•
6970 “Hisobdor shaxslarga qarz” – ushbu passiv schyotning kreditida hisobdor
shaxslar oldida majburiyatlarni vujudga kelishi, debetida esa ushbu majburiyatlarning
yopilishi aks ettiriladi. Hisobdor shaxslar oldidagi majburiyatlarni vujudga kelishi
harajatlar schyotlarining ( 2010,2310,2510,9420 va boshqalar) debetida, ularni yopilishi
esa pul mablag‘lari schyotlarining ( 5010 ) kreditida aks ettiriladi. Ushbu schyotning
analitik hisobi har bir hisobdor shaxs bo‘yicha olib boriladi. •
6990 “ Boshqa majburiyatlar” – ushbu passiv schyotning kreditida
korxonaning turli boshqa kreditor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi
majburiyatlari, masalan xodimlar ish haqidan ushlangan alimentlar va boshqa to‘lovlar,
turli xizmatlar uchun hisoblangan majburiyatlari, debetida esa ushbu majburiyatlarning
uzilishi aks ettiriladi. Majburiyatlarning vujudga kelishi harajatlar schyotlarining
(2010,2310,2510,9410,9420), shuningdek ish haqi schyotining ( 6710 ) va boshqa
schyotlarning debetida, uzilishi esa pul mablag‘lari schyotlarining ( 5010,5110 va
boshqalar ) kreditida hisobga olinadi. Ushbu schyotning analitik hisobi har bir kreditor
bo‘yicha yuritiladi.
O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari 1.Majburiyatlar - bu a) korxonaning xususiy kapitali
b) korxonaning qarzlari
v) olinadigan schyotlar
g) korxonaning foydasi
2.Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri a) Majburiyatlar milliy valyutada boshlang‘ich qiymatda hisobga olinadi
b) Majburiyatlar chet el valyutasida hisobga olinadi
v) Majburiyatlar milliy valyutada sof qiymatda balansda aks ettiriladi
g) Majburiyatlar hohlagan valyutada hisobga olinadi
3.Quyidagilarning qaysi biri sotishdan olingan daromaddan olinadigan soliq majburiyatlarini ifodalaydi? a) Debet 1010 Kredit 6410
b) Debet 4010 Kredit 6410
v) Debet 9010 Kredit 6410
g) Debet 9110 Kredit 6410
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com