3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


 «Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar»



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

1020 «Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar». Ushbu 
schyotning debetida yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, qurilish detallari va 
konstruksiyalarining mavjud qoldiqlari va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, 
kreditida esa – ularning ishlab chiqarishga, qurilishga sarfi va boshqa chiqimlari 
natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda 
aks ettiriladi. 

1030 «Yoqilg‘i». Ushbu schetning debetida mavjud neft mahsulotlari, yoqilg‘i-
moylash materiallarining (neft, benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi, moylar va boshqalar), 
gazsimon yoqilg‘i turlarining (gaz va gazolin), shuningdek qattiq yoqilg‘i turlarining 
(ko‘mir, o‘tin va boshqalar) qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, 
kreditida esa – ularning ishlab chiqarish va boshqaruvga sarfi, shuningdek boshqa 
chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan 
qiymatda aks ettiriladi. 

1040 «Ehtiyot qismlar». Ushbu schetning debetida mashina va mexanizlar, 
transport vositalarini ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlari, avtomobillarning 
zahiradagi shinalarining mavjud qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga 
ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlab chiqarish va boshqaruvga sarfi, shuningdek 
boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik 
bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi. 

1050 «Qurilish materiallari». Ushbu schetning debetida qurilish, qurilish –
montaj ishlari, qurilish detallari va konstruksiyalarini yasash uchun zarur bo‘lgan qurilish 
materiallarining zahiradagi mavjud qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga 
ko‘payishi, kreditida esa – ularning qurilish, qurilish-montaj ishlariga, turli 
konstruksiyalarni ishlab chiqarishga sarfi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida 
kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks 
ettiriladi. 


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin