3
O‘z umrini yoshlarning tarbiyasiga bag‘ishlagan,
marhum padari buzrukvorim Baxrom O‘razov
xotirasiga bag‘ishlayman
K I R I Sh
Respublikamiz oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida berilayotgan
iqtisodiy bilimlar
ichida muhim o‘rinlardan birini buxgalteriya hisobi va audit egallaydi.
Buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar
uchun bu bilim sohalari alohida – alohida maxsus fanlar sifatida o‘rgatiladi. Iqtisodiyot,
menejment va marketing o‘quv yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar uchun
buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi bilimlar davlat standartida ko‘zda
tutilgan
«Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy taxlil va audit» nomli yagona fanning tarkibiga
kiritilgan. E’tiborlaringizga havola etilayotgan darslik ushbu yagona fanning o‘quv
dasturiga muvofiq tayyorlangan, faqatgina u o‘z ichiga buxgalteriya hisobi va auditga
doir mavzularni olgan.
Buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida olti asrdan beri o‘qitilib kelinmoqda. Uning
jamiyatda tutgan o‘rni, metologiyasi, tashkil etilishi bo‘yicha juda ko‘p
kitoblar
yozilgan. Buxgalteriya hisobining ahamiyati to‘g‘risida «Quron»da, mashhur sarkorda
bobomiz Amir Temur tuzuklarida, xattoki yozuvchi va shoirlarimiz asarlarida ham juda
ajoyib fikrlar keltirilgan.
Audit bizning mamalakatimiz uchun
nisbatan yangi ilm sohasi, lekinda jahon
mamalakatlari malakasida u bir yarim asrdan ko‘p davrga to‘g‘ri keladigan tarixga ega.
Ushbu yangi ilm sohasini respublikamizda rivojlantirish, iqtisodiyotimiz
ravnaqi uchun
zarur bo‘lgan auditorlarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Prezidentimiz I. Karimov ushbu faoliyatga alohida e’tibor berib, «Tadbirkorlar
manfaatini himoya qilishda auditorlik faoliyatining mavqeini yanada oshirish kerak», deb
o‘qtirgan edi
1
.
Respublikamizning mustaqillikga erishishi, uni bozor munosabatlariga asoslangan
iqtisodiyotga yo‘l tutishi, iqtisodiyotni to‘liq
isloh qilinishi, albatta, buxgalteriya hisobi
va audit sohalarini ham chetlab o‘tmadi. O‘tgan 12 yil ichida boshqaruvning ushbu
vositalarida ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Aynan shu yillar
ichida buxgalteriya hisobi
va auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilindi, ular bo‘yicha halqaro
talablarga javob beradigan 50 ga yaqin milliy standartlar va boshqa me’yoriy
hujjatlar
yaratildi. Ushbu Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni, shuningdek boshqa qabul
qilingan
tadbirlarni, jumladan, quyidagi yilnoma sifatida keltirish mumkin:
Dostları ilə paylaş: