3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Kassadagi pul mablag‘larining hisobi



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

6.2.Kassadagi pul mablag‘larining hisobi 
 
Kassadagi pul mablag‘larining hisobi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1998 
yil 17 dekabrda 565-tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan «Yuridik shaxslar tomonidan 
kassa operatsiyalarini oshirish Qoidalari»ga va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va 
qo‘shimchalarga muvofiq olib boriladi. Ushbu me’yoriy hujjatga asosan xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar kassa xo‘jaligini tashkil etishlari lozim. Kassa xo‘jaligi o‘z ichiga 
quyidagi elementlarni oladi: 

Kassa bo‘yicha moddiy javobgar shaxs, ya’ni kassir, u bilan moddiy javobgarlik 
to‘g‘risida tuzilgan shartnoma; 

Tegishli xavfsizlik vositalari bilan ta’minlangan va jihozlangan kassa xonasi.
Ushbu xonaning eshik va derezalariga temir panjaralar o‘rnatilgan bo‘lishi, ichida temir 
seyflar, signalizatsiya va o‘t o‘chirish anjomlari bo‘lishi zarur; 

Kassa bo‘yicha hujjatlar tizimi, ya’ni kassa kitobi, kirim va chiqim kassa orderlari, 
ularni qayd etish jurnali va boshqalar. 
Kassaga pul mablag‘lari turli manbalardan kelib tushadi, masalan bankdan, savdo 
shahobchalaridan, korxona xodimlaridan va boshqa manbalardan. Barcha hollarda pul 
mablag‘lari kassaga «Kirim kassa orderi» hujjati asosida qabul qilinadi. Ushbu barcha 
korxonalar uchun yagona shakl va mazmunga ega bo‘lgan hujjat buxgalteriyada tuziladi, 
unga kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnali bo‘yicha tartib raqami 
beriladi. Kirim kassa orderi chap va o‘ng tomonlarga bo‘linadi. Uning chap tomoni kirim 
kassa orderi deb atalib, unda pul mablag‘larining kimdan, qachon, nima maqsadda va 
qancha miqdorda olinganligi ko‘rsatiladi. Hujjatning o‘ng tomoni kirim kassa orderiga 
kvitansiya deb ataladi va unda ham chap tomondagi yozuvlar bir xil mazmunda aks 
ettiriladi. Kirim kassa orderi bosh hisobchi va pulni qabul qilib olgan kassir tomonidan 
imzolanadi. Hujjatning chap tomoni kassirda qoladi, o‘ng tomoni esa pulni topshirgan 
shaxsga beriladi.
Kassadan pul mablag‘lari turli maqsadlarda chiqim qilinadi, masalan ish haqi
nafaqa, safar harajatlari va boshqa maqsadlarda, shuningdek kelib tushgan savdo tushumi
va boshqa maqsadlarda olingan pullar bankdagi korxonaning hisob-kitob schyotiga
topshiriladi. Barcha hollarda pul mablag‘larining kassir bo‘ynidan soqit etilishi «Chiqim 
kassa orderi» hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat ham hamma korxonalar uchun 
yagona shakl va mazmunga ega. Unda qachon, kimga, nima uchun , qancha miqdorda pul 
berilganligi, olgan shaxsning haqiqatda pulni qanday hujjat asosida olganligi to‘g‘risida 
ma’lumotlar yoziladi. Chiqim kassa orderi korxona rahbari, bosh hisobchi, kassir va pulni 
olgan shaxs tomonidan imzolanadi. Hujjatlar sonini ko‘paytirib yubormaslik uchun 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


