3-Моdul. Kreditning umumiy asoslari 37- mavzu. Pulning paydo bo‘
40.5. K.Marksning muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash formulasi. Kiymat konuni va uning muomala doirasida yuzaga chikish shakli - pul muomalasi konuni tovar-pul munosabati mavjud bulgan barcha ijtimoiy formatsiyalarga xosdir. kiymat shakllari va pul muomalasi tarakkiyot yo‘lini taxlil kilayotib, KMarks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan momala vositasi funksiyasini amalga oshirish uchun kerak bolgan pul miqdori aniklanadi. Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning xazina funksiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortikcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga okib o‘tishi kuzatilgan va aksincha. SHunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan. Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi muomalada pulning ortiqcha miqdori bo‘lishini inkor etadi.
Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog‘oz xar (xazina biletlari) amal qilsa, u xolda naqd pul muomalasi pul muomalasi konuniga asosan amalga oshadi.
Qog‘oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo‘lgan oltin pullarning miqdoriga teng bo‘lganda pul muomalasida xech kanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. YUqorida ko‘rsatilgan talab pulning barqarorligini ta’minlaydi, shuningdek pul muomalasi mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarda o‘z kuchiga ega.
Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narxi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi. SHunday qilib, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog‘lik bo‘lgan turli xil omillar ta’sir ko‘rsatadi. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil - bu tovarlar va xizmatlar baxosi xisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga tug‘ri proporsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar baxosining oshishi muomalaga ko‘p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi xisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Odatda pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul mikdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini boshqarishda shu muxim omillarga aloxida e’tibor berilishi zarur.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muximdir. Bular: iste’mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko‘p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo‘ladi;
- naqd pulsiz xisob - kitoblarning rivojlanishi;
- pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.
Xar bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini xisobga olgan xolda ish yuritishi zarur. CHunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur etkazadi. Bu xolda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar baxosidan oshib ketishi, ya’ni inflyasiya bo‘lishiga, yoki pul ocharchiligiga (etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va qonuniyatlari ikki omilning o‘zaro ta’siri bilan, ya’ni:
xujalikning pulga bo‘lgan extiyoji va amadda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko‘prok uchraydigan xol bu oborotda xujalikka kerak bo‘lganidan ko‘proq pulning bo‘lishidir. Bu albatta, pulning kadrsizlanishiga - pul biriligining xarid kobiliyatining tushushiga olib keladi.