Official use



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix21.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#118625
  1   2   3   4   5
PSD 52407 (Uzbek)



OFFICIAL USE
OFFICIAL USE
Venchur kapitali investitsiya 
dasturi (VCIP-VD) 
Mamlakat Hududiy 
Loyiha raqami: 52407 
Faoliyat sohasi: Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari 
Bildirishnoma turi: Xususiy 
Ekologik toifasi: FW 
Tasdiqlangan kuni: 2021-yil 10-mart 
Qaysi bosqichdaligi: Konsepsiya muhokamadan oʻtgan 
Loyihaning qisqacha mazmuni ingliz tilida chop etilgan sana 2021-yil 2 fevral
Loyiha mazmuni 
YTTB oʻzining Venture Debt (venchur qarzlar) – venchur investitsiyalar dasturi 
doirasida YTTB faoliyat yuritadigan mamlakatlarda 10 million yevrogacha boʻlgan 
investitsiyalar bilan venchur qarz vositasidan foydalangan holda oʻsish bosqichida 
venchur kapitalini qoʻllab-quvvatlovchi texnologik kompaniyalarga sarmoya kiritishga 
intilmoqda. Bu dasturning qisqacha nomi VCIP-VD. U YTTBning mavjud VCIP 
dasturining maxsus vositasi hisoblanib, unga 120 million yevro mablagʻ ajratilgan. 
Unda koʻzda tutilgan investitsiyalar sinalgan va biznes modellarni qoʻllovchi va 
daromadlar oʻsishini koʻrsata olgan innovatsion va jadal rivojlanayotgan kichik va oʻrta 
korxonalarga yoʻnaltiriladi.
Venchur qarz mablagʻlari dasturining joriy etilishi, YTTBning venchur mahsulotlarini 
oʻz asosiy kapitali doirasidan kengaytirilishi va YTTB faoliyat yuritadigan 
mamlakatlarda oʻsish bosqichidagi venchur kapital bozoridagi kamchiliklarni bartaraf 
etishga yordam beradi. 
Loyiha maqsadi 
VCIP-VD dasturining maqsadi quyidagilardir: i) innovatsion texnologiyalarga 
asoslangan tadbirkorlik korxonalari faoliyat koʻlamining kengayishini qoʻllab-
quvvatlash; ii) oʻsish bosqichida venchur kapitalini moliyalashtirish imkoniyati 


OFFICIAL USE
OFFICIAL USE
cheklangan va venchur qarzi deyarli mavjud boʻlmagan hududlarda venchur kapital 
bozorini rivojlantirish. 
VCIP-VD dasturi mavjud VCIP boʻyicha saʼy-harakatlarning kengayishida qoʻshimcha 
vosita boʻlishi bilan birga Bank uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: i) mazkur 
hududlarda innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish, texnologik ekotizimni yaratish va 
innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash imkonini beradi; ii) VCIP orqali Bank mazkur 
hududlarda mavjud boʻlgan venchur kapitalni moliyalashtirishdagi kamchiliklarga 
barham berishda muhim rol oʻynaydi; iii) VCIP Bankga yuqoriroq riskli/yuqoriroq 
foydadorlikka ega boʻlgan investitsion imkoniyatlarga portfel nuqtai nazaridan qoʻllab-
quvvatlash imkonini beradi. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin