3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


«Buxgalteriya hisobining nazariy asoslari»



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

«Buxgalteriya hisobining nazariy asoslari» nomli birinchi bo‘limda hisobning 
mohiyati, ularning tasniflanishi va tavsiflari, buxgalteriya hisobining predmeti, ob’ektlari, 
unda qo‘llaniladigan usul va uslublarning mazmuni ochib berilgan.
«Korxonalarda buxgalteriya hisobi» nomli ikkinchi bo‘limda korxona hisob 
siyosatining mazmuni, tarkibi, tuzilishi va taqdim etilishi ko‘rsatilgan. Ushbu bo‘limning 
alohida boblarida korxonalarning uzoq va qisqa muddatli aktivlarini, majburiyatlarini
xususiy kapitali va oxirgi moliyaviy natijalarini hisobga olish tartibi qabul qilingan milliy 
standartlarga muvofiq yoritilgan. Ushbu bo‘limning oxirgi bobida moliyaviy 
hisobotning alohida shakllarini tuzish tartibi ochib berilgan. Sho‘’ba korxonalarga ega 
bo‘lgan bosh korxonalarda konsolidatsiyalashtirilgan hisobotlarni tuzish tartibi 
keltirilgan, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish sanasidan keyin yuz beradigan holatlar 
va xodisalarning mohiyati va ularni moliyaviy hisobotda aks ettirilish tartibi ko‘rsatilgan. 
«Audit asoslari» nomli uchinchi bo‘limda auditning mohiyati, turlari, maqsadi, 
vazifalari, auditorlik tashkilotlari va auditorlarning huquq va majburiyatlari
javobgarliklari, aditorlarning ishchi hujjatlari, auditda qo‘llaniladigan usul va 
uslublarning mohiyati ochib berilgan. Ushbu bo‘limda auditni rejalashtirish va tashkil 
qilish bosqichlari, uni o‘tqazishning metodologik asoslari, korxonalar moliyaviy xo‘jalik 
faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari, balans moddalarining realligini auditorlik
tekshiruvidan o‘tqazish ketma-ketligi, ular bo‘yicha auditorlarning mumkin bo‘lgan 
xatarlari, audit tekshiruvi natijalarini umumlashtirish, rasmiylashtirish va tadbiq etish 
tartiblari ko‘rsatib berilgan. 
O‘quv qo‘llanmadan joy olgan har bir bobda unga kiritilgan mavzular bo‘yicha 
o‘z-o‘zini nazorat qilish uchun test savol-javoblari berilgan. Mavzularni yoritishda 
talabaga eslab qolishga o‘ng‘ay va oson bo‘lishligi uchun tasniflashlar, baholash 
usullari, amaliy misollar va hujjatlar chizmalar, jadvallar va ilovalar ko‘rinishida 
keltirilgan.
O‘quv qo‘llanmaning har bir bobida mavzularni chuqur o‘rganish uchun me’yoriy 
hujjatlar va maxsus davriy adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
O‘quv qo‘llanmani takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalaringizni 
Samarqand shaxri, Amir Temur ko‘chasi, 9-uyga yuborishlaringizni so‘rayman. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin