3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

To‘lov topshiriqnomasi – bu korxona tomonidan bankga ma’lum bir summani 
boshqa yuridik shaxslarga olingan aktivlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, 
shunigdek korxonaning davlat organlari oldidagi majburiyatlarini to‘lash uchun bergan 
yozma guvohnomasi. Barcha korxonalar uchun yagona shakl va mazmunga ega bo‘lgan 
ushbu hujjatda uning tartib raqami, tuzilgan sanasi, to‘lovchi va oluvchi korxonalarning 
nomlarii, bank rekvizitlari, soliq to‘lovchi sifatidagi rekvizitlari, o‘tqaziladigan summaning 
miqdori, o‘tqazish maqsadi va unga asos bo‘luvchi hujjatning tartib raqami va sanasi 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


134 
ko‘rsatiladi. To‘lov topshiriqnomasi korxona rahbari va bosh hisobchi tomonidan 
imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi. 
Inkasso topshiriqnomasi – bu bank muassasasiga soliq idorasi, yo‘l fondi va 
boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘uvchi organlar tomonidan korxonaning ruxsatisiz uning 
hisob-kitob schyotidan o‘tqazib berish uchun kelib tushgan yozma topshiriqnoma. 
Memorial –orderlar – bu bank muassasaning ko‘rsatgan xizmatlari uchun 
korxonaning hisob-kitob schyotidan o‘ndirib olgan summalarini tasdiqlovchi hujjat. 
Bank muassasasi barcha kirim va chiqim hujjatlari asosida shartnomada 
ko‘rsatilgan muddatlarda korxonaga hisob-kitob schyotidan ma’lum bir davr uchun 
ko‘chirma beradilar. Ko‘chirmada davr boshi va ixiriga hisob –kitob schyotidagi pul 
mablag‘larining qoldig‘i, shu davrdagi barcha kirim va chiqimlarning summalari hujjatlar 
asosida ko‘rsatiladi. Bank ko‘chirmasiga chekdan tashqari barcha kirim va chiqimga 
guvohlik beruvchi hujjatlar ilova qilinadi. Bank ko‘chirmalari korxona buxgalteriyasida 
hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining sintetik va analitik hisob registrlarini 
yuritishga asos bo‘ladi. 
Hisob kitob schyotidagi pul mablag‘larining sintetik hisobi 5110 « Hisob-kitob 
schyoti»da britiladi. Ushbu aktiv schyotning debet tarafida pul mablag‘larining qoldig‘i 
va ko‘payishi, kredit tarafida esa kamayishi aks ettiriladi. Ayrim hollarda bank tuzilgan 
shartnomaga muvofiq mijozning iltimosiga ko‘ra hisob –kitob schyotidan unda mavjud 
bo‘lgan summadan ko‘p bo‘lgan summani chiqim qilishi mumkin. Bunday hollarda 
hisob- kitob schyotining qoldig‘i vaqtincha kreditda bo‘lib qoladi va u korxonaning bank 
oldidagi kreditorlik qarzini ifodalaydi. Ushbu kreditorlik qarzi overdraft deb ataladi.
Hisob -kitob schyoti bo‘yicha asosiy xo‘jalik operatsiyalariga quyidagi 
buxgalteriya yozuvlari qilinadi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin