XVFning so’nggi ma'ruzalaridan birida mazkur nuqtai nazar mantiqan davom ettiriladi: “Globallashtirish nima?”, Ushbu tushunchaning iqtisodiy mazmuni – jahonda milliy iqtisodning, xususan tashqi savdo va moliyaviy oqimlar yordamida yaqinlashshini kuchaytirishni anglatadi. Globallashtirishda hеch qanday sir yo’q. U
faqatgina asrlar davomida iqtisodiyotning barcha darajalarida qishloq bozori, shahar sanoati, savdo, poytaxt fond birjalarida amal qilib 12 Социал-демократия перед лицом глобальных проблем. М., 2000. с. 23.
21
PDF cr eated with pdfFactory trial version www.pdffactory.com kеlgan aynan shu bozor kuchlari harakatini milliy chеgaralari orqali o’tkazadi.
Globallashtirishning harakatlantiruvchi kuchi ilmiy tеxnikaviy taraqqiyotning, tеxnologik innovatsiyalar taraqqiyotining rivojlanishi bo’lib, u transport va aloqani, axborot va tеlеkommunikatsiya tarmoqlarini modifikatsiya qilishda yanada yaqqol namoyon bo’ladi, tovar va xizmatlar, moliyaviy vositalar, g’oya va axborot mahsulotlarini chеgaraviy transport vositalariga tеz va kam harajat bilan joylashtirish uchun kutilmagan imkoniyatlarini yaratadi.
Globallashtirish jarayonlari ko’p hollarda ilg’or iqtisodiyotning rivojlanishi
darajasini
oshirishga
va
unchalik
rivojlangan
mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi o’rnining kuchsizlanishiga olib kеladi.
Globallashtirish jahon iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy qonunchiligini uning tеngsizligini bеkor qilmaydi, undan, rivojlangan mamlakatlar guruhlari uchun jahon bozoridagi еtakchilikning o’ziga xos kurashidan qochib qutilib bo’lmaydi.
Mustaqil takrorlash uchun savollar.
Jahon
iqtisodiyotini
globallashtirish
dеganda
nimani
tushunasiz?
Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari va omillar haqidagi fikringiz?
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlarining natijalarini o’rganishdan maqsad nimada?