131 
kassadan ish haqi, mukofat pullari, nafaqalar, safar harajatlari va boshqalar oldin 
kassadan qaydnomalar asosida berilishi, shundan so‘ng ularning umumiy summasiga 
bitta chiqim kassa orderi tuzilishi mumkin. Bunday hollarda chiqim kassa orderlarida 
ushbu qaydnomalarning tartib raqamlari, qaydnomalarda esa – chiqim kassa orderining 
tartib raqami ko‘rsatiladi. Barcha chiqim kassa orderlariga kirim va chiqim kassa 
orderlarini qayd etish jurnali bo‘yicha tartib raqamlari beriladi.
Kirim va chiqim kassa orderlarida tuzatishlar, bo‘yab yozishlar, bitta tartib raqamini 
takrorlanishi mumkin emas.
Kirim va chiqim kassa orderlari asosida kassir «Kassa kitobi»ni yuritadi. Ushbu 
kitob tikilgan, nomerlangan, korxona rahbari va bosh hisobchi tomonidan imzolangan va 
korxona muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Kitobning har bir varag‘i ikki qismdan 
iborat bo‘lib, o‘ng qismi chap qismining tagiga bukiladi, ular o‘rtasiga nusxa o‘tqazuvchi 
qog‘oz qo‘yiladi. Kassir kitobning chap qismiga davr boshiga kassadagi pul 
mablag‘larining qoldig‘ini, keyingi qatordan boshlab oldin kirim kassa orderlari bo‘yicha 
qabul qilingan pul mablag‘larini, keyin esa chiqim kassa orderlari bo‘yicha pul 
mablag‘larini chiqimini alohida ustunchalarda ko‘rsatadi. Barcha kirim va chiqim kassa 
orderlari yozilgach, kirim va chiqim summalari jamlanadi. Kitobning so‘ngida kassir 
davr oxiriga kassada qolgan pul mablag‘larining qoldig‘ini, shu jumladan tarqatilmay 
qolingan ish haqi summasini, yozadi. Kassa kitobining o‘ng tomoni yirtib olinadi va 
hisobot sifatida barcha kirim va chiqim hujjatlari bilan birga imzolanib buxgalteriyaga 
topshiriladi. Kassirning hisoboti buxgalter tomonidan tekshirib qabul qilinadi, 
hisobotning oxirgi qismida unga nechta kirim va chiqim hujjatlari kiritilganligi yoziladi 
va imzolanadi. Kassa kitobida ham boshqa kassa hujjatlari kabi bo‘yab yozishlar, 
tuzatishlar mumkin emas. Buzilgan kassa kitobining varaqlari qayta yoziladi, buzilgan 
varaqlar kitobda saqlanishi kerak. 
Buxgalteriyaga topshirilgan kassa hisoboti va unga ilova qilingan boshlang‘ich 
hujjatlar kassadagi pul mablag‘larining sintetik va analitik hisobi registrlarini ( 1-son 
jurnal-order va 1-son qaydnomani) yuritishga asos bo‘ladi. 
Chet el valyutasi bo‘yicha kassa operatsiyalari yuz bergan hollarda, ularga doir 
muomalalar alohida kassa kitobida qayd etiladi.
Kassadagi pul mablag‘larining sintetik hisobini yuritish uchun 21- son BHMS da 
5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» va 5020 «Chet el valyutasidagi pul 
mablag‘lari» schyotlar ko‘zda tutilgan. Ushbu aktiv schyotlarning debet tarafida pul 
mablag‘larining qoldiqlari va davr maboynidagi kirimlari, kredit tarafida esa ularning 
chiqimlari aks ettiriladi. Ushbu schyotlar bo‘yicha asosiy buxgalteriya yozuvlari 
quyidagilardan iborat bo‘ladi. 
Tar-tib
raqami 
Operatsiyaning mazmuni 
Debet 
schet 
Kredit 
schet 
Yozuvga asos 
bo‘luvchi hujjat 
1. 
Pul mablag‘larining tushumi: 
-bankdagi hisob-kitob schyotidan 
-valyuta schetidan 
-ta’sischilardan olinganda 
-hisobdor shaxslardan olinganda 
-kredit olinganda 
-qarz olinganda 
- qaytarilmaydigan moliyaviy yordam
5010- 
5020 
5110 
5210 
4610 
4220- 
4230 
6810 
6820 
9380 
Kirim 
Kassa 
Orderi
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


132 
-sotishdan olinganda
-xodimlardan qarzni qoplanishi 
-ortiqchalar evaziga 
-maqsadli mablag‘lar 
9010-
9030 
4730 
9390 
8810-
8890 
2. 
Pul mablag‘larini chiqimi: 
-hisob-kitob schyotiga topshirilsa 
-valyuta schetiga topshirilsa 
-kredit qaytarilsa 
-qarz qaytarilsa 
-ish haqi berilsa 
-safar harajatlari bo‘yicha qarz berilsa 
-xo‘jalik zaruriyatlariga berilsa 
-ish haqi hisobidan avans berilsa 
-safar harajatlari uchun avans 
-nafaqa berilsa 
-kelgusi davr uchun sarflansa 
-inkassatorlarga topshirilsa 
-kamomad chiqsa 
5110 
5210 
6810 
6820 
6710-
6720 
6970 
9420 
4210 
4220 
6520 
3110-
3190 
5710 
4730 
5010-
5020 
Chiqim kassa 
orderi 
Kassada turli pulli ekvivalentlar ( markalar, biletlar, yo‘llanmalar va boshqalar ) 
saqlanishi mumkin. Bunday pulli ekvivalentlarning hisobi mahsus 5610 « Pulli 
ekvivalentlar» schyotida hisobga olinadi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin