3-mavzu: taraqqiyotning “O‘zbek modeli” mohiyati va fuqarolik jamiyatini barpo etishning nazorat savollariga javoblar



Yüklə 22,14 Kb.
səhifə5/6
tarix02.01.2022
ölçüsü22,14 Kb.
#41806
1   2   3   4   5   6
3-mavzu taraqqiyotning “O‘zbek modeli” mohiyati va fuqarolik ja

ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi,o‘zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart;

uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim. Buning ma’nosi Shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim;

to‘rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan keyin ham Shunday bo‘lib qoladi;

beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, o‘tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya’ni evolyusion yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.

  1. Taraqqiyotning “o‘zbek modeli”ga tayangan holda amalga oshirilayotgan islohotlar zaminida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida erishilgan natijalar xususida ma’lumot bering.

Yurtimizda amalga oshirib kelinayotgan izchil islohotlar bilan hamohang ravishda jamiyatimiz rivojlanishi to‘g‘risidagi ilmiy nazariy qarashlar va xulosalar ham muttasil ravishda takomillashib, rivojlanib kelmoqda. Bu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, 2010 yil 12 noyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida davlatimiz rahbari I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” jamiyatimiz taraqqiyotining yangi strategik dasturi bo‘lib xizmat qilmoqda. Ta’kidlash joizki, mazkur konsepsiya jamiyat rivojlanishi to‘g‘risidagi eng zamonaviy va mukammal ilmiy g‘oyalar sirasiga kiradi.

Yurtimiz siyosiy taraqqiyoti, uning konseptual ta’minoti mustahkam bo‘lganligi tufayli izchil ravishda ro‘y bermoqda. Xalqaro globallaShuvning turli salbiy ta’sirlariga nisbatan jamiyatimizning barqaror immuniteti kafolatli ravishda ta’minlanib bormoqda.

Mamlakatimiz istiqloli tufayli Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan amalga oshirib kelinayotgan zamonaviy mustaqil demokratik taraqqiyot bilan bog‘liq yangicha ilmiy qarashlar, konseptual xulosalar mohiyatini anglash, o‘rganish muhim dolzarb ahamiyatga egadir.

Yurtboshimiz I.A.Karimov rahnamoligida jamiyatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirishda tadrijiy taraqqiyot uslublariga asoslanildi. Unga ko‘ra, demokratiya g‘oyasi va uning institutlari jamiyatimiz bag‘rida bosqichma – bosqich evolyutsion tarzda rivojlantira boshlandi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Demokratiya atamasining qanday sharhlanishi emas, balki uning qanchalik realligi, haqiqiyligi, yashashga qobilligi muhimdir”1. Taraqqiyotning “o‘zbek modeli” g‘oyasiga ko‘ra, yurtimizda yangi jamiyatni barpo etish uchun amalga oshiriladigan barcha islohotlar zaminiga inson omili qo‘yildi. Ya’ni “islohot islohot uchun emas, balki, inson manfaatlari, uning, erki va farovonligi uchun”, degan g‘oya barcha yangilanishlarning asosiy o‘zagi etib belgilandi. Shu munosabat bilan qurilayotgan yangi mustaqil davlat va jamiyatning asosiy bunyodkori ham, iste’molchisi ham mana Shu yurtning erkin xalqi degan prinsip mamlakatimiz taraqqiyot strategiyasining markazida turuvchi omildir.

Taraqqiyotning “o‘zbek modeli” mamlakatimizda yangi fuqarolik jamiyatini barpo etishning har tomonlama mukammal va samarali bo‘lgan usuli sifatida jamiyatimiz taraqqiyotining bugungi kundagi dolzarb vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirilishida ham mustahkam zamin bo‘lib hizmat qilmoqda.


  1. O‘zbek modeli ” jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot sohalarida qanday namoyon bo‘lmoqda?

Taraqqiyotning “o‘zbek modeli” mamlakatimizda yangi fuqarolik jamiyatini barpo etishning har tomonlama mukammal va samarali bo‘lgan usuli sifatida jamiyatimiz taraqqiyotining bugungi kundagi dolzarb vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirilishida ham mustahkam zamin bo‘lib hizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari I.A.Karimov xulosa qilganidek: “O‘zbekistonning beshta ustuvor yo‘nalish – tamoyildan iborat bo‘lgan, dunyoda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb tan olingan rivojlanish yo‘li har tomonlama to‘g‘ri yo‘l ekanini o‘tgan 24 yillik istiqlol tariximiz isbotladi. Biz katta yo‘lga chiqib oldik va uning amaliy natijalaridan barchamiz har kuni bahramand bo‘lmoqdamiz. Shuning uchun ishonchim komil: yurtimizda xech kim eski davrga qaytishni xohlamaydi...

Biz erishgan yutuqlarimizni yanada mustahkamlash uchun ertangi kunimiz yorug‘ kelajagimiz o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan yuksak marralarga etish yo‘lida chuqur o‘ylangan taraqqiyot strategiyamizning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirmog‘imiz zarur”1.

Yurtboshimiz rahnamoligida yaratilgan va mamlakatimizda yangi jamiyatni barpo etishning “o‘zbek modeli” mustaqil yurtimizning barcha sohalarida izchil taraqqiy qilishining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy zamini bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu tamoyil jamiyatimizning istiqboldagi rivoji uchun ham kafolatli manba va fundamental asosdir.




Yüklə 22,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin