Tartib raqam Sinf Sana


O’quvchilar bilimini baholash



Yüklə 347,53 Kb.
səhifə79/85
tarix15.06.2023
ölçüsü347,53 Kb.
#130417
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   85
9 sinf ona tili fanidan konspekt

O’quvchilar bilimini baholash.



Tartib raqam

Sinf

Sana

O‘TIBDO‘
(Imzo)

1









______________

2







3







4







5









Mavzu:Rasmiy uslub
Darsning maqsadi:a)ta’limiy-o’quvchilarda rasmiy uslub,uning o’ziga xos jihatlari haqida bilim va tushunchalar berish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilar qalbida insoniy tuyg’ular,o’zaro hurmat,-mehr-muhabbat ,badiiy adabiyotga qiziqish tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarning dunyoqarashini takomillashtirish,nazariy bilimlarni kengaytirish,fikrlash salohiyatini o’stirish.
Darsning turi;noan’anaviy;
Darsnning uslubi:suhbat,mashqlar tahlili,qiyoslash,matn ustida ishlash,o’yin;
Darsning jihozi:Nutq uslublari haqida ko’rgazma,tarqatmalar,badiiy asarlar;
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitob-daftarlar nazorati; d) o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Nutq uslublari yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.234-mashq-uyga vazifalar tahlili.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.1-topshiriq:Matnni o’qib, qanday nutq uslubiga xos ekanligini ayting.
Buxoro shahar 1-umumiy o`rat ta’lim maktabi direktori
N. Jalolovga 9-sinf o`quvchisi Kari Salimovda
TUSHUNTIRISH XATI
Men onamning qattiq betobligi tufayli 10 kun davomida darslarga kela olmadim. Qoldirgan darslarimni o`zlashtirib olishga va’da beraman.
Ilova: Onamning kasalligi haqidagi ma’lumotnoma.
(imzo) (K. Salimov)
(Tushuntirish xati yozilgan sana)
2-topshiriq Matnning uslubiy belgilari haqida fikr yuriting..
II.Bilib oling:
Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo`lib, muayyan nutqiy qolip,qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo`lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi.
Bu uslub davlat arboblari o`rtasidagidiplamatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog`ozi singari ish yuritish qog`ozlari qo`llaniladi.
235-mashq:Matnnio`qing.Mazmunini so`zlab bering.
236-mashq:Ko`chiring. O`ziga xos uslubiy belgilarning ostiga chizing.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.237-238- 239-mashqlar ustida ishlash:
239-mashq:Namuna asosida sinf o`quvchilari yig`ilishining bayonnomasini yozing.
G`ijduvon tumanidagi 61-IDUMning
9-sinf o`quvchilari yig`ilishining bayonnomasi
2016-yil, 10-may G`ijduvon shahar
Qatnashdilar:
Sinf rahbari: M. Ismoilova va sinf o`quvchilari
Kun tartibi:

  1. 2.

Eshitildi:
Yig`ilish qaror qiladi: 1. 2. 3.
Majlis raisi: | / M. Ismoilova
Kotiba : / / M. Atajonova
II.O’yin:”Kim so’zga boy”.Bunda o’quvchilar ilmiy uslub vositalari asosida gaplar tuzishlari talab qilinadi.
III.Nazm gulshani:.
IV.Test sinovi:

1. Rasmiy uslubda ko`pincha qanday gaplardan foydalaniladi?A. Faqat darak gaplardan.B. Asosan buyruq gaplardan.C. Asosan buyruq va his-hayajongaplardan.D. Asosan buyruq va darak gaplardan. 2. Ilmiy uslubga xos belgilardan biri noto‘g‘ri bayon qilingan qatomi belgilang.A. Undalmali gaplar, his-hayajonligaplar deyarli qo'llanmaydi.B. Tilning tasviriy-ta’siriy vositalariishlatilmaydi.C. Qo'shma gaplardan foydalanilmaydi.D. Main monologik nutq tarzidabo'lib, dialoglar bolmaydi. 3. Qaysi qatorda “yo‘l” so‘zi uchunko`makchisi ma’nosida qo'llangan?A. Yo‘lga chiqsang, yo'ldoshing bo`lsin.B. Bir yo’li oq, bir yo`li qizil shoyi.C. Yusufjon qiziqning ijodiy yo‘li judamurakkab, rang-barangdir.D. Vatan yo`lida jonni fido qilishga tayyormisiz? 4. Asosan badiiy uslubga xos bo'lganizn (izn bermoq) so'zining sinoniminitoping.A. Ixtiyor. B. Ijozat.C. Erk. D. Nishona. 5. Ish yuritish qog`ozlari qaysi uslubda yoziladi? A.Adabiy uslub B.Publsistik uslub C.Rasmiy uslub D.Badiiy uslub


Javoblar:1.D 2.B 3. 4.B 5.C

Yüklə 347,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin