13
•
Xo‘jalik faoliyati;
•
Xo‘jalik aktivlari;
•
Xo‘jalik
aktivlarining manbalari;
•
Xo‘jalik faoliyatining natijalari
3-chizmada buxgalteriya hisobi predmetini tashkil qiluvchi ob’ektlarning tasnifi va
tarkibi ko‘rgazmali tarzda keltirilgan. Quyida ularning mohiyatiga to‘xtalamiz.
Xo‘jalik faoliyati. Har qanday korxonaning xo‘jalik faoliyati deganda unda yuz
beradigan
ta’minot, ishlab chiqarish va
sotish jarayonlarining majmuasi tushuniladi.
Korxona faoliyat ko‘rsatishi uchun unga mehnat predmetlari va vositalari, ishchi
kuchi, pul mablag‘lari va boshqa ta’minotlar kerak bo‘ladi.
Ta’minot deb
atalmish bu
jarayonni, odatda, korxonaning maxsus ta’minot bo‘limi xodimlari
olib boradilar. Ushbu jarayonsiz faoliyatning keyingi jarayonlari, ya’ni ishlab chiqarish
va sotish jarayonlari amalga oshishi mumkin emas. Shuning uchun korxona ning doimiy
faoliyat ko‘rsatishi aynan ta’minot jarayonining uzliksizligiga bevosita bog‘liqdir.
Ishlab chiqarish jarayoni deganda ishchi kuchi va mehnat vositalari yordamida
mehnat predmetlaridan yangi mahsulotlar yaratish tushuniladi. Ushbu jarayon o‘z ichiga
turli texnologik operatsiyalarni oladi, bu operatsiyalarni bajarish
esa turli harajatlarni
amalga oshirishni ta’qoza etadi. Ishlab chiqarish jarayonining pirovard natijasi bo‘lib
tayyor mahsulot hisoblanadi. Tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan moddiy
harajatlar, mehnatga xaq to‘lash harajatlari, ishlab chiqarish vositalarining amortizatsiya
harajatlari va boshqa ushbu jarayonga tegishli harajatlar ishlab chiqarish harajatlarini,
yaratilgan mahsulot qiymatiga kiritilgan harajatlar esa tayyor
mahsulotning tannarxini
tashkil qiladi. Shuni ta’kidlash joizki korxona tomonidan bajarilgan ishlar, masalan
qurilish-montaj ishlari, ko‘rsatilgan xizmatlar, masalan turistlarga ko‘rsatilgan yotoqxona
va boshqa xizmatlar yoki auditorlik xizmati ham ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi.
Bunday ishlab chiqarish jarayonining natijasi bo‘lib bajarilgan ish yoki ko‘rsatilgan
xizmat
xajmi hisoblanadi, ularga sarflangan harajatlar bajarilgan ish yoki xizmatning
tannarxini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: