Darsning mavzusi: Dunyo tillari va o`zbek tili Darsning maqsadi: a)ta’limiy-dunyo tillari va o`zbek tili yuzasidan bilim berish;
b)tarbiyaviy-do’stlik,mehr-muhabbat,ilm olishga intilish tuyg’ularni tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish.
Darsning turi:yangi bilim berish;
Darsning uslubi:qiyoslash.mashqlar tahlili,o’yin;
Darsning jihozi:tarqatmalar,jadval.
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Savol vajavob
2.Ta`til taassurotlari
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.1-topshiriq.She`rni o`qing. Mazmunini so`zlab bering.
2-topshiriq. Vatanimiz ravnaqi uchun,mustaqilligimizni mustahkamlash uchun nimalar qilmoqchilingizni ayting.
3-topshiriq.Matnni o`qing.
1-mashq.Gaplarni o`qing, tilninginson hayotida tutgan o`rni haqida suhbatlashing.
2-mashq.Matnni ko`chiring,so`zning qudrati haqida fikrlashing.
So`z benihoya qudratli narsa. Uni o`z o`rnida ishlata bilish uchun farosat, malaka va ziyraklik zarur. “Qobusnoma”da shunday bir hikoyat bor: Xalifa Xorun ar- Rashid tush ko`radi…
Darsning mustahkamlash bosqichida: I.3-mashqAlisher Navoiyning “Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz” degan hikmatli so`zini sharhlab, kichik hikoya tuzing.
II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
Dunyodagi qaysi tillarni bilasiz?
Til oilalari deganda nimani tushunasiz?
O`zbek tilining dunyo tillari tizimidagi o`rni haqida gapiring.
III.Badiiy asarlardan rivoyatlar o’qib.tilning qudrati haqida bahslashing.
Uyga vazifa4-mashq. “Ona tilim – jon-u dilim” mavzusida matn tuzing.
O`quvchilarni baholash.