOT).

Reja:

  1. Ta’lim samaradorligini oshirishga zamonaviy yondashuvlar.

  2. Ta’limda integratsiya jarayonini tashkil etish.

  3. Ijodkorlikni shakllantirishda (TRIZ texnologiyasi) ixtirochilikka oid muammolarni hal etishga yо‘naltirish masalalari.

Pedagogik texnologiya” atamasi o‘qituvchilarimiz orasida ikki xil ma’noda qo‘llanilmoqda:

  1. Zamonaviy texnika, elektron hisoblash mashinasi, kompyuter, audial, vizual asboblarini ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘llab samaradorlikni oshirish;

  2. Ta’lim-tarbiya jarayoni maqsadi, vositasi, natijasini oldindan o‘rganish, qayd etish yo‘llari bilan o‘qituvchining kafolotlangan natijaga erishishini ta’minlash.

Ta’limning kafolotlanganlik natijasi samaradorlikni va maqsadga erishishni belgilaydi. Bundan ko‘rinadiki natija maqsadga qancha yaqin bo‘lsa, o‘quv-tarbiya jarayoni shuncha samarador hisoblanadi va bu ta’limning zamonaviy texnik vositalari va ilg‘or texnologiyalarni amalga oshirishning muhim jihatlaridan bo‘lib, ikkinchi talqin, ta’lim-tarbiya jarayoni maqsadi, vositasi, natijasini oldindan o‘rganish, qayd etish yo‘llari bilan o‘qituvchining kafolotlangan natijaga erishishini ta’minlash.

Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan vositalar ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Vosita muayyan o‘qitish metodi yoki usullardan muvaffaqiyatli foydalanish uchun zarur bo‘lgan yordamchi o‘quv materialidir.

O‘z mohiyatiga ko‘ra pedagogik texnologiya vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan xamda kutilgan natijaga erishishni ta’minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizimni ifodalaydi.

Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligini baholash ham muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiyalarning imkoniyatidan kelib chiqqan holda ularni amaliyotga tatbiq etishning samaradorligini bir qator mezonlar bilan aniqlash mumkin.

O‘qitish tizimida pedagogik texnologiyalarini samarali qo‘llash pedagogning kasbiy kompetentligiga ham bog‘liq. Shu sababli pedagogik texnologiyalarning samaradorligini pedagog tomonidan ularning qo‘llanilishiga ko‘ra ham baholash mumkin.

Kreativ pedagogikaning maqsadi – shaxs (o‘quvchi, o‘quvchi)ni o‘qishga, ta’lim olishga ijodiy yondashishga, o‘zining va o‘z kelajagining yaratuvchisi bo‘lishga o‘rgatishdan iborat.

Metod” atamasi yunoncha “metodos” so‘zidan olingan bo‘lib, yo‘l, haqiqatga intilish, kutilayotgan natijaga erishish usuli ma’nosini anglatadi.

O‘qituvchi metod tanlashda:


Yüklə 28,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin