3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Ishlab chiqarish zaxiralarining saqlash joylaridagi hisobi



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Ishlab chiqarish zaxiralarining saqlash joylaridagi hisobi. Korxonalarda ishlab 
chiqarish zaxiralarining saqlanish joylari bo‘lib omborlar, sexlar, maydonchalar, 
uchastkalar, molxonalar va boshqalar hisoblanadi. Barcha saqlash joylarida zaxiralar 
bo‘yicha aniq moddiy javobgar shaxslar belgilanadi va ular bilan moddiy javobgarlik 
to‘g‘risida shartnomalar tuziladi. 
Moddiy javobgar shaxslar bo‘lib ombor mudirlari, sex boshliqlari, xo‘jalik bo‘limi 
mudirlari, prorablar, garaj boshlig‘i, mol boqar cho‘ponlar, bo‘rdoqichilik bazalari 
mudirlari va boshqalar hisoblanadi. 
Moddiy javobgar shaxslarning asosiy vazifalariga ishlab chiqarish zaxiralarini o‘z 
vaqtida kirim qilish, korxona raxbari farmoyishi bilan ularni ishlab chiqarish sexlari va 
uchastkalariga ko‘rsatilgan miqdorda berish, moddiy boyliklarni butligini to‘liq 
ta’minlash, talon-tarojlikga yul qo‘ymaslik, zaxiralarning kirim va chiqimini to‘g‘ri va 
o‘z vaqtida tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish, ularning holati va harakati to‘g‘risida 
hisobotlarni belgilangan muddatlarda to‘g‘ri tuzish va buxgalteriyaga topshirish kiradi.
Ishlab chiqarish zaxiralari ularning saqlanish joylarida soniy va summaviy jixatdan 
miqdor va pul o‘lchovlarida hisobga olinadi. Buning uchun har bir ishlab chiqarish 
zaxirasiga inventar kartochka ochiladi yoki umumiy obmor kitobi yuritiladi. Bunda 
quyidagi boshlang‘ich va jamlama hujjatlar ishlatiladi: 

Kirim bo‘yicha: 
1. Schyot faktura – tashqi ta’minotchilardan olingan ishlab chiqarish zaxiralarini 
qabul qilishda. 
2. Nakladnoy- ichki bo‘linmalardan kirim qilishda. 
3. Qabul qilish dalolatnomasi – ta’sischilardan, boshqa shaxslardan qaytarib 
bermaslik sharti bilan qabul qilinganda, ichki almashuvda, yordamchi ishlab chiqarishdan 
olinganda, ilmiy izlanishlar va tajriba –konstruktorlik ishlanmalari natijasi sifatida kirim 
qilinganda va boshqa hollarda. 
4. Inventarizatsiya varag‘i va taqqoslama qaydnoma – inventarizatsiyada 
ortiqchalar aniqlanganda, bir moddiy javobgar shaxsdan ikkinsisiga topshirilganda 


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin