3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

 
 
 
6.3.Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining hisobi 
 
Korxonalarning bo‘sh turgan pul mablag‘lari bankda ochilgan hisob-kitob schyotida 
saqlanadi. Hisob- kitob schyoti korxona tashkil etilgan vaqtda tanlab olingan bank 
muassasalaridan birida ochiladi. Hisob-kitob schyotini ochish uchun bank muassasiga 
ariza bilan chiqiladi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 

Mahalliy hokimiyatning korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tqazilganligi to‘g‘risida 
qarorining nusxasi; 

Korxonaning natariusdan tasdiqlangan ustavi; 

Natariusdan tasdiqlangan ta’sis shartnomasi; 

Korxona bo‘yicha birinchi va ikkinchi shaxslarning imzolarini namunalari 
kartochkasi. 
Korxona va bank o‘rtasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuziladi, unda 
tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarliklari, xizmatlar uchun to‘lanadigan 
to‘lovning miqdori, saqlanadigan pul mablag‘lari uchun bank to‘laydigan foizlar va boshqa 
jihatlar aks ettiriladi. Shartnomaga muvofiq bankda korxonaga 20 ta raqamdan iborat 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


133 
bo‘lgan shaxsiy schyot ochiladi, ushbu schyot korxonaning bankdagi hisob-kitob 
schyotining raqamini bildiradi. Barcha bank operatsiyalariga doir hujjatlarda korxona 
o‘zining ushbu hisob-kitob schyoti raqamini, bankning nomi va kodini ko‘rsatishi shart 
bo‘ladi.
Korxonaning hisob-kitob schyotiga pul mablag‘lari naqd va naqdsiz yo‘llar bilan 
kelib tushadi. Naqd pullar hisob-kitob schyotiga korxonaning o‘zi tomonidan topshiriladi. 
Buning uchun kassir yoki pul topshirish vakolati berilgan boshqa shaxs bankda maxsus 
“Naqd pul topshirishga e’lon” hujjatini to‘ldiradi. Ushbu hujjat uch qismdan iborat: 
birinchi qismi naqd pul topshirishga e’lon deb ataladi, ikkinchi qismi kvitansiya va 
uchinchi qismi order deb ataladi. Hujjatning barcha qismlari bir xil mazmundagi 
yozuvlarga ega bo‘ladi, ya’ni ularda hisob-kitob schyotining raqami, nima uchun va 
qancha pul topshirilayotganligi, shuningdek pulni topshirgan shaxsning familiyasi, ismi-
sharifi va imzosi aks ettiriladi. Pul bank kassasiga topshirilgach, topshiruvchi shaxsning 
qo‘liga imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kvitansiya beriladi, e’lon va order bankda 
qoladi. Oxirgi hujjat ham bank ko‘chirmasi bilan ilova sifatida korxonaga qaytib keladi.
Naqdsiz yo‘l bilan pul mablag‘lari korxonaning hisob-kitob schyotiga boshqa 
korxonalardan, davlat organlaridan, bankning o‘zidan kelib tushushi mumkin. Bunday pul 
mablag‘lari bankda korxonaning hisob-kitob schyotiga to‘lov topshiriqnomalari, elektron 
avizo, memorial-orderlar asosida kiritiladi. 
Korxona hisob-kitob schyotidan pul mablag‘lari naqd va naqdsiz yo‘llar bilan 
chiqim qilinadi. Pul mablag‘larini naqd olish uchun korxona bank tomonidan shartnomaga 
muvofiq chek daftarchasi bilan ta’minlanadi. Ushbu daftarchaning har bir varag‘i ikki 
qismdan iborat bo‘lib, chap qismi koreshok, o‘ng qismi esa chek deb ataladi. Daftarchaga 
kiritilgan cheklarning tartib raqamlari bosmaxona usulida oldindan yozilgan bo‘ladi. Naqd 
pullar korxonaga chek asosida beriladi. Chekning yuza qismida pul olish vakolati berilgan 
shaxsning familiyasi, ismi-sharifi, olinishi kerak bo‘lgan summaning miqdori ko‘rsatiladi, 
chek rahbar va bosh hisobchi tomonidan imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi. 
Chekning orqa tarafida olinayotgan pul mablag‘larining miqdori maqsadlari bo‘yicha aks 
ettiriladi, shuningdek pul oluvchi shaxsning imzosi va pasport bo‘yicha ma’lumotlari , 
uning imzosini tasdiqlovchi rahbar va bosh hisobchining imzolari ko‘rsatiladi. Chek 
bankda, uning koreshogi chek daftarchasida qoladi. Chek daftarchasida bo‘yab va tuzatib 
yozishlar mumkin emas, ularga qo‘yiladigan imzolar ham bankga berilgan imzo 
namunalaridan farq qilmasligi kerak. Bu talablarga javob bermaydigan cheklar bank 
tomonidan qabul qilinmaydi va buzilgan hisoblanadi, ularni qaytadan rasmiylashtirish, 
buzilgan cheklarni daftarchaga qaytadan elimlab qo‘yish lozim. To‘liq foydalanilgan chek 
daftarchalari bankga topshiriladi va uning o‘rniga yangi chek daftarchasi sotib olinadi. 
Korxona hisob-kitob schyotidan pul mablag‘lari naqdsiz yo‘l bilan boshqa 
korxonalarga, davlat organlariga o‘tqazib beriladi, shuningdek bankning o‘zi orqali 
shartnoma shartlariga ko‘ra ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ushlab qolinadi. Pul mablag‘larini 
naqdsiz chiqim qilishga asos bo‘lib to‘lov topshiriqnomalari, inkasso topshiriqnomalari, 
bankning memorial orderlari hisoblanadi.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin