Uyga vazifa:240-mashq:Tarjimaiy holingizni yozing. O`ziga xos uslubiy vositalarni aniqlang.
O’quvchilar bilimini baholash.
Tartib raqam
|
Sinf
|
Sana
|
O‘TIBDO‘
(Imzo)
|
1
|
|
|
______________
|
2
|
|
|
3
|
|
|
4
|
|
|
5
|
|
|
Mavzu:Mustahkamlash
Darsning maqsadi:a)ta’limiy-o’quvchilar egallagan nutq uslublari bo`yicha
bilimlarini mustahkamlash;
b)tarbiyaviy-o’quvchilar qalbida insoniy tuyg’ular,badiiy adabiyotga qiziqish tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarning dunyoqarashini
takomillashtirish,nazariy bilimlarni kengaytirish,fikrlash salohiyatini o’stirish.
Darsning turi;noan’anaviy;
Darsnning uslubi:suhbat,mashqlar tahlili,qiyoslash,matn
ustida ishlash,o’yin;
Darsning jihozi:Nutq uslublari haqida ko’rgazma,tarqatmalar,badiiy asarlar;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar
nazorati;
d) o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Nutq uslublari yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.240-mashq-uyga vazifalar tahlili.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.1-topshiriq:O`qing. Berilgan matnning qaysi uslubga mansubligini aniqlang. Uslub nutq vaziyatiga muvofiq tanlangan-tanlanmaganligi haqida so`zlang.
2-topshiriq . Nutq uslubini nutq vaziyatigamuvofiq tanlash qanchalik katta ahamiyatga egaligi haqida bahs yuriting.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.3 - 4-5-topshiriqlar ustida ishlas:
3-topshiriq. Ko`chring. Matnning qaysi nutq uslubiga mansubligini va uslubiy xususiyatlarini ayting.
TILXAT
Men, Paxtakor tumanidagi 9-sinf o`quvchisi
Ahmadjon Mamajonov, “Gulzor” mahallasida yashovchi Bahrom Safarovning shaxsiy kutubxonasidan 10 kun ichida qaytarish sharti bilan “O`tkan kunlar ” romanini oldim.
(Sana) (imzo) A. Mamajonov
4-topshiriq.Do`stingiz haqida tavsifnoma yozing. Tavsifnoma qanday yozilishi haqida fikr yuriting.
5-topshiriq. Rasm asosida “Men qushlarni sevaman” mavzusida badiiy matn tuzing. Qanday badiiy tasvir vositalaridan foydalanganingizni ayting.
II.O’yin:”Kim so’zga boy”.Bunda o’quvchilar nutq uslub vositalari asosida gaplar tuzishlari talab qilinadi.
III.Nazm gulshani:.
IV.Test sinovi:
1. Uslubiy bo`yoq, ta ’sirchanlikmavjud bo'lgan so'zlami aniqlang.A. Qizgina, onajon.B. O'quvchi.qushcha. C.
Kitobcha, suv.D. To‘g‘ri javob berilmagan.2.Fikr hissiy-ta’siriy bo`yoq bilanifodalangan qatomi aniqlang.
A. Bu o‘ylardan Sayyoraning boshig‘ovlab ketdi
.B. Ultar malik Asrorqul Haydarotaning qadrdon oshnasi bo`ladi.
C. Bolalar behad quvonishib,Yo`lchining bo'yniga osilishdi.
D. Men sizga aytsam. Odamningyomoni bo‘lmaydi.3. Faqat insonlarga nisbatan qo`llanadiganso'zlar qatorini belgilang.A. Dumaloq, urchimoq, g‘ajimoq,chaqirmoq.B. Bekinmoq. tanovvul qilmoq. Ivibketmoq.C. Ag'anamoq, damlanmoq. bag‘ishlamoq,joylamoq.D. Balandlamoq, tashlamoq, pusmoq,sakillamoq.4. Ko'plik qo‘shimchasini olmaydiganso 'z la r qatnashgan qatornibelgilang.A. Siz. kitob, qalam.B. Safar, oqshom. u. olim.C. Quvonch, men, sen.D. Kun, baliq, ishchi, kiyim. 5. Quyidagi matn qaysi uslubga xos?
Bo‘yginangdan onang o'rgilsin!Baxtingga tasadduq bo`lay,qizginam! Aspiranturang bittimi?A. Ommabop uslubga.B. So'zlashuv uslubiga.C. Ilmiy uslubga.D. Rasmiy uslubga.