120
qo‘yiladi. Bu holda, masalan,
restoranda, bir shisha aroqning sotish bahosining
kalkulyatsiyasi quyidagicha bo‘ladi.
Sotish bahosi kalkulyatsiyasi ( restoranda)
Baho elementlari
Summa, so‘mda
1. Bir shisha aroqning sotib olish bahosi
720
2. Savdo ustamasi 20%
144
3. Tovarni chakana sotish bahosi
864
4. Restoran xizmati ustamasi 30%
259
5. Aroqning restoran menyusidagi bahosi
1123
Tayyor mahsulotlar hisobining vazifalari. Tayyor mahsulotlar bo‘yicha
buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
•
Tayyor mahsulotlarni ularning mohiyatini ochib
beruvchi mezonlariga mos
ravishda hisobga olish;
•
Tayyor mahsulotlarni to‘g‘ri turkumlash va guruhlarga ajratish;
•
Tayyor mahsulotni to‘g‘ri
baholash;
•
Tayyor mahsulotla holati va harakatini to‘g‘ri, o‘z vaqtida va tegishli
boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish;
•
Tayyor mahsulotlarga moddiy javobgarlikni ta’minlash,
moddiy javobgar
shaxslar tomonidan hisobotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tuzilishi, taqdim etilishini nazorat
qilish;
•
Tayyor mahsulotlarning butligini ta’minlash, buning uchun ularni belgilangan
muddatlarda qayta ro‘yxatdan o‘tqazish (inventarizatsiya qilish), uning natijalarini to‘g‘ri
aniqlash va hisobga olish;
•
Tayyor mahsulotlarni o‘z vaqtida sotilishi, chunonchi tannarxdan
past baholarda
sotilmasligi, omborlarda me’yoridan ortiq zahiralarni to‘planib qolinishiga yo‘l
qo‘ymaslik ustidan nazorat o‘rnatish;
•
Tayyor mahsulotlarni asosli ravishda qayta baholash va uning natijalarini hisobda
to‘g‘ri aks ettirish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: