9330 “ O‘ndirilgan jarimalar, penya lar va neustoykalar” -ushbu passiv va
vaqtinchalik schyotning kreditida turli xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzilishi
natijasida, shuningdek ko‘rsatilgan zararlarni qoplanishi evaziga olingan daromad
(foyda) summasi aks ettiriladi. Bunda mos ravishda jarimani kelib tushganligi,
ushlanganligi yoki hisoblanganligini aks ettiruvchi schyotlar debetlanadi, masalan 5010
“Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Valyuta schyoti”, 6710 “Xodimlar bilan ish
haqi bo‘yicha hisob-kitoblar”, 4860 “Da’volar bo‘yicha kelib tushadigan schyotlar” va
boshqa schyotlar. Yil yakunida 9330- schyotning kreditida to‘plangan summa uning
debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda
u yopiladi . •
9340 “O‘tgan yillar foydasi” - bu passiv va vaqtinchalik schyotning kreditida
hisobot yilda aniqlangan o‘tgan yillarning foydasi aks ettiriladi. Bunday foyda bo‘lib,
masalan, muddatidan oldin hisobdan chiqarib yuborilgan debitorlik qarzlarning tiklangan
yoki kelib tushgan summasi, ortiqcha hisoblab yuborilgan harajatlarni kamaytirilishi va
boshqalar hisoblanadi. Bunda mos ravishda o‘tgan yillar foydasini tiklanganligini
ko‘rsatuvchi schyotlar debetlanadi, masalan 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”,
5210 “Valyuta schyoti”, 4000 “Olinadigan schyotlar” va boshqa schyotlar. Yil yakunida
9340- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi
moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. •
9350 “Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar” – ushbu passiv va
vaqtinchalik schyotning kreditida qisqa muddatli ijaradan olingan daromad summasi
4820
“Qisqa
muddatli
ijara
bo‘yicha
olinadigan
to‘lovlar”
schyoti
bilan
korrespondensiyalashgan holda aks ettiriladi. Yil yakunida 9350- schyotning kreditida
to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining
kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. •