3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


 «Tovar bilan bo‘lgan va bo‘sh turgan idishlar»



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

2950 «Tovar bilan bo‘lgan va bo‘sh turgan idishlar» -ushbu schyot tovar bilan 
birga bo‘lgan va bo‘sh turgan idishlarning holati va harakatini aks ettirishga 
mo‘ljallangan. 

2960 «Komission tartibda sotishga berilgan tovarlar» –bu schyot maxsus 
shahobchalarda komission tartibda sotishga berilgan tovarlarning holati va harakatini aks 
ettirishga mo‘ljallangan. 

2970 «Yo‘ldagi tovarlar» –bu schyot puli to‘langan va ta’minotchidan 
jo‘natilgan, lekinda korxonaga hali kelib tushmagan tovarlarni aks ettirishga 
mo‘ljallangan. 

2980 «Savdo ustamasi» –bu schyot savdo va ovqatlanish korxonalarida tovarlarga 
qo‘yilgan savdo ustamalarining holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. 

2990 «Boshqa tovarlar» –bu schyot yuqorida nomlari zikr etilgan schyotlarda aks 
ettirilmagan turli boshqa tovarlarni, masalan konsignatsiyaga berilgan tovarlarni, hisobga 
olish uchun mo‘ljallangan.
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


126 
Yuqorida keltirilgan 2980 «Savdo ustamasi» schyotidan tashqari barcha boshqa 
schyotlar aktiv, doimiy schyotlar hisoblanadi, ularning debetida tovarlarning qoldiqi va 
ko‘payishi, kreditida esa kamayishi aks ettiriladi. 2980 «Savdo ustamasi» schyoti 
kontraktiv schyot bo‘lib, uning kreditida qoldiq tovarlarga to‘g‘ri keladigan savdo 
ustamalarining summasi va ularning ko‘payishi, kreditida esa –savdo ustamalarini 
kamayishi aks ettiriladi. Savdo ustamalarining summasini tovarlarni sotilishi va boshqa 
chiqimlari natijasida kamayishi ushbu schyotning kreditida «qizil yozuv» bilan ham aks 
ettirilishi mumkin. 
4-son BHMS ga muvofiq tovarlarni hisobga olishning ikkita tizimi mavjud: 
1.Davriy hisob tizimi – bu tizim chakana savdo va ovqatlanish shahobchalariga 
taalluqli bo‘lib, unda har bir tovarning sotilishi qat’iy hujjatlashtirilmaydi, shu sababli 
sotilgan tovarlarning tannarxini har bir hujjat asosida aniqlab bo‘lmaydi. Ushbu 
tizimdagi korxonalar hisobot davri ichida tovarlarni sotib olinishini vaqtinchalik 9140 
«Davriy hisobda tovar-moddiy boyliklarni sotib olish» schyotining debetida (kredit 6010 
«Ta’minotchilar va pudratchilarchilarga to‘lanadigan schyotlar» va boshqalar), 
tovarlarning davr boshidagi va davr oxiridagi qoldiqlaridagi farqni esa vaqtinchalik 9150 
«Davriy hisobda tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha tuzatishlar» schyotining debetida 
(kredit 2910 «Ombordagi tovarlar») aks ettiradilar. Davr oxiridagi tovarlarning qoldig‘i 
ushbu usulda faqat inventarizatsiya qilish yo‘li bilan topiladi. Hisobot davr oxiriga kelib, 
yuqoridagi vaqtinchalik schyotlar 9910 «Oxirgi moliyaviy natija» schyotining debetiga
yopiladi. Tovarlarning sotilishi ushbu usulda sotish bahosida quyidagi yozuvlar bilan aks 
ettiriladi: 
a) Naqd sotilganda 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin