Mavzu: Yakuniy dars va yozgi topshiriqlar Darsning maqsadi: a) ta`limiy- Yil davomida olingan bkmlarni xulosalash , yozgi topshiriqlar berish;b) tarbiyaviy- o`quvchilar qalbida ona-Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;d) rivojlantiruvchi- og`zaki va yozma nutqni o`stirish Dars tipi: Suhbat Dars turi: O`quvchilar bilimlarini mustahkamlash.Dars usuli: Induktiv Dars manbai: DarslikDars jihozi: Mavzuga oid ko`rgazma Dars metodi: Savol-javobDars shiori: Chiroyli yozuv ham bir san`at Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)nazorat ish daftarlarini tarqatish; d)o’quvchilarning diqqatini darsga jalb qilish. II.Asosiy qism. Hurmatli o`quvchilar, siz bilan biz 9-sinfda “Sintaksis”bo`limining bir qismi-sodda gap sintaksisi – bo`limini o`qib o`rgandik. Yil davomida egallagan bilim ko`nikma malakalarimiz bizga akademik litsey va kasb hunar kollejlarida kirish testlarini ishlashda yordam beradi. Shu uchun yozgi ta`tilda maroqli dam olish bilan birga yil davomida egallagan bilim ko`nikma malakalarimizni takrorlab bo`rishimiz kerak bo`ladi.Shularni hisobga olgan holda sizlarga yozgi ta`tilda bajarish uchun quyidagi topshiriqlarni bermoqchiman.O`ylaymanki, siz bu vazifalarni,albatta , bajarasiz.Mustaqil o`qish uchun“Alpomish” dostoniA .Qodiriy. “Mehrobdan chayon” romaniOybek . “Qutlug` qon” romaniO .Yoqubov “Ulug`bek xazinasi”romaniShekspir “Romeo va Julyetta” asariA .S. Pushkin. “Kapitan qizi” asari Ch .Aytmatov “Asrga tatigulik kun” romaniMustaqil yodlash uchunA . Oripov “Bahor”, “Sarob”, “Genetika”, “Bahor kunlarida..”Furqat “Musaddas”Ogahiy “Ustina” radifli g`azali
Mustaqil yozish uchunInsho mavzulari:“Yoshlarga e`tibor-kelajakka poydevor”“O`zbekiston –kelajagi buyuk davlat”“Qatra suvda hayot jilosi”“Onajonim tabiat”“O`zbekiston- imkoniyatlar yurti”
YOZGI TA`TILINGIZ MAROQLI O`TSIN,
AZIZ O`QUVCHILAR