YI- bob. PUL MABLAG‘LARINING HISOBI 6.1.Pul mablag‘larining turlari, mohiyati va ular hisobining vazifalari Korxonalar xo‘jalik faoliyatida ishtirok etuvchi aktivlar ichida juda katta rolni pul
mablag‘lari o‘ynaydi.
Pul mablag‘lari deganda o‘ta tez likvidlik harakteriga ega bo‘lgan, barcha
munosabatlarda umumiy ekvivalent rolini o‘ynaydigan, davlat tomonidan qog‘ozli va
metalli ko‘rinishda ma’lum qiymatlarda chiqariladigan maxsus tovar tushuniladi.
Pulning jamiyatdagi o‘rni u tomonidan bajariladigan qiymat o‘lchovi, to‘lov vositasi,
muomala vositasi va jamg‘arish vositasi kabi funsiyalarida yorqin namoyon bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobida pul mablag‘larini asosan ikkita belgisiga qarab, ya’ni
ko‘rinishi va turgan joyiga qarab, guruhlash va aks ettirish keng qo‘llaniladi.
Ko‘rinishiga ko‘ra pul mablag‘lari ikkiga bo‘linadi:
•
Milliy valyutadagi pul mablag‘lari – bu davlat tomonidan metal va qog‘ozlarda
qiymati ifodalangan, muomala, ayirboshlash, baholashda umumiy ekvivalent rolini
bajararuvchi maxsus bank belgilari. Pul belgilari bo‘lib bizning mamalakatimizda so‘m
va tiyinlar hisoblanadi.
•
Chet el mamlakatlari pul mablag‘lari– bu o‘zga davlatlarning metal va
qog‘ozlarda qiymati ifodalangan, muomala, ayirboshlash, baholashda umumiy ekvivalent
rolini bajararuvchi maxsus bank belgilari. Ularga AQSH dollari, Angliya funt sterlingi,
YEVRO va boshqalar mamlakatlarning milliy valyutalari kiradi. Chet elmamlakatlari
valyutalaridan o‘zaro hisob-kitoblarda foydalanish davlatlararo kelishuvlarga asosan
amalga oshiriladi.
Turgan joyiga qarab pul mablag‘lari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
•
Kassadagi pul mablag‘lari – bu korxonaning kunlik ehtiyojlari uchun zarur
bo‘lgan, turli maqsadlar va manbalardan kelib tushgan, belgilangan muddatlar va
miqdorlargacha saqlanadigan kassadagi pul mablag‘lari. Kassada saqlanishi mumkin
bo‘lgan pul mablag‘larining eng kichik miqdori kassa limiti deb ataladi va u korxona
tomonidan aniqlanib, xizmat qiluvchi bank bilan tuzilgan shartnomada ko‘rsatiladi.
•