3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


YI- bob. PUL MABLAG‘LARINING HISOBI



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

YI- bob. PUL MABLAG‘LARINING HISOBI 
 
6.1.Pul mablag‘larining turlari, mohiyati va ular hisobining vazifalari 
 
Korxonalar xo‘jalik faoliyatida ishtirok etuvchi aktivlar ichida juda katta rolni pul 
mablag‘lari o‘ynaydi. 
Pul mablag‘lari deganda o‘ta tez likvidlik harakteriga ega bo‘lgan, barcha 
munosabatlarda umumiy ekvivalent rolini o‘ynaydigan, davlat tomonidan qog‘ozli va 
metalli ko‘rinishda ma’lum qiymatlarda chiqariladigan maxsus tovar tushuniladi. 
Pulning jamiyatdagi o‘rni u tomonidan bajariladigan qiymat o‘lchovi, to‘lov vositasi, 
muomala vositasi va jamg‘arish vositasi kabi funsiyalarida yorqin namoyon bo‘ladi. 
Buxgalteriya hisobida pul mablag‘larini asosan ikkita belgisiga qarab, ya’ni 
ko‘rinishi va turgan joyiga qarab, guruhlash va aks ettirish keng qo‘llaniladi. 
Ko‘rinishiga ko‘ra pul mablag‘lari ikkiga bo‘linadi: 

Milliy valyutadagi pul mablag‘lari – bu davlat tomonidan metal va qog‘ozlarda 
qiymati ifodalangan, muomala, ayirboshlash, baholashda umumiy ekvivalent rolini 
bajararuvchi maxsus bank belgilari. Pul belgilari bo‘lib bizning mamalakatimizda so‘m 
va tiyinlar hisoblanadi. 

Chet el mamlakatlari pul mablag‘lari – bu o‘zga davlatlarning metal va 
qog‘ozlarda qiymati ifodalangan, muomala, ayirboshlash, baholashda umumiy ekvivalent 
rolini bajararuvchi maxsus bank belgilari. Ularga AQSH dollari, Angliya funt sterlingi, 
YEVRO va boshqalar mamlakatlarning milliy valyutalari kiradi. Chet elmamlakatlari 
valyutalaridan o‘zaro hisob-kitoblarda foydalanish davlatlararo kelishuvlarga asosan 
amalga oshiriladi. 
Turgan joyiga qarab pul mablag‘lari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 

Kassadagi pul mablag‘lari – bu korxonaning kunlik ehtiyojlari uchun zarur 
bo‘lgan, turli maqsadlar va manbalardan kelib tushgan, belgilangan muddatlar va 
miqdorlargacha saqlanadigan kassadagi pul mablag‘lari. Kassada saqlanishi mumkin 
bo‘lgan pul mablag‘larining eng kichik miqdori kassa limiti deb ataladi va u korxona 
tomonidan aniqlanib, xizmat qiluvchi bank bilan tuzilgan shartnomada ko‘rsatiladi.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin