3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Debet 6710 “ Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar”  Kredit



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Debet 6710 “ Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar” 
Kredit 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” 
8.5.Ish haqi bo‘yicha majburiyatlarning hisobi 
 
Ish haqi – bu xodimga bajargan ishi yoki ishlagan vaqti uchun hisoblangan
rag‘batlantirishning miqdori. 
Korxona uchun hisoblangan ish haqi, bir tomondan ,harajat, ikkinchi tomondan
to‘lanishi kerak bo‘lgan majburiyat hisoblanadi. Xodim uchun ish haqi uning ishlab 
topgan daromadi hisoblanadi. 
Ish haqining ikkita shakli, ya’ni ishbay va vaqtbay shakllari, shuningdek uning 
ikkita turlari, ya’ni asosiy ish haqi va qo‘shimcha ish haqi turlari, mavjud.
Ishbay ish haqi deganda xodimlarga haqiqatda bajargan ishlari uchun hisoblangan 
ish haqi tushuniladi. Ushbu ish haqi shaklida xodimga hisoblanadigan ish haqining 
miqdori bevosita u bajargan ishning hajmiga va bir birlik ish uchun belgilangan ish 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


158 
haqi summasiga bog‘liq bo‘ladi. Ish haqining ushbu shakli ishchilar, quruvchilar, 
sotuvchilar va boshqa bevosita ish bajaruvchilar uchun qo‘llaniladi. 
Vaqtbay ish haqi deganda xodimlarga haqiqatda ishlagan vaqtlari uchun
hisoblangan ish haqi tushuniladi. Ushbu ish haqi shaklida xodimga hisoblanadigan ish 
haqining miqdori bevosita u ishlagan soatlar yoki kunlarning soniga, shuningdek shtat 
jadvaliga muvofiq belgilangan ish haqi summasiga bog‘liq bo‘ladi. Ish haqining ushbu 
shakli ishchilar, quruvchilar, sotuvchilar va boshqa bevosita ish bajaruvchilar uchun 
qo‘llaniladi.
Asosiy ish haqi deganda xodimning haqiqatda bajargan yoki ishlagan vaqti uchun 
hisoblangan ish haqi tushuniladi. 
Qo‘shimcha ish haqi deganda xodimga uni ijtimoiy himoya qilish maqsadida, 
shuningdek unga korxona faoliyatida erishilgan yutuqlar, atoqli sanalar, turli shart –
sharoitlar uchun asosiy ish haqiga qo‘shimcha tarzda hisoblangan to‘lovlar tushuniladi. 
Qo‘shimcha ish haqiga vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik uchun hisoblangan 
nafaqalar, mehnat ta’tili haqi, unvon, kategoriya va boshqa ajralib turadigan tavsiflari 
uchun beriladigan qo‘shimchalar, mukofatlar, moddiy yordamlar va kompensatsiyalar 
kiradi. 
Asosiy va qo‘shimcha ish haqlarini hisoblashga quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi: 


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